Ijtimoiy tarmoqlarda 2022-yil avgust oyida General Motors Chevrolet Spark ishlab chiqarishni to‘xtatishi hamda bu orqali O‘zbekistonda ham shu turdagi avtomobil ishlab chiqarilmasligi haqida xabarlar tarqaldi. UzAuto Motors holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu xabar O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqarish rejasiga taalluqli hisoblanmaydi.
2022-yilning iyul oyida O'zbekistonda Tracker avtomobili ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Chevrolet Spark avtomobili ishlab chiqarilishining to‘xtatilishi rejalashtirilmagan.
“Turli xil mish-mishlarga berilmaslikni va faqat ishonchli axborot kanallariga ishonishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)