• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sayohat

    Sayyohlarga city’lardan ko‘ra qiziqroq, tarixda mayoq vazifasini bajargan besh asrlik madrasa — Ko‘kaldoshga sayohat

    Toshkent arxitekturasi bilan musobaqa o‘ynayotgandek tasavvur uyg‘otadigan, narxi osmon, chiroq yoki gazsiz qolmasligi kafolatlanmagan, poytaxt ichidagi sun’iy “shahar”lar, rusumi va rangi bir xil mashinalar shovqinidangina iborat emas. 2009-yilda 2200-yilligi keng nishonlagan, ko‘p millatli xalq uchun jonajon bo‘lgan gavjum shaharda ko‘hna, biroq hadeganda borilavermaydigan maskanlar ham topiladi. Ulardan biri Ko‘kaldosh madrasasi.

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    Sayyoh bo‘lib bir kun

    Ba’zida boshi-oxiri ko‘rinmas qurilishlardan madori ketib, changlar ichida qolgan Toshkent daraxtlari bilan birga o‘zligini yo‘qotayotgan odamga o‘xshab ketadi. Yangi imoratlari ham qandaydir tussiz – bir xilligi bilan kishi ta’bini xira qiladi. Shunday tushkun o‘ylardan qochish ilinjida “Chorsu” bozorining ichidagi metro stansiyasidan chiqib, eski shaharda o‘sib-ulg‘ayganim, talabalik yillarim yonidagi bekatda soatlab avtobus kutganimga qaramay, biror marta ham ichiga kirib ko‘rish xayolimga kelmagan Ko‘kaldosh madrasasi tomon yo‘l oldim.

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    Dunyo kezib, tarixiy, turistik maskanlarga borishni dilimga tugibman-u, ammo yonidan ming martalab o‘tgan besh asrlik qadamjo tarixiga hech qiziqib ko‘rmabman. Har kuni shu yerdan yo‘li o‘tadigan sanoqsiz odamlar ham mendan farq qilmaydi-yov.

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    Baland-u, ammo yaroqsiz bo‘lib qolgani uchun fayz va istarasiz ko‘ringan, kulrang beton va och pushti aralash Chorsu mehmonxonasining deyarli ro‘parasida joylashgan Ko‘kaldoshga bozor rastalarini oralab kesib chiqdim. Madrasa zinapoyalariga qadar savdogar to‘la — “Tilla, dollar, rossiyskiy... singlim, valyuta almashtirasizmi?”, “Xonimlar bor, xonimlar” degancha har kim o‘z yumushi bilan andarmon. Ularning chaqirig‘iga taksichi amakilarning “G‘uncha, Tinchlik, Beruniy” degan ovozlari qo‘shilib ketadi. Sovuqdan yuz-burni qizargan bolakaylardan tortib, tirikchilik dardida, kun bo‘yi tik turgan, ro‘mol, qalin jemperga o‘ranib olgan juvonlar o‘tgan-ketganga “Zora, nimadir olsa!” deya umid bilan tikiladi. Ularni ortda qoldirib, madrasa atrofini kuzata boshladim.

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    Ikki kun avval O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxiviga murojaat qilib olgan Ko‘kaldoshning eski suratlarini o‘zimcha hozirgi ko‘rinishi bilan solishtirgandek bo‘ldim.

    O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivining ma’lumotiga ko‘ra, yili noma’lum, ammo XX asr ikkinchi yarmiga oid deb taxmin qilingan surat

    O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivining ma’lumotiga ko‘ra, yili noma’lum, ammo XX asr ikkinchi yarmiga oid deb taxmin qilingan surat
    Foto: O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi

    Ko‘kaldosh madrasasining 1969-yilgi ko‘rinishi

    Ko‘kaldosh madrasasining 1969-yilgi ko‘rinishi
    Foto: O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi

    Veniamin Solomonovich Kosovskiyning shaxsiy fondidan topilgan, yili noma’lum surat

    Veniamin Solomonovich Kosovskiyning shaxsiy fondidan topilgan, yili noma’lum surat
    Foto: O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi

    1551-yili Shayboniylar davomchisi Baroqxonning o‘g‘li Darveshxon Toshkentda hokim bo‘lgan vaqt Qulbobo Ko‘kaldosh tomonidan bunyod etilgan inshoot ko‘pimiz bexabar tarixiy sinoatlarga guvohdek ko‘chalar kesishadigan nuqtada gerdayib, qarshimda ko‘krak kerib turardi.

    Ko‘kaldosh — emikdosh ma’nosini anglatadi. Shu bilan birga, tarixda hukmdorga eng yaqin bo‘lgan ishonchli kishi ham ko‘kaldosh deb atalgan.

    Xorijliklar va shahar mehmonlari uchun mayoq bo‘lgan madrasa

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    Eski shahar hududidagi uylar azaldan pastqam tiklangani uchun shaharga kelgan savdogar va mehmonlar, sayyoh-u chet elliklar o‘tmishda madrasaga qarab mo‘ljal olgan, go‘yo mayoqdek unga qarab yo‘l belgilagan.

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Toshkent Islom instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Obid Tangirovning aytishicha, madrasa Beshyog‘och dahasi — shaharning qoq markazida joylashgan. Chorsu esa to‘rt daha tutashadigan hudud sanalgan.

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    Turli ta’mirlash ishlari, tashqi ko‘rinishiga bir necha martalab o‘zgartirish kiritilganiga qaramay, binoning besh asrdan buyon mustahkam turishi sababini Obid Tangirov ikki asos bilan bog‘laydi. Birinchidan, Toshkent geografik jihatdan zilzilalar ko‘p sodir bo‘ladigan hududligi hisobga olinib, qolaversa, asrlar bo‘yi ilm maskaniga aylansin deb, madrasa qariyb chorak asr davomida pishiq g‘ishtlardan qurilgan.

    Mudarris, mutavalli va boshqalarga beriladigan vaqf miqdori qat’iy belgilab qo‘yilgani, talabalarga esa mablag‘ binoni yaxshi saqlash, chirog‘i, tuzilishi va holatida kamchilikka yo‘l qo‘ymaslik sharti bilan berilgani ikkinchi sababdir. Bir hujradan dars tayyorlash, buyumlarini saqlash uchun foydalangan talaba uni ko‘z qorachig‘idek asrashga ham astoydil harakat qilgan.

    Sharqona “imzo”

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    O‘rta asr me’morchiligiga xos uslubda bunyod etilgan, peshtoqi qariyb 20 metrga yetadigan Ko‘kaldoshning eshik-derazalari, panjaralari yog‘ochdan ishlangan.

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    G‘ishtin bino bezaklari to‘q siyohrang, ko‘k, ba’zan sarg‘ish va oq rangda. Tashqaridan qaraganda o‘ziga xos ranglar umumlashmasidek tuyuladigan naqshlar orasida arabiy yozuvlar qatori svastika ham ko‘zga tashlanishi ajablanarli. Adolf Gitler o‘ziga ramz qilib olgach, natsizm va fashizmning timsoli sifatida odamlarda yomon taassurot qoldirgan svastika aslida qadimgi hind-sanskrit tilidan “olqishlash”, “omad tilash” ma’nosini anglatib, kelib chiqishi qadim zamonlarga borib taqaladi.

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    Me’mor, rassom, Xalqaro Islom akademiyasi, “Ziyo” media studiyasining me’moriy loyihalar koordinatori Shavkat Muzaffarning aytishicha, svastikaning ma’nolari ko‘p. Qadimgi xalqlarda harakat, omad, hayot, uzoq umr, qut-baraka ma’nosini anglatgan ramz turli e’tiqodlarda turfa talqinlarga ega bo‘lgan. Zardushtiylik dinida muqaddas sanalgan to‘rt unsur — olov, suv, yer, havo hinduiylik ta’limotida quyoshni aks ettirib, koinot g‘ildiragi ma’nosini anglatgan. Shuningdek, buddaviylik ta’limoti keng tarqalgan Xitoy, Koreya mamlakatlarida ham chapga qaragan svastika keng ishlatilgan.

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    Mutaxassis Islom dini taraqqiy etavergach, hunarmandchilik va me’moriy obidalar bezaklarida svastikaning turli talqin, dizayn ko‘rinishlari bezak sifatida keng qo‘llangani, biroq yuqoridagi e’tiqodlardan farqli o‘laroq Islom kosmogoniyasida ma’nosi boshqacharoq ekanini alohida ta’kidlaydi.

    O‘ng va chap tomonga qaragan svastikali bezaklarning o‘rtasida Alloh, uning to‘rt tomonida Muhammad so‘zlari geometrik shaklda ishlangan bo‘ladi. Islom kosmogoniyasida svastikaning asosiy ma’nosi — olamning bir nuqtadan boshlab va aylana bo‘ylab yaratilish jarayonini anglatadi, — deydi me’mor Shavkat Muzaffar.
    Uning qo‘shimcha qilishicha, “Islom me’morchiligida svastikaning turli ko‘rinishlari mavjud, ammo aynan Ko‘kaldosh madrasasidagi betakror. Shu bois sayyohlar haligacha hayratini yashira olmaydi”.

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    Aslida ezgulik, olam va hayot harakati tushunchalarini aks ettirgan svastikani 1920-yillari irqchilar partiyasi o‘ziga, 1933-yil Gitler hokimiyat tepasiga kelgach, davlat ramziga aylantirgan. Ya’ni bunday ramzni ko‘riboq turfa xayolga borishdan avval har nening ma’nosini chuqur o‘rganish maqbul degan xulosa kelib chiqadi.

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    Tevaragi hujra va ayvonlar bilan o‘ralgan, sahni keng hovliga kirib, tashqaridagi g‘ala-g‘ovur bozorni butunlay unutadi kishi. Shahar shovqini, odamlar ovozi yozda issiq, qishda sovuq bo‘lmaydigan madrasa sokinligini buzishga jazm etolmay, darvoza ortida iymanib qolgandek go‘yo.

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    Fasadi janubga qaragan madrasada xalq hunarmandchiligining barcha turlari: o‘ymakorlik, ganchli bezaklar va sirkor koshinlardan unumli foydalanilganiga guvoh bo‘lish mumkin.

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    Shavkat Muzaffarning ta’kidlashicha, tarixda jami 38 ta hujrani o‘z ichiga olgan madrasa peshtoqida islimiy naqshlar bilan birga, ko‘fiy yozuvlar, girihlardan unumli foydalanilgan. Tashqaridagi peshtoqqa 1999-yildan avvalgi ta’mirlash jarayonlarida “Fotiha”, ichkariga esa “Alaq” surasidan oyatlar bitilgan.

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    Ichkaridagi peshtoqlarning o‘ng tarafida asl birlamchi koshinlar namuna sifatida saqlanib qolganini ko‘rish mumkin. Tadqiqotlar ko‘pligiga qaramay, ularning tiniqligi, yorqinligi va sifati siri haligacha ochilmagan. Me’morlar xuddi bu asrorni moziyga o‘zlari bilan birga olib ketgandek...

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    XVIII asrning 30-yillari karvonsaroy sifatida foydalanilgan madrasadagi har bir g‘isht va devorning o‘z hikoyasi, aytar so‘zi bordek tuyuladi. Aksar mehmonlar: Muqimiy, Furqat, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Xislat kabi ijodkorlar ko‘pincha shu yerda tunab qolganlar.

    1830–1831-yillari Toshkent hokimi Lashkar Beglarbegining davrida darsxona va masjid nuray boshlagan, zangori gumbazlari va ikkinchi qavatning g‘ishtlari ko‘chirib olinib, keyinchalik buzilib ketgan Beglarbegi madrasasining qurilishida ishlatilgan, — deydi kuyunib Obid Tangirov.
    Uning tushuntirishicha, Sovet davrida Ko‘kaldoshni ta’mirlash bahonasida, besh yuz yillik tarixga ega Xo‘ja Ahror Valiy madrasasining g‘ishtlari ko‘chirib olinadi. Ko‘kaldoshda oz-moz pardozlash-ta’mirlash ishlari bo‘ladi-yu, ammo evaziga poytaxtdagi boshqa bir tarixiy madaniy meros yo‘q qilinadi.

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    Qanchalik pishiq va mustahkam qurilgan bo‘lmasin, zilzilalar madrasa ko‘rinishiga ta’sir qilmay qolmaydi. 1868, 1886, 1946 va 1966-yillardagi yer qimirlashlari sabab bino dastlabki qiyofasini yo‘qotadi.

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    Xayriya qilish savob, deya mahalliy aholi bir yoqadan bosh chiqarib, mablag‘ jamlaydi. Ammo yig‘ilgan mablag‘ yetmay, ta’mirlash ishlari chalaligicha qoladi. Oqibatda yodgorlikni asl holiga qaytarish ilojsiz bo‘ladi.

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    Obid Tangirovning qo‘shimcha qilishicha, mustaqillik yillarida inshootning kami-ko‘sti ta’mirlangan. Tarixda ilm maskani bo‘lsin, deya barpo qilingan madrasa bugungi kunda ham o‘sha vazifani bajarmoqda. 1999-yildan buyon “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus bilim yurti sifatida faoliyat olib boradigan dargohda bugungi kunda 215 nafar talaba tahsil oladi.

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    Bitiruvchilarga o‘rta-maxsus ma’lumotga ega mutaxassis diplomi beriladi. Avvalgidan farqi — darsxonalar zamonaviy texnika bilan jihozlangan. Kutubxonasida 12 mingdan ziyod adabiyotlar mavjud. Noyob manbalar burchagidan 50 taga yaqin qo‘lyozmalar o‘rin olgan.

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Toshkentda 20 ta madrasa mavjud bo‘lgan. Ammo bugungi kunda ulardan sanoqlilarigina saqlanib qolgan, xolos. Obidjon Tangirov boshqa madrasalardan ham bilim berish maqsadida foydalanilsa, ularning tarixiy ahvoliga zarar yetmasligiga ishonadi.

    Madrasa tarixi haqida ma’lumot berayotgan Obid Tangirov

    Madrasa tarixi haqida ma’lumot berayotgan Obid Tangirov
    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    O‘zbekistonga kelgan sayyoh, asosan, Samarqand, Xiva va Buxoroga borishni afzal biladi. Lekin Toshkentga keladigan bo‘lsa, borib ko‘rishi kerak bo‘lgan joylar ro‘yxatidan Ko‘kaldosh o‘rin olishi shart. “Ammo, — deydi bilim yurti mudir o‘rinbosari Abdulvose G‘aniyev — pandemiyadan keyin tashrif buyuruvchi sayyohlar soni keskin kamaygan”.

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    Madrasadan chiqaverishimda shahar aylanib yurgan bobo nabirasidan Ko‘kaldosh oldida suratga olib qo‘yishini so‘radi. Chopon va telpak kiyib olgan otaxon umrning omonatligini o‘ylab, shu kunining bir lahzasini asrdan asrga o‘tib kelayotgan obida fonida muhrlashni istadi-yov, nazdimda.

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    Oradan hech qancha o‘tmay yosh yigitcha hamrohligida, millati menga qorong‘i, ammo rus tilida so‘zlayotgan sayyohlar ichkarini aylanib, suratlarga tushib bo‘lgach, gid yigitning qanaqadir city’ga ketdik deganiga: “Nima bor u yerda? Undan ko‘ra eski shahar ko‘chalarini aylansak-chi?!”, deb javob bergani qulog‘imga chalindi. Ushbu qisqa jumla poytaxtga keladigan barcha sayyohning xohish-istagini anglatgandek bo‘ldi, go‘yo.

    Shularni o‘ylarkanman, amerikalik sayohatchi va bloger Dryu Binskining O‘zbekistonni, munosib ekaniga qaramay, sayohatchilar e’tiboridan chetda qolayotgan o‘lkalar ro‘yxatiga kiritgani esimga tushdi. Sodda Dryu bilmaydiki, xorijliklar tugul, shu yerda tug‘ilib-o‘sgan aholining o‘zi ham yurtidagi turistik, sayohatbop joylarga nisbatan juda befarq. To‘g‘ri, bunga obyektiv va subyektiv sabablar borligini inkor qilish noinsoflik. Biroq o‘rganishning erta-kechi yo‘q. Agar siz ham shu fikrga qo‘shilsangiz, “Daryo”ning o‘lkamiz bo‘ylab kichik safarlarini kuzatib boring.

    “Daryo” so‘roviga ko‘ra, Kinofotofono hujjatlari milliy arxividan sotib olingan suratlardan turli maqsadlarda foydalanish va tarqatish taqiqlanadi.

    07.02.2022, 07:48   Izoh (0)   78736
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.