Samarqand shahrida lift kuzatuv kamerasiga shikast yetkazgan shaxs 15 sutkaga qamaldi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, Qorasuv mavzesida bunyod etilgan ko‘p qavatli uylarning liftiga xavfsizlik nuqtayi nazaridan o‘rnatilgan kuzatuv kamerasini urib, shikast yetkazgan J.K. (1994-yilda tug‘ilgan)ga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Shuningdek, unga zararni qoplash majburiyati ham yuklatilgan.
Izoh (0)