• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Grozniyda Ramzan Qodirov “terrorchilarning sherigi” deb atagan Yangulbayevlar oilasiga qarshi miting bo‘lib o‘tdi. Unda 400 ming kishi, jumladan, Qodirovning safdoshlari qatnashdi (video)

    Checheniston poytaxti Grozniyda respublika hukumati tomonidan tahdid qilinayotgan sobiq sudya Saydi Yangulbayevning oilasiga qarshi miting bo‘lib o‘tdi. Hukumatparast chechen matbuoti mitingda 400 mingdan ortiq odam qatnashganini xabar qildi. “Grozniy” davlat telekanalining ma’lumotlariga ko‘ra, mitingda faqat erkaklar ishtirok etgan; Shunga ko‘ra, namoyishchilar soni respublikadagi erkaklarning qariyb 50 foizini tashkil qilgan. Miting oldindan rejalashtirilmagan, deb e’lon qilindi, ammo unda chechen rasmiylari (jumladan, Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning eng yaqin safdoshlaridan biri, respublika parlamenti spikeri Magomed Daudov) so‘zga chiqdi, politsiya esa hech kimni tarqatmadi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Mitingda Yangulbayevlarga qarshi “la’natlar yog‘ildi”, odamlar bu oilaning portretlari tushirilgan plakatlarni yoqib yubordi, deya xabar beradi “Chechnya Segodnya”. “TASS” xabariga ko‘ra, mitingga internetda Shimoliy Kavkaz diniy arboblarini haqorat qiluvchi audioyozuvlar tarqalgani sabab bo‘lgan; Audiolarni go‘yoki Saydi Yangulboevning o‘g‘illari yozgan, ulardan birining muxolifatchi 1ADAT Telegram kanaliga aloqasi bor. Mitingda so‘zga chiqqan Checheniston muftiysi Salah-Xoji Mejiyev shunday dedi: “Yangulbayevlar bizning Avliyolarimiz, xalqimiz va chechenlar hurmat qiladigan barcha narsalar haqida juda ‘iflos’ audio yozishgan. Hech kim o‘ziga nisbatan bunday razillikka izn bermadi.”

    Checheniston Jamoatchilik palatasi rahbari Ismoil Denilxonov “Qiynoqlarga qarshi qo‘mita”, “Novaya gazeta” va “Dojd” telekanalini yopishga chaqirdi. Mitingda so‘zga chiqqan Denilxonovning aytishicha, “Novaya gazeta” jurnalisti Yelena Milashina va “Qiynoqlarga qarshi qo‘mita” rahbari Igor Kalyapin “davlatga qarshi ekstremistik faoliyat” bilan shug‘ullanmoqda hamda “Checheniston aholisiga qarshi terrorizmni oqlaydigan va deyarli butun chechen xalqini yo‘q qilishga chaqirgan” Yangulbayevlar oilasini boshqarmoqda. Denilxanov Milashina va Kalyapinni “qamoqqa olish va javobgarlikka tortish”ga chaqirdi.

    Avvalroq Rossiya Davlat dumasining Chechenistondan saylangan deputati Adam Delimxanov Yangulbayevlar oilasining boshini olishga va’da bergandi. “Boshingizni kesib, o‘ldirmagunimizcha jonimizni, molimizni, bola-chaqamizni ham ayamay tun-u kun ortingizdan qolmaymiz. Siz bilan haqiqatan adovat va xunli qasosimiz bor”, — degan Delimxanov chechen tilidagi murojaatida. Uning so‘zlarini chechen muxolifatining 1ADAT Telegram kanali tarjima qilgan. Kanaldagi postda, shuningdek, Delimxonov uning so‘zlarini rus tiliga o‘giradiganlarning boshini olish bilan tahdid qilgani aytilgan. Keyinroq Yangulbayevlarga nisbatan boshqa chechen rasmiylari tomonidan ham shu kabi tahdidlar bo‘lgan.

    Kreml Delimxonovning gaplarini baholashdan bosh tortdi. “Bu bizning vazifamiz emas. Bu Davlat Dumasi va etika bilan shug‘ullanuvchi qo‘mitaning vazifasi”, — dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. O‘z navbatida, Davlat Dumasining deputatlik etikasi komissiyasi rahbari o‘rinbosari Nikolay Arefyev bunday tahdidlarni “axloq komissiyasi emas, balki Bosh prokuratura ko‘rib chiqishi kerak”, dedi. Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengashi ham Delimxonovning so‘zlarida haqiqatan tahdidlar bo‘lsa, bu bilan Bosh prokuratura shug‘ullanishi kerakligini ta’kidladi.

    Saydi Yangulbayev — Checheniston Oliy sudining iste’fodagi sudyasi. Bir necha hafta oldin uning rafiqasi Zarema Musayeva hibsga olingandi. 20-yanvar kuni ularning Nijniy Novgoroddagi kvartirasiga qurollangan shaxslar bostirib kirib, Musayevani Chechenistonga olib ketgan. Uni oyoq kiyimsiz va ustki kiyimsiz uydan sudrab chiqishgan. Checheniston rasmiylari Musayeva hokimiyat vakilini haqorat qilgani uchun ma’muriy ish bo‘yicha maxsus hibsxonada saqlanayotganini xabar qilgan. Keyinroq unga nisbatan hokimiyat vakiliga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llash bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani ma’lum bo‘ldi. Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning aytishicha, Musayeva “politsiya xodimiga hujum qilib, uning ko‘zini o‘yib olishiga oz qolgan”. 2-fevral kuni Musayeva ikki oylik qamoqqa tashlandi.

    Qodirov Yangulboyevlar oilasini “terrorchilarning sheriklari” deb atagan, ularni hibsga olish va agar qarshilik ko‘rsatsa “yo‘q qilish”ni talab qilgan. Saydi Yangulbayev qizi bilan Rossiyani tark etgan. O‘g‘illari anchadan beri xorijda yashab keladi. Ulardan biri Ibragim Yangulbayev oilasining ta’qib qilinishini o‘zining Checheniston muxolifatining matbuot ishlarini yuritgani bilan bog‘ladi. Yanvar oyi oxirida unga nisbatan terrorizmga chaqirish aybi bilan jinoiy ish ochilgandi. Baza nashrining yozishicha, Tergov qo‘mitasi Ibragim Yangulbayevni 1ADAT ma’murlaridan biri deb biladi, ushbu kanalda ekspertiza Doku Umarov, Shamil Basayev va boshqa chechen jangarilarining faoliyatini oqlash belgilarini topgan.

    Qodirov jurnalist Yelena Milashina va huquq himoyachisi Igor Kalyapinni ham “terrorchilar” va “terrorchilarning sheriklari” deb atagan. Checheniston rahbari Yangulbayevlarni yana bir bor tanqid qilib, Milashina va Kalyapin “Checheniston va chechenlar mavzusida ssenariylar ishlab chiqib, o‘z qahramonlarining qulog‘iga matn va xatti-harakatlarini pichirlab pul ishlashadi”, dedi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qodirov “shaxsiy fikrini” bildirganini aytib, uning so‘zlariga boshqacha tarzda baho berishdan bosh tortdi. “Novaya gazeta” Kremlning pozitsiyasini qoraladi. “Exo Moskvi” gazetasi bosh muharriri Aleksey Venediktov va “Dojd” telekanali Rossiya rahbariyatini Qodirovning tahdidlariga javob berishga chaqirdi.

    Mavzuga doir: Ramzan Qodirov tomonidan oilasiga tahdid qilingan chechenistonlik sudya Rossiyani tark etdi. Uning o‘g‘li Putinni “Checheniston rahbarini almashtirishga” chaqirdi

    03.02.2022, 15:59   Izoh (0)   33481
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Armanistonda prezidentlik saylovlari mart oyida bo‘lib o‘tadi

    03.02.2022, 15:07

    Gvineya-Bisauda davlat to‘ntarishiga urinish oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

    03.02.2022, 12:49

    Kuniga sakkiz soat, haftasiga besh kun ishlash tartibini kim, qachon va qanday joriy qilgan?

    03.02.2022, 12:12

    Fotogalereya: Oq uydagi “yumshoq kuchlar” yoxud prezidentlar parvarish qilgan uy hayvonlari haqida

    03.02.2022, 09:55

    Turkiya va Gretsiya chegarasida 12 nafar migrantning jasadi topildi

    03.02.2022, 09:42

    Vladimir Putin Moskvada Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan uchrashdi

    03.02.2022, 09:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25

    “Istanbul Rossiya va Ukraina tinchlik muzokaralarining uchinchi raundini o‘tkazishga tayyor” — Turkiya

    Dunyo | 28 iyun, 21:05

    Superliga. “Navbahor” Namanganda “Mashʼal”ga javobsiz oltita gol urdi

    Sport | 28 iyun, 21:04
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.