“Manchester Siti” himoyachisi Benjamin Mendi jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda.
L’Equipe xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchining ishi bo‘yicha 2-feral kungi dastlabki sud majlisida unga qarshi ayblovlar kuchaygan. Mendiga jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq yana bitta ayblov qo‘yilgan.
Bungacha ham fransiyalik futbolchiga jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha 7 ta, tegajog‘likka doir jinoyat bo‘yicha bitta ayblov qo‘yilgandi. Uning umrbod qamoq jazosini olishi mumkinligi aytilgandi.
Yanvar oyining boshida esa futbolchi garov evaziga ozodlikka chiqarildi. U 134 kunni qamoqda o‘tkazdi.
11-mart kuni Mendi ishi bo‘yicha yana bir dastlabki sud majlisi bo‘lib o‘tadi. Sud jarayoni esa 25-iyulda boshlanadi va 6 haftagacha davom etishi mumkin.