Oleksandr Usik va Tayson Fyuri jang yakunlanib, natija e’lon qilinishidan oldin nimalar haqida suhbatlashgani ma’lum bo‘ldi.
Fyuri: Oleksandr, omadingni bersin. Sen kuchli insonsan.
Usik: Eshit. Men sen bilan jangga 2008-yilda boksni boshlagan paytingdan buyon tayyorlanaman. O‘shanda Yevropa chempioni bo‘lganding.
Fyuri: Rahmat, do‘stim, rahmat. Sen juda yaxshi bokschisan. Menga juda yoqding. Zo‘r ishlading.
Usik: O‘g‘lim seni yaxshi odam emas deydi. Yo‘q, bu — biznes.
Fyuri: Ha, bu biznes. Men oilam bilan birgalikda Ukrainaga sening oilang bilan uchrashgani boraman. Sen ham mening uyimga o‘z oilang bilan dam olishga kelishing mumkin.
Usik: Muammosiz.
Fyuri: Rahmat hammaga, sizlarni juda hurmat qilaman!
Eslatib o‘tamiz, 12 raund davom etgan jangda Usik ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi. bokschilar o‘rtasidagi ikkinchi jang 12-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu jang shartnomasida belgilangan va kafolatlangan.
Izoh (0)