Tayvan parlamentida deputatlar ishtirokida mushtlashuv sodir bo‘ldi. Mojaroga qonun chiqaruvchi organning isloh qilinishiga oid yangi loyiha sabab bo‘lgan. Bu haqda Taiwan News xabar berdi.
Gomindanning asosiy muxolifat partiyasi hukumat ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida parlamentga katta vakolatlar berishni taklif qilgan. Bu parlamentda yolg‘on bayonot bergan mansabdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishni nazarda tutadi. Tegishli taklif Layning (saylangan prezident) Demokratik progressiv partiyasi tomonidan “hokimiyatni konstitutsiyaga zid ravishda suiiste’mol qilish” sifatida rad etilgan.
Deputatlardan biri qonun loyihasi matnini olib, zaldan qochib ketgan, u loyiha hozirgi ko‘rinishda qabul qilinishini xohlamagan. Demokratlar amaldorlarni jinoiy javobgarlikka tortishga qarshi chiqmoqda.
Oqibatda yig‘ilishda deputatlar tan jarohati olgan. Ulardan biri zaldan zambilda olib chiqib, shifoxonaga olib ketilgan. Lay Tsinde yanvar oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, uning partiyasi 113 o‘rinli parlamentda mutlaq ko‘pchilikni qo‘lga kirita olmadi.
Ko‘pincha “yorqin demokratiya” deb ataladigan Tayvan parlamentdagi mushlashuvlar boy tarixiga ega. 2020-yilda Gomindanning qonun chiqaruvchilari bosh vazir Su Szen-changa cho‘chqa go‘shti solingan chelaklar uloqtirgandi, hodisa AQSHga cho‘chqa go‘shti importini yumshatish borasidagi muhokamalarda yuz bergan.
Izoh (0)