Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanidagi maktab o‘quvchisi 30 yoshli erkak tomonidan “samosud” qilingani haqida xabarlar tarqaldi.
Unda aytilishicha, bola o‘z sinfida o‘qiydigan qiz bilan hazillashgani uchun qizning akasi kelib maktabdan olib chiqib sochini olgan, qoshini kuydirib “samosud” qilgan.
Viloyat IIB matbuot xizmati holat yuzasidan Past Darg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)