• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Biznes

    O‘zbekistonda biznes boshlashdan avval nimalarga tayyor turish kerak? Сhet ellik tadbirkor fikri

    O‘zbekiston bozori jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda: so‘nggi to‘rt yil ichida mamlakat YaIMi oshdi, iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi 24 foizga yetdi. Shunga qaramasdan, mamlakatda raqobatlashish qiyin bo‘lgan xalqaro gigant kompaniyalar mavjud emas. O‘zining qaysi tarafi bilan ushbu bozor jozibador? Mamlakatda yangi ish boshlash uchun qanday qilib kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin? Mahalliy aholi mentalitetining qanday o‘ziga xos tomonlarini hisobga olish kerak? Shu kabi masalalar haqida Broniboy restoran va do‘konlarining yetkazib berish xizmati asoschisi Aleksandr Radionov so‘zlab beradi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi kompaniyalar ulushi muntazam o‘sib bormoqda – 2019-yildan buyon ushbu ko‘rsatkich 10 foizga oshdi. Hatto pandemiya sabab yuzaga kelgan cheklovlar ham bunga to‘sqinlik qilmadi.

    Rossiya kompaniyalari tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan sarmoyalarning umumiy hajmi allaqachon 10 mlrd dollarga yetdi. Shunga qaramay, Rossiya biznesining barcha ishtirokchilari ham mamlakat bozorini jiddiy qabul qilmayapti.

    Azaldan rossiyaliklar uchun Qozog‘iston davlati manfaatdor mintaqa bo‘lib kelgan, biroq joriy yil boshidagi voqealar respublika uchun 2-3 mlrd dollarga baholanayotgan iqtisodiy yo‘qotishlarga sabab bo‘ldi. Ayni vaziyatda esa O‘zbekiston – biznesni rivojlantirish uchun maqbul mintaqaga aylanishi mumkin.

    Tanqidchilar O‘zbekistonni iqtisodiy va texnologik sohalarda eng chetda qolgan mamlakatlar qatoriga kiritishadi. Uzoq vaqtlar mobaynida ular mamlakat 90-yillar boshidan 2016-yil oxirigacha tashqi eshiklardan yopiq bo‘lgan deb o‘zlarini oqlashdi.

    Teshik qayiqni yuzaga ko‘tarish

    O‘zbekiston bozori jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda: so‘nggi to‘rt yil ichida mamlakat YaIMi 4,5 foizdan 6,9 foizga ko‘tarildi, iqtisodiy o‘sish 24 foizni tashkil qildi. Tez fursatlarda o‘sib borayotgan bozorni suvning ko‘tarilishiga qiyoslash mumkin – u barcha qayiqlarni, hattoki teshik qayiqlarni ham ko‘tarib yuboradi. Rivojlanish imkoniyatiga ega kompaniya bunday bozorda shunchaki to‘xtab qola olmaydi.

    Yana bir ijobiy tomoni shundaki, hozirgacha bu yerda raqobatlashish befoyda bo‘lgan xalqaro gigant kompaniyalar va monopolistlar deyarli yo‘q. IBM IT-korporatsiyasi, “Gazprom” hamda “Lukoyl” neft va gaz kompaniyalari, S7 aviakompaniyasi va “Nijfarm” kabi farmatsevtika kompaniyalari hozircha o‘z vakillik idoralarini ochgan.

    Carrefour xalqaro supermarketlar tarmog‘i O‘zbekistonga kirib kelgan birinchi xorijiy riteyler hisoblanadi. Respublikada Samsung kompaniyasining to‘rtta rasmiy filiali bo‘lib, unga raqobatdosh Apple kompaniyasi esa hozircha o‘zining birinchi rasmiy vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda.

    Bozorning boshqa qismida hali to‘liq tanilishga ulgurmagan kompaniyalar yetakchilik qiladi. 2020-yilda O‘zbekistondagi eng muvaffaqiyatli brendlar ro‘yxatiga “Korzinka.uz” oziq-ovqat va chakana savdo tarmog‘i, LeBazar.uz va Express 24 yetkazib berish xizmatlari, Ishonch va Texnomart maishiy texnika do‘konlari kiritilgan.

    Unchalik katta bo‘lmagan mahalliy ishtirokchilar bo‘sh qolgan sohalarni egallash va o‘z faoliyatini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Buning ustiga, biror narsani qayta ixtiro qilish va uni bozorga olib kirishning hojati yo‘q – aholining ayni ehtiyojlarini aniqlash va raqobatchilarga eng yaxshi tanlovni ko‘rsatib qo‘yishning o‘zi kifoya.

    Shu kabi bozorga xos holatlar yangi ishtirokchilarga qo‘l kelishi yoki qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi ham mumkin. Bir tomondan olib qaraganda, boshqa mamlakatlarda yirik brendlar tomonidan allaqachon egallab bo‘lingan bo‘sh sohalarni egallash, oyoqqa turish va nisbatan qisqa vaqt ichida ulkan natijalarga erishish imkoniyati mavjud.

    Boshqa tomondan esa – O‘zbekistonda bizga odatiy bo‘lib qolgan barcha iste’mol formatlariga bo‘lgan talab shakllanib ulgurmagan. Odatda uni noldan boshlab “o‘stirish”, aholini o‘rgatish,  mavjud vaziyatda o‘zni tutishning yangi shakllarini mustahkamlash kerak.

    Masalan, yetkazib berish agregatorlari va xaridlarni ilovaning birgina tugmachasi orqali amalga oshirish rossiyaliklar uchun kundalik hayot tarziga aylangan bo‘lsa, o‘zbekistonliklar restoran va magazinlarga shaxsan o‘zlari qo‘ng‘iroq qilib buyurtma berishni afzal ko‘rishadi.

    Bringo oziq-ovqat yetkazib berish xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy bozorning 75 foizini restoranlarning o‘zi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan yetkazib berish xizmatlari va faqatgina 10-15 foizini asl agregatorlar tashkil qilar ekan.

    Bringo’da ta’kidlashlaricha, oziq-ovqat buyurtma berish bozori o‘sib bormoqda: so‘nggi ikki yil ichida yetkazib berish xizmatiga ega ovqatlanish shoxobchalari 400-500 tadan qariyb 700 taga yetgan.

    Yetkazib berish xizmati bo‘yicha poytaxt Toshkentda bir oyda o‘rtacha 150 000 dan 250 000 gacha buyurtma qabul qilinadi. Eng ko‘p qabul qilinadigan buyurtmalar milliy taomlar va fastfud hisoblanadi, ammo shu bilan birga, yapon va xitoy oshxonasiga bo‘lgan qiziqish ham ortib bormoqda.

    O‘zimiz 2022-yilning bahor mavsumida O‘zbekiston bozoriga chiqishga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Tajribamizga ko‘ra, mamlakatdagi restoran biznesi agregatorlarga pul tikishga tayyor, uni hattoki 25 foizlik yuqori komissiya ham xavotirga solmaydi. Sababi shundaki, kuryerlarning qoniqarli tayyorgarlikka ega emasliklari, ish kiyimini kiyishni istamasliklari va h.k.lar tufayli restoranlar uchun o‘zining yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘yish qiyin.

    O‘zbekistonda yangi kompaniyani qanday qilib ochish mumkin?

    Xorijda biznes boshlash ko‘plab cheklovlar va hujjatlar to‘plami bilan qiyoslanadi. Biroq O‘zbekistonda xorijliklar uchun yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni juda oson. Barcha hujjatlar yagona darcha – mahalliy Adliya vazirligi qoshidagi davlat xizmatlari markazi orqali rasmiylashtiriladi.

    Rossiyaliklar uchun ushbu format Ko‘p funksiyali markaz orqali tanish. Shu kabi markazlar soni O‘zbekistonda 200 taga yetgan, ular har bir shahar va tumanlarda faoliyat ko‘rsatadi.

    Jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun pasport va kompaniya nizomi kerak bo‘ladi. Shuningdek, taxminan, 25 dollar miqdorida davlat boji ham to‘lanadi. Rasmiylashtirish jarayoni 30-60 daqiqani talab etadi. Markazda kompaniya muhrini tayyorlatish, bankni tanlash va hisob raqam ochish ham mumkin.

    Barcha ishlarni davlat xizmatlari markazining rasmiy sayti orqali onlayn amalga oshirish imkoniyati ham mavjud. Bundan tashqari, aynan elektron formatdan foydalanganlik uchun rag‘batlantiriladi – masalan, davlat bojini to‘lashga chegirma qilib beriladi.

    Qanday muammolar yuzaga kelishi mumkin?

    Sarmoyalar

    O‘sib borayotgan bozorlarda odatda investitsion resurslar yetishmaydi. O‘sish sur’atlari va biznes talablari moliyalashtirishning muhim instrumentlarini ortda qoldiradi. Mahalliy xususiy sarmoyadorlar yangiliklarni har doim ham qo‘llab-quvvatlamaydilar, shu sababli o‘xshash imkoniyatlarga ega insonlarni izlashga to‘g‘ri keladi.

    O‘zbekistonda bozorning allaqachon mavjud ishtirokchilari, mahalliy o‘rta va yirik biznes vakillari bilan hamkorlikka kirishish tushunchasi mavjud. Masalan, “Megafon” kompaniyasi Coscom mahalliy operatori bilan hamkorlikda O‘zbekistonga kirib keldi, Ukrainaning eng yirik onlayn riteyleri Rozetka esa Texnomart mahalliy tarmog‘i bilan birgalikda ish boshladi.

    Davlat jamg‘armalari va loyihalari orqali ham sarmoyalarni jalb qilishingiz va ish boshlashda yordam olishingiz mumkin. Masalan, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarga ega IT-tadbirkorlari mahalliy IT-Park’ning vakiliga aylanishlari va kamaytirilgan daromad solig‘i shaklidagi imtiyozga ega bo‘lishlari (7,5 foiz), yagona ijtimoiy to‘lovlar va ma’lum manfaatlar bilan cheklangan soliqlardan ozod qilinishlari mumkin. Yaqinda Rossiyaning T1 guruhiga tegishli “Innotex” venchur studiyasi UzCard bilan birgalikda moliyaviy texnologiyalar startaplari uchun O‘zbekistonda akseleratorni ishga tushirdi.

    Kadrlar yetishmovchiligi

    O‘sish bilan birgalikda kadrlar yetishmovchiligi ham sezilarli ahamiyatga ega. O‘zbekistonda ochilayotgan kompaniya qisqa muddat ichida xodimlar shtatini to‘plashi lozim, bu yerda esa buning iloji yo‘q. Mamlakat ichida biznes va texnologiyalar bo‘yicha xalqaro yondashuvga ega mutaxassislar ko‘p emas.

    Yangi kompaniyalar xorijdan mutaxassislarni vaqtincha yollagan holda, muammoni hal etishadi. Ularning asosiy qismi Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston kabi MDX davlatlaridan kelgan. Ammo o‘zbekistonlik xodimlarni ishga jalb qilish oson emas.

    Gap shundaki, mamlakatda hamma narsa rivojlanishdan o‘n yilga orqada qolgan degan yanglish fikrlar kuchli ildiz otgan, xodim esa bu yerda kasbiy jihatdan rivojlanmay qolishidan cho‘chiydi. Mamlakatga, asosan, o‘ziga talabchan bo‘lmagan yoki katta oylik maoshni istovchilar boradi.

    Muammoni hal qilishning yo‘llaridan biri – ish jarayonida kerakli darajagacha ko‘tarila oladigan, o‘xshash imkoniyatlarga ega iqtidorlarni topib, xodimlarni mustaqil o‘rgatish. Eslatma: bu yerdagi xodimlar ma’lum stavka bo‘yicha haq olishga o‘rganishgan, shartnoma shaklidagi kelishuvlar ko‘pchilikni umuman qiziqtirmaydi.

    Mentalitet va boshqa o‘ziga xos xususiyatlar

    Boshqa janubliklar kabi o‘zbeklar ham qaror qabul qilishga va ishga kirishishga shoshilmaydi, barchasi bir maromda, suhbat davomida, uchrashuvlarda hal bo‘ladi. Telefon qo‘ng‘irog‘i yoki yozishmalar orqali hech kim hech nimani hal qilmaydi – shaxsan uchrashuv, muhokama qilish va kelishib olish shart.

    Sharq mamlakatlarida dastlab yuqori narxni aytish odatga aylangan, sababi tovarga har qanday bahoni belgilash savdolashish orqali amalga oshadi. Rossiyada 20-30 foizlik diskontga o‘rganilgan bo‘lsa, O‘zbekistonda esa ikki yoki uch marta savdolashishni hisobga olish mumkin.

    Masalan, Toshkentda oziq-ovqat reklamasini suratga olish uchun 350 dollar so‘rashgan edi, biroq taniqli raqobatchilarda narxlar arzonroq ekanligi aytilgandan so‘ng, kelishuv davomida xizmat bahosini 100 dollargacha tushira oldik. Rossiya uchun bu noodatiy holat, ammo narxlarni har qanday joyda ham tushirish mumkin – uskunani xarid qilish yoki fotograf yollashda, hattoki banklar ham ma’lum chegirmalarni taqdim etishlari mumkin.

    O‘zbekistonda xoh u ish formati bo‘lsin, elektron pochtadan foydalanilmaydi. Matn orqali hal qilish mumkin bo‘lgan asosiy masalalar messenjerlar orqali amalga oshiriladi. Asosan, Telegram tarmog‘idan foydalaniladi.

    Mamlakatda raqamli xizmatlar rivojlanayotganiga qaramasdan aloqa sifati, ayniqsa, viloyatlarda juda past. Internetning yaxshi ishlamasligi ko‘p kuzatilgani bois smartfondan ham foydalanib bo‘lmaydi. Shunga qaramay, poytaxtda ko‘pchilik smartfonlar orqali to‘lovlarni amalga oshiradi, hamma joyda to‘lov uchun terminallar mavjud.

    Hayot tarzining muhim qismi – restoranlar. Restoran biznesi bu yerda yaxshi rivojlangan – tushlik va kechki ovqatni uydan tashqarida tanovul qilish odatiy hol. Biroq restoran egalari uchun o‘z holatini saqlab qolish va mijozlarga birdek a’lo darajada xizmat ko‘rsatish oson emas.

    O‘zbekistonda odamlar bolalikdan sifatli tanovul qilishga odatlangan – halol va toza go‘sht mahsuloti, uy oshxonasi muhim ahamiyatga ega. O‘zbeklar uchun restoran taomi – uyda tayyorlangan taomning davomi bo‘lib, uning sifati xuddi shunday bo‘lishi kerak.

    Odamlar asl mahsulotlar mazasini yaxshi bilishadi, shu bois mahsulotlarga pul tejalmaydi. O‘zbek xalqi taom borasida injiqroq. Agar taom sifati qoniqtirmasa, ularni har qanday marketing bilan qiziqtirishning iloji yo‘q.

    O‘zbekistonda bir-biridan eshitib biror joyga borish yoki nimanidir xarid qilish odatiy hol. Odamlar o‘z tavsiyalarini tanishlari va yaqinlari bilan bo‘lishadi. Bu bepul reklama sifatida ish berishi yoki umuman, mijozlarning mahsulot yoki xizmatdan norozi bo‘lishganda katta zarar keltirishi ham mumkin. O‘z obro‘sini bir marta yo‘qotgan mahsulot yoki xizmat uni osonlikcha qayta tiklay olmaydi.

    01.02.2022, 21:12   Izoh (0)   2446
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Telegram’da videostikerlar va boshqa yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi

    01.02.2022, 16:54

    Maxsus savdo va ko‘ngilochar markazlarga aylanadigan 294 ta ko‘chaning nomi ma’lum bo‘ldi

    01.02.2022, 09:10

    Alisher Usmonov va hamkorlari oltin bilan shug‘ullanadigan kompaniya tashkil qildi

    31.01.2022, 19:49

    Qanday qilib yetti yashar qizaloq YouTube’da yiliga 28 mln dollar topmoqda?

    26.01.2022, 22:53

    UzAuto Motors 2021-yilda ishlab chiqarish hajmini qisqartirdi. Nima uchun unday bo‘ldi? Ahvol qachon o‘zgaradi?

    26.01.2022, 21:05

    Alisher Usmonovga aloqador bo‘lgan kompaniya “Ohangaronsement”ni sotib oldi

    26.01.2022, 09:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda avtobuslar tezkor harakatlanishi uchun BRT yo‘lagi qurilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 14:51

    Xitoy beshinchi avlod J-20 qiruvchisidan mingta ishlab chiqarish niyatida. Ekspertlar kuzatuvlari bilan bo‘lishdi

    Dunyo | 13 may, 14:50

    “Manchester Siti” yangi mavsum uchun uy libosini taqdim etdi (foto)

    Sport | 13 may, 14:45

    Zelenskiy Istanbulda faqat Putin bilan uchrashadi — Ukraina prezidenti ofisi

    Dunyo | 13 may, 14:30

    Mbappe va “PSJ” o‘rtasidagi mojaro keskin tus oldi

    Sport | 13 may, 14:02

    Google 10 yil ichida birinchi marta logotipini yangiladi

    Dunyo | 13 may, 13:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.