• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Biznes

    Qanday qilib yetti yashar qizaloq YouTube’da yiliga 28 mln dollar topmoqda?

    Asli Krasnodar o‘lkasida tug‘ilgan, hozirda Mayamida yashaydigan, Maldiv orollarida dam oladigan va o‘z garderobini har hafta yangilaydigan yetti yashar Nastya Radzinskayaga har qanday odamning havasi kelsa kerak, hoynahoy. Bunday hayot tarzi qizaloq va uning ota-onasiga 2021-yilda 28 mln dollar daromad keltirdi. Qanaqasiga?

    <em>Foto: YouTube</em>

    Foto: YouTube

    2022-yilning 14-yanvarida Nastya Radzinskaya Forbes’ning eng qimmat YouTube blogerlari jahon reytingiga kiritildi. Nashriyot uning daromadini 28 mln dollarga baholadi

    Nastya tug‘ilganida unga bolalarda uchraydigan miya falaji (DSP) tashxisi qo‘yildi – doktorlar qizaloq yura olmasligi va gapira olmasligini aytishgan edi. Qizaloqning ota-onasi kasallikni davolash uchun qo‘ldan kelgan barcha imkoniyatdan foydalanishdi va bir necha yillardan so‘ng kasallik alomatlari yo‘qola boshladi.

    Davolash usullaridan biri kamera qarshisida ishlash bo‘ldi: Nastyaning ota-onasi uni atrof-olam bilan shunday muloqot qilishga o‘rgatdi. Hozirda uning videoroliklari rus, ingliz, arab va ispan tillarida tomosha qilinadi. Videolarda qizaloqning maktabga ketishga (AQSHda 5 yoshdan ta’lim olish mumkin) tayyorgarlik ko‘rishi, ovqatlanishi, yangiliklardan quvonishi, uning erkalik va injiqliklari, batutda sakrashi yosh aktrisaga oyiga yuz minglab dollar daromad keltiradi.

    Nastyaning ota-onasi, ikki yil avval Forbes nashriga bergan intervyusida rossiyalik qizaloq qanday qilib ko‘plab xalqaro korporatsiyalar rahbarlaridan boyib ketganini aytib berishdi.

    Nastya tug‘ilganida unga bolalarda uchraydigan miya falaji (DSP) xastaligining og‘ir shakli tashxisi qo‘yildi – doktorlar qizaloq yura olmasligi va gapira olmasligini aytishgan edi.

    2014-yili Anna va Yuriy Radzinskiylar oilasida Nastya ismli qizaloq dunyoga keldi. Doktorlar bola shakllanishi davridagi shikastlanish natijasida yuz bergan DSP kasalligining og‘ir shakli tashxisini qo‘yishdi.

    Bizga Nastya yura olmasligini va gapira olmasligini aytishgan edi, – eslaydi Anna.

    Turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda farzandining sog‘ayishi uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishdi, doktorlarga ko‘rsatishdi, kun-u tun bola bilan suhbatlashib o‘tirishar edi. Qizaloq ikki yoshga yetganida, u yaxshi rivojlanayotgani ma’lum bo‘ldi.

    Yoki davolanishlar va bizning mehr-muhabbatimiz yordam berdi, yoki doktorlar tashxis qo‘yishda adashishdi, – deydi Radzinskaya.

    Davolanishdan so‘ng erishilgan natijani mustahkamlash uchun Nastyaning ota-onasi unda aktyorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaror qilishdi.

    Biz YouTube’da bolalarning sovg‘alarni ochishi tasvirga olingan videolar, ular uchun juda qiziqarli ekanligiga guvoh bo‘ldik va Nastyani tasvirga olishga urinib ko‘rishga qaror qildik, – deydi Anna.

    Million obunachiga ega qizaloq

    Foto: The Moscow times

    Foto: The Moscow times
    2016-yilga kelib YouTube’ning bolalar segmenti yetarli darajada yaxshi rivojlangan edi – faqat Rossiyada o‘g‘il bolalar va qiz bolalarning sovg‘alarni ochishayotgani tasvirlangan videolar joylangan o‘ndan ortiq kanallar mavjud edi.

    YouTube’dagi bolalar segmenti – minglab kuzatuvchilarga ega  ulkan yo‘nalish. Biz bolalar auditoriyasi uchun alohida maxsus YouTube Kids ilovasini ishga tushirganmiz, – deydi Rossiya va MDXdagi YouTube hamkorlari bilan ishlash bo‘yicha yo‘nalish rahbari Yelizavetta Lixina.

    Biz birinchi emasdik, ammo mashhurlikka juda tez orada erisha boshladik. O‘ylashimcha, bunga Nastyaning kadrda o‘zini tabiiy tutishi yordam bergan. U jarayonga butunligicha o‘zini bag‘ishlab, undan chin dildan bahra oladigan bola. Uning harakatlarini tomosha qilishning o‘zi yoqimli”,  – deydi Anna. Tomoshabinlar, asosan, siyqasi chiqqan multfilmlarning o‘rniga Nastyaning hayoti haqidagi videoroliklarni tomosha qiluvchi bolalardan iborat edi. 

    Kanal unchalik katta bo‘lmagan daromad keltira boshladi. Radzinskiylar reklama beruvchilarni izlab o‘tirishmadi. Maydoncha, o‘sha paytlardagi YouTube qoidalariga ko‘ra, asosiy video boshlanishidan avval qo‘yilib, 10 mingdan ziyod ko‘rishlar sonini yig‘adigan reklama roliklarini avtomatik tarzda birlashtirar, keyin esa reklama beruvchilardan olingan pullarning bir qismini muallifga yuborishar edi. 

    «Nastyani ko‘chalarda tanishni boshlashdi: Tailand, Malayziya, Indoneziyadagi bolakaylar qizaloqni ko‘rsatishib, “O, sen YouTube’dagi qizsan-ku!” deyishar edi

    Foto: YouTube

    Foto: YouTube

    Keskin o‘zgarishlarga boy davr shaxsiy blogning ishga tushirilishidan yarim yil o‘tib yuz berdi. O‘sha kunlardan boshlab Radzinskiylar hisobiga YouTube’dan kuniga 20 ming rubldan pul tushib turar edi.

    Biz, bora-bora hammasi o‘sib borishini tushunib yetdik: bugun 20 ming, ertaga undan ko‘p. Shu tarzda biz oyiga qariyb 10 ming dollar ishlab topdik – bu esa yaxshi daromad, – deydi Nastyaning ota-onasi. 

    Obunachilar soni bir millionga yetdi, daromad esa o‘n minglab dollarlarga aylandi.

    Nastyani hattoki ko‘chalarda tanib qolishar edi: Tailand, Malayziya, Indoneziya va biz borgan joylardagi bolalar qizimizni ko‘rastib, “O, sen YouTube’dagi qizsan-ku!” deb, uni ismi bilan chaqirishar va birga rasmga tushishni so‘rashar edi, – deb gapirib beradi uning onasi. 

    O‘sha vaqtlarda qizaloqning ota-onasi to‘y liboslari saloni va bayramlarni tashkillashtirish kompaniyasini yopishdi, sababi loyihalar ko‘p vaqt va kuch talab qilar, daromadi ham katta emas edi. Qurilish kompaniyasi qoldirildi, ammo uni boshqarishni menejerga topshirishdi. Daromadlarining asosiy qismi uch yashar Nastyaning kanali bo‘ldi. 

    Amerika orzusi

    Osiyo ta’tilidan so‘ng, Nastyaning videolari butun dunyo bolalariga qiziq ekanligi ma’lum bo‘ldi. Roliklar mazmuni so‘zsiz ham tushunarli edi, biroq xorij auditoriyasini kengaytirish uchun Radzinskiylar har bir videoni tarjima qildira boshladilar.

    Buning uchun Nastya va uning otasi Yuriyning so‘zlarini tarjima qilish uchun tarjimon yollandi va qayta ovozlashtirildi. Ovozlashtirish ingliz tilidan boshlandi, keyin Lotin Amerikasini qamrab olish uchun ispan tili, so‘ng esa arab tili qo‘shildi. 

    Foto: License Global

    Foto: License Global

    Oddiy oilaviy videolardan boshlangan suratga olish jarayoni to‘laqonli biznesga aylandi: Radzinskiylar har kuni videorolik suratga ola boshlashdi, montajchilar va maxsus effektlar bo‘yicha mutaxassislarni yollashdi, kerakli rekvizitlar – noodatiy o‘yinchoqlar, aksessuarlar, manekenlarni izlashdi.

    Rossiyada bunday narsalarni topish muammo, hech narsani topib bo‘lmaydi, Amazon kabi yirik savdo maydonlari deyarli hech qanday buyumlarni yetkazib bermaydi, - deydi qizaloqning onasi.

    Cheklangan tanlov va Rossiya qish ob-havosidan zerikkan Radzinskiylar 2017-yilning oxirida Amerikaga jo‘nab ketishga qaror qilishdi.

    Internet olamida yashovchi qizcha

    Bugungi kunda Like Nastya Vlog asosiy kanali 85,7 mln obunachilarni qamrab olgan, birgina videoning rekord darajadagi ko‘rishlar soni 724 mln martani tashkil qiladi. Shunday qilib, Nastya YouTube’ning nafaqat Rossiya segmentida yetakchilik qiladi, balki jahonning eng mashhur blogerlari o‘ntaligiga ham kirishga ulgurgan.

    Like Nastya – shubhasiz, dunyodagi eng muvaffaqiyatli bolalar kreatorlaridan biri, — ta’kidlaydi YouTube’dagi Yelizavetta Lixina. – Ushbu kanal bolalar mavzusidagi kontentni faol ishlab chiqara boshlagan dastlabki kanallardan biri hisoblanadi. Ular o‘z faoliyatini boshlashganida ushbu maydondagi raqobatchilar soni ko‘p emas edi, shu sababli kanal tez fursatda o‘sishni boshladi.

    Anna Radzinskayaning so‘zlariga ko‘ra, ular blog uchun hech qachon reklama sotib olishmagan, obunachilarning oshib borishi o‘z-o‘zidan amalga oshgan.

    Kanal kontenti kun sayin ta’lim va tarbiya tomonga qarab o‘zgarib bormoqda, ya’ni hech narsani yoddan chiqarmaslik uchun maktabga qanday tayyorlanish, avtomobilda o‘zini qanday tutish, planshetda video ko‘rganda ko‘zga qanday qilib zarar yetkazmaslik kabilarni targ‘ib etadi. 

    “Ushbu vaziyat kinoyulduz bolakaylar hayoti kabidir. Bu ularning taqdiriga o‘z ta’sirini o‘tkazadi: kutilmaganda yo‘qolgan mashhurlik, bola dunyoni qabul qilishida kuchli aks etishi mumkin”

    Foto: aNb Media

    Foto: aNb Media
    GetBlogger’dagi Mixail Karpushin bolaning vizual obrazidan pul ishlashga urinish bolaning o‘zi uchun ham psixologik muammolarga sabab bo‘lishi mumkin deb ogohlantiradi.

    Ushbu vaziyat kinoyulduz bolakaylar hayoti kabidir. Bu ularning taqdiriga o‘z ta’sirini o‘tkazadi: kutilmaganda yo‘qolgan mashhurlik bola dunyoni qabul qilishida, unga qanday nigoh bilan qarashida kuchli aks etishi mumkin, – ta’kidlaydi u. – Ha, bolalar uchun mo‘ljallangan YouTube – daromadli biznes, ammo men, masalan, bolalarimning bloger bo‘lishini istamagan bo‘lar edim.

    Nastyaning ota-onasi bu haqida qayg‘urmayapti: ularning so‘zlariga ko‘ra, qizaloq jarayondan quvonadi va o‘zining mashhurligidan hech qanday salbiy oqibatlarni olmaydi.

    Biz faqatgina qizimiz ishtirok etishni istagan videoroliklarni suratga olamiz.

    Nastyaning o‘zi esa katta bo‘lganida biznesmen, balki aktrisa ham bo‘lishni orzu qilishi haqida aytib berdi.

     

    Mavzuga doir: Bir yilda 28 million dollar ishlab topgan rossiyalik 7 yoshli Nastya Razdinskaya dunyodagi eng ko‘p to‘lanadigan YouTube blogerlar o‘ntaligiga kirdi

     

    26.01.2022, 22:53   Izoh (0)   28767
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    UzAuto Motors 2021-yilda ishlab chiqarish hajmini qisqartirdi. Nima uchun unday bo‘ldi? Ahvol qachon o‘zgaradi?

    26.01.2022, 21:05

    Alisher Usmonovga aloqador bo‘lgan kompaniya “Ohangaronsement”ni sotib oldi

    26.01.2022, 09:58

    Asia Alliance Bank’ning asosiy egasi o‘zgardi

    25.01.2022, 12:55

    Interaktiv xarita: oxirgi yillarda Toshkentdagi yirik davlat aktivlar kimga va qanchaga sotildi?

    12.01.2022, 22:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Sistit — bu uyat emas!


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Ukrainaga urushni 2 xil yo‘l bilan to‘xtatishni taklif qildi

    Dunyo | 3 iyun, 14:00

    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta

    Reklama | 3 iyun, 12:45

    “Yashil makon”ga ajaratiladigan pullar har bir tiyini sarflanishini kuzatish imkoni yaratiladi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 13:45

    Lamin Yamal “Real”ning yangi futbolchisi bilan hazillashdi: “Bu mening yangi o‘yinchog‘im”

    Sport | 3 iyun, 13:44

    “Ota-onalik — bolaligingda yoningda ko‘rishni istagan katta odam bo‘lish imkoniyatidir”. Milliarderlar farzandlarini qanday tarbiylaydi?

    Layfstayl | 3 iyun, 13:28

    Tanada tuz miqdori oshib ketganining 5 ta yashirin belgisi

    Salomatlik | 3 iyun, 13:20

    Umri ayanchli yakunlangan mashhur fotografning O‘zbekiston haqidagi fotolari

    O‘zbekiston | 3 iyun, 13:17

    iPhone narxi AQSHda ishlab chiqarilsa, 3500 dollarga oshishi mumkin — CNN

    Dunyo | 3 iyun, 13:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.