• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Biznes

    UzAuto Motors 2021-yilda ishlab chiqarish hajmini qisqartirdi. Nima uchun unday bo‘ldi? Ahvol qachon o‘zgaradi?

    Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarga ko‘ra, UzAuto Motors 2021-yilda birgina Labo modelining ishlab chiqarilishini sezilarli darajada oshirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ishlab chiqarilishi eng sezilarli darajada (57 foizga) pasayib ketgan Spark bo‘ldi. 2020-yili bu modeldagi jami 23 mingta avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2021-yili bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 9,9 mingtani tashkil qildi.

    Nexia ishlab chiqarilishi ikki barobarga, ya’ni 2020-yili 66,4 mingtadan 2021-yili 31,4 mingtaga pasaydi.

    Cobalt ishlab chiqarilishi 11 foizga qisqartirildi – o‘tgan yili kompaniya 71 mingta avtomobil ishlab chiqargan bo‘lsa, undan bir yil avval ushbu ko‘rsatkich 79,9 mingtani tashkil qilgan edi.

    Gentra va Damas’ning ishlab chiqarilishi sezilarli bo‘lmagan – 2 va 6,5 foizni ko‘rsatdi. Labo ishlab chiqarilishi kuchli darajada – 91,8 foizga o‘sgan yagona model bo‘lib qoldi.

    Ishlab chiqarish nima uchun pasaymoqda?

    Asosiy sabab – butun jahonda bir necha yillardan buyon davom etib kelayotgan mikrosxemalar yetishmovchiligida.

    Chiplar ta’minotidagi uzilishlar sabab bir qator avtokorxonalar faoliyati to‘xtatilib, natijada mikroprotsessorlar xaridi 2020-yilning boshidayoq maksimal darajada qisqargan edi.

    Yetishmovchilik tufayli yarimo‘tkazgichlarni sotib olishda sezilarli darajadagi qator navbatlar yuzaga keldi. Ushbu navbatlar oxirida GM, Ford, Fiat Chrysler, Volkswagen, Renault, Subaru, Nissan, Honda va Mazda avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalar turardi.

    Ko‘plab yirik avtokorxonalar milliardlab dollarlik ziyon ko‘rdi. GM kompaniyasi Amerikadagi ikkita fabrikasini yopishga ham ulgurdi, Koreyadagi ishlab chiqarish hajmini qisqartirdi va natijada taxmin qilinayotgan daromad hajmini pasaytirdi.

    Tanqislik qanday yuzaga keldi?

    Mikrosxemalar tanqisligi qator sabablar oqibatida yuzaga kelib, ular orasida masofadan turib ishlashning ommalashuvi hamda kompyuter va noutbuklarga bo‘lgan talabning oshib ketishi natijasida mikroprotsessorlarga bo‘lgan talabning ortib borishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

    Shunga qaramay, ishlab chiqarishning pasayishidan so‘ng yilning ikkinchi yarmida avtosanoat kutilganidan ham tezroq tiklana boshladi.

    Bundan tashqari, avtomobillar uchun foydalaniladigan chiplar, ayniqsa, zamonaviy texnologiyalarning takomillashuvi bilan tobora ko‘proq talab qilinayotgan chiplar smartfonlar va shunga o‘xshash boshqa gadjetlar uchun qo‘llaniladigan chiplarga qaraganda anchayin murakkab va maxsus ishlab chiqariladi.

    Ularni ishlab chiqarishning o‘ta murakkablashgan jarayoni, pandemiya vaqtida texnikalarga bo‘lgan yuqori talab davriga to‘g‘ri keldi, oxir-oqibatda esa, butun ishlab chiqarish va yarimo‘tkazgichlar ta’minoti zanjirining beqarorligida aks etdi.

    Tanqislik UzAuto Motors’ga qanday ta’sir o‘tkazadi?

    Dunyoda jami oltita chip ishlab chiqaruvchi korxona mavjud bo‘lib, ularning eng yirigi TSMS va UMC Tayvanda joylashgan. Ushbu chiplardan boshqa kompaniyalar esa mikrokontrollerlarni (MCU) ishlab chiqaradi.

    UzAuto Motors har bir avtomobilda yarimo‘tkazgichlarni qo‘llovchi 100—300 butlovchi qismlarni hisobga oladi. Yarimo‘tkazgichlar spidometrlarda, magnitolalarda, shuningdek, navigatsiya tizimlari va boshqalarda foydalaniladi.

    Rasm: UzAuto Motors

    Rasm: UzAuto Motors

    Continental Automotive, Renesas, Allegro, Bosch, Infineon, Murata JP, NSC, KEC CN, Swindon kabi kompaniyalar UzAuto Motors’ga mikrokontrollerlarni yetkazib beruvchi asosiy ta’minotchilardir.

    Har hafta GM avtomobil korxonalari yarimo‘tkazgichlarni jahon miqyosida taqsimlab chiqadi. Jarayon to‘rtta bosqichga bo‘linadi – ishlab chiqaruvchidan taqsimlovchi shtabga, ulardan ta’minotchilarga, keyin esa avtomobil korxonalariga.

    Masalan, Cobalt uchun avtomobil qismlari Meksikadan, Nexia, Lacetti, Spark uchun Janubiy Koreyadan va hokazo.

    67 ta butlovchi qismlar uchun jami 38 ta ta’minotchi hisobga olinadi.

    Rasm: UzAuto Motors

    Rasm: UzAuto Motors

    Boshqa ishlab chiqaruvchilar kabi UzAuto Motors kompaniyasi ham avtomobillarni qisqartirilgan butlovchi qismlarda ishlab chiqarishni taklif qilgan holda, og‘ir vaziyatdan chiqish yo‘lini izlamoqda.

    Misol uchun, yaqinda kompaniya Cobalt va Lacetti modellarini vaqtincha magnitolasiz ishlab chiqarish haqida e’lon qilgan edi.

    Ularni ishlab chiqaruvchi Janubiy Koreyaning Humax Automotive kompaniyasi mikrochiplar tanqisligiga duch kelib, ishlab chiqarishni noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘ydi. Korxona UzAuto Motors uchun GM tomonidan sertifikatlangan yagona magnitola ta’minotchisi hisoblanadi.

    20-dekabrdan 1-fevralgacha avtokorxona Nexia, Spark, Cobalt va Lacetti avtomobillari ta’minoti bo‘yicha yangi buyurtmalarni qabul qilmaydi. Ushbu davr mobaynida korxona navbatda turgan buyurtmalar bo‘yicha mashinalar ishlab chiqarishga o‘z e’tiborini qaratadi.

    Avvalroq UzAuto Motors Captiva 5 ta’minoti bo‘yicha shartnoma imzolanishini to‘xtatgan edi. Mijozlarning ma’lum qismi shartnomalarni boshqa modellar bo‘yicha imzolash taklifidan foydalangan bo‘lsa, ularning ma’lum qismiga pullar qaytarib berilgan edi.

    Davom etib kelayotgan mikrosxemalar tanqisligidan tashqari, ta’minotlar portlar va temiryo‘llardagi logistik muammolar tufayli qisqargan. Yuk ortilgan konteynerlar 6 oygacha muddatga kechikib kelmoqda.

    Keyin nima bo‘ladi?

    2022-yil uchun yarimo‘tkazgichlar sohasidagi istiqbolli vazifalar haqidagi Deloitte hisobotida aytilishicha, chiplar tanqisligi davom etadi, ammo u o‘tgan yilgi kabi jiddiy tus olmaydi. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, tanqislik yilning ikkinchi yarmida kamayishi kutilmoqda.

    Biroq ishlab chiqarish hozircha qisqarib bormoqda, ko‘plab yangi korxonalar esa 2023-yildagina faoliyatni boshlaydi.

    Deloitte’da ta’kidlanishicha, ikkinchi yarim yillikda vaziyat faqat ba’zi sohalar uchun barqarorlashishi mumkin.

    Qolgan barcha sohalarda esa vaziyat 2023-yilga kelib, buyurtmaning bajarilish muddati uzoqroq bo‘lgan tarkibiy qismlar uchun esa 2023-yilda yaxshilanadi.

    26.01.2022, 21:05   Izoh (0)   1000
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Alisher Usmonovga aloqador bo‘lgan kompaniya “Ohangaronsement”ni sotib oldi

    26.01.2022, 09:58

    Asia Alliance Bank’ning asosiy egasi o‘zgardi

    25.01.2022, 12:55

    Interaktiv xarita: oxirgi yillarda Toshkentdagi yirik davlat aktivlar kimga va qanchaga sotildi?

    12.01.2022, 22:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.