• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tramp keyingi prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa, Kapitoliyga qilingan hujum ishtirokchilarini afv etishga va’da berdi

    AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp 2024-yilda yana mamlakat prezidenti etib saylansa, Kapitoliyga bostirib kirishda ayblanganlar va tartibsizlik ishtirokchilarini afv etishini aytdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Agar saylovda qatnashsam va g‘alaba qozonsam, biz bu odamlarga adolatli munosabatda bo‘lamiz. Afv qilishga to‘g‘ri kelsa, ularni kechiramiz, chunki (hozir) ularga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘lishmoqda”, — dedi Tramp Texasdagi tarafdorlari bilan uchrashuvda.

    2021-yil 6-yanvar kuni AQSh Kongressi a’zolari Donald Trampning prezidentlik saylovlarida mag‘lub bo‘lganini tasdiqlash uchun yig‘ilgan vaqtda Trampning tarafdorlari Kongressga bostirib kirgandi. Tartibsizliklar oqibatida Kapitoliyning xavfsizlik xodimi bilan birgalikda, besh kishi halok bo‘lgan.

    Bayden ushbu tartibsizliklarni davlat to‘ntarishiga urinish deb bilishini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda “guruhni tartibsizliklarga undashga, erkin va adolatli saylovlarni rad etishga hamda Amerika tarixida birinchi marta hokimiyatning tinch yo‘l bilan o‘tishiga to‘sqinlik qilishga” urinilgan.

    Hujum bo‘yicha olib borilgan keng ko‘lamli tergov davomida 700 dan ortiq odam hibsga olingan va ularga turli darajada ayblovlar qo‘yilgan.

    Mavzuga doir: Kapitoliyga uyushtirilgan hujumda jarohat olgan politsiyachilar Trampni sudga berdi

    Tramp, shuningdek, 2022-yilda Pekinda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlaridan keyin Xitoy va Tayvan o‘rtasida ma’lum o‘zgarishlar bo‘lishidan ogohlantirdi. U prezident Jo Bayden ma’muriyatini Xitoy bilan munosabat o‘rnatishda qobilyatsizlikda aybladi.

    “Keling, Olimpiya o‘yinlaridan keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz, men yaxshi bashoratchiman, o‘yinlardan keyin Tayvan va Xitoy bilan nimalar yuz berishini ko‘raylikchi?”, — dedi Tramp.

    Shuningdek, Tramp Kongress respublikachilar nazoratiga qaytgan zahoti AQSh prezidenti Jo Bayden ustidan korrupsiyaga qarshi tergov boshlash bilan tahdid qildi.

    “Ishonchingiz komil bo‘lsin, respublikachilar Kongressda g‘alaba qozonsa, Baydenning korrupsiyasi Kongress tomonidan tekshiriladi va fosh qilinadi. Baydenlarning Xitoydan olgan millionlab dollarlari, shuningdek, Jo nega (Xitoy) Kommunistik partiyasini bizda va butun dunyoda tarqalgan virus uchun javobgarlikka tortishdan bosh tortganini tushuntirib beradi”, — dedi sobiq prezident.

    Mavzuga doir: Donald Tramp uch oy ichida ilk bor jamoatchilik oldida nutq so‘zladi. U koronavirus pandemiyasi uchun Xitoy dunyoga 10 trln dollar to‘lashi kerakligini aytdi

    Bundan tashqari Trampning aytishicha, AQShning hozirgi ma’muriyati o‘z chegaralarini himoya qilish o‘rniga Ukrainani himoya qilishga haddan tashqari ko‘p e’tibor qaratmoqda.

    “Vashingtonda hamma Ukraina chegarasini qanday himoyalash haqida o‘ylayapti, ammo biz uchun dunyodagi eng muhim chegara — bu Ukraina chegarasi emas, Amerika chegarasi. Bu borada esa hech narsa qilmayapmiz, kimligi haqida ma’lumotimiz bo‘lmagan odamlarga mamlakatimizga kirish uchun ruxsat beryapmiz”, — dedi sobiq prezident.

    Tramp, 2021-yil yanvaridagi voqealarga qaramay, Respublikachilar partiyasida juda mashhurligicha qolmoqda. Kuzatuvchilar u 2024-yilda yana AQSh prezidenti bo‘lishga urinib ko‘rishi mumkinligini istisno qilmayapti. O‘z navbatida, Bayden ham sog‘lig‘ida jiddiy muammolar bo‘lmasa, 2024-yilda qayta saylanishga harakat qilishini aytgan.

    Mavzuga doir: Tramp prezidentlik davri haqida kitob chop etmoqchi

     

    31.01.2022, 08:01   Izoh (0)   13989
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kongoda BMT xodimlarini o‘ldirishda ayblangan 51 kishi o‘limga hukm qilindi

    31.01.2022, 07:00

    Italiya prezidenti Serjo Mattarella ikkinchi muddatga saylandi

    30.01.2022, 23:41

    Meksika va Boliviyada avtobuslar ag‘darilib ketdi: o‘nlab qurbonlar bor

    30.01.2022, 23:12

    Isroil prezidenti tarixda birinchi marta BAAga tashrif buyurdi

    30.01.2022, 18:47

    Ukraina razvedkasining maxfiy materiallari Kiyevdan boshqa joyga ko‘chirildi — WP

    30.01.2022, 17:48

    Kanada bosh vaziri norozilik namoyishlari sabab poytaxtdagi qarorgohini tark etdi

    30.01.2022, 16:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Filmlarda boshqa kino yulduzlarini gavdalantirgan zamonaviy aktrisalar

    Layfstayl | 25 iyun, 09:58

    Xitoyda pora olgan amaldor o‘limga hukm qilindi

    Dunyo | 25 iyun, 09:53

    Jaziramada yoqimsiz hidlardan qutulishga yordam beradigan 7 ta layfhak

    Layfstayl | 25 iyun, 09:47

    “Eronga qarshi urush hali tugamagan” — isroillik general

    Dunyo | 25 iyun, 09:32

    Isroil hujumida 80 dan ortiq g‘azolik halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 25 iyun, 08:40

    O‘zbekistonliklar qurilish, logistika, tibbiy xizmatlar bo‘yicha Shvetsiyaga ishga yuboriladi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 08:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.