Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp davlat rahbari sifatidagi to‘rt yillik faoliyati haqida memuar kitob nashr etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u Newsmax telekanaliga bergan intervyusida gapirib o‘tdi.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Ha, men ularni yozyapman. Mana ko‘rasiz — bu juda kuchli bitik” — dedi u.

Oq uy sobiq rahbarining so‘zlariga ko‘ra, uning bo‘lajak kitobi allaqachon “nashriyotlarda katta qiziqish uyg‘otgan”.

Tramp kitobda qaysi mavzularga to‘xtalib o‘tishini ochiqlamadi.

Avvalroq u birinchi kitobi “Rojdestvo xaridlari mavsumi”gacha nashr etilishini e’lon qilgandi. Keyin u bo‘lajak kitobini “barcha vatanparvarlar o‘qishi shart” deb ta’rifladi. Fotosuratlar bilan boyitilishi rejalashtirilgan kitobning dastlabki nomi — “Birgalikdagi sayohatimiz”.

Eslatib o‘tamiz, oktabr boshida Forbes AQShning eng badavlat insonlari ro‘yxatini e’lon qilgan va Tramp 25 yil ichida birinchi bor unga kiritilmagan edi. Uning reytingga kirishi uchun 400 million dollar yetmagan. Tahlilchilarning baholashicha, sobiq prezidentning boyligi 2,5 milliard dollarni tashkil etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?