Toshkent viloyati Qibray tumanda dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan yer maydonini sotgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan. Unda T.X. va boshqalar Qibray tumanida Q. fermer xo‘jaligining ijara asosida foydalanib kelayotgan yerning T.X.ga tegishli 30 sotix yer maydonini beton to‘siqlar bilan o‘rab, hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan fuqaro S.ga sotib, davlat va jamiyat manfaatlariga 336,7 million so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga doir:
- Samarqandda o‘rmon xo‘jaligiga tegishli 4 gektar yerni 30 ming dollarga sotishga uringan advokat ushlandi
- Buxoroda pora evaziga 50 gektar yer olib berishni va’da qilgan hokimlik bosh mutaxassisi ushlandi
- Samarqandda 0,25 gektar yerni 24 ming dollarga sotishga uringan Kadastr agentligi xodimi va uning sherigi qo‘lga olindi
Izoh (0)