2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston doimiy aholisining 57,6 foizi mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar hisoblanadi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Shuningdek, mamlakat doimiy aholisining 31,2 foizini — mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar hamda 11,2 foizini mehnatga layoqatli yoshdan kattalar tashkil etadi.
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 35 271 276 kishini tashkil etgan. Shundan 17,5 million nafari ayollar, 17,7 million nafari erkaklar hisoblanadi. Respublikaning doimiy aholisi so‘nggi 30 yil ichida 13,9 million kishiga oshgan.
Avvalroq O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 30 yil ichida qanchaga o‘sgani ma’lum qilingandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1991-yilda mamlakatning doimiy aholisi soni 20,6 million kishini tashkil etgan.
Izoh (0)