• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Buyuklikka sabab bo‘lgan choy. AQShning dunyodagi eng qudratli davlatga aylanish yo‘lini boshlab bergan “Boston choyxo‘rligi”

    AQSh uzoq yillar avval jahonning eng qudratli davlatlaridan biriga aylanish yo‘lini boshqalarga qaraganda tezroq bosib o‘tdi. 1492-yili Xristofor Kolumb kashf etgan, keyingi yuz yillikda Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylangan Amerika kun kelib jahonning eng yetakchi davlati bo‘lishiga hech kim ishonmasdi, hatto amerikaliklarning o‘zi ham. Bu buyuklik yo‘lini ko‘rsatgan, amerikaliklarni ozodlik va rivojlanish yo‘li tomon undagan voqea — “Boston choyxo‘rligi” edi. “Daryo” qanday qilib oddiy choy AQSh davlatiga tamal toshi qo‘ygani haqida hikoya qiladi.

    Monopoliya — hammasiga sababchi va barcha uchun yoqimsiz so‘z

    XVIII asrga kelib Amerikadagi Buyuk Britaniya koloniyalari va markaziy hukumat o‘rtasida nizolar paydo bo‘la boshlaydi. Bunga sabab ingliz qirolligining mustamlaka o‘lkalar ustiga solayotgan yangi soliq va savdodagi cheklovlari edi. Amerikalik kolonistlar(Amerikaga ko‘chib kelgan yevropaliklar) Britaniya hukumatining ularga solayotgan yangi soliqlarini Fransiya va hindular bilan olib borayotgan urushi xarajatlarini amerikaliklar hisobidan qoplash deb hisoblaydi.

    Amerikalik kolonistlar Buyuk Britaniya parlamentida ularga joy berilmaganidan norozi edi. Mustamlaka yurtlardagi yevropalik aholi ingliz parlamentining yangi soliqlarini “vakilliksiz soliqqa tortish” deb baholaydi. Parlamentda koloniyalar vakillarisiz yangi soliqlar joriy etish noqonuniy ekani ta’kidlanadi. O‘z navbatida Buyuk Britaniya hukumati ham urush aynan koloniyalar nomidan olib borilayotgani uchun ular ko‘proq soliq to‘lashi kerak degan fikrda edi.

    1767-yili Buyuk Britaniya parlamenti mustamlakalarda qog‘oz, bo‘yoq, qo‘rg‘oshin, choy va boshqa bir qator mahsulotlarga nisbatan soliqlar joriy etuvchi Taundshend qonunini qabul qiladi. Bu esa mustamlakalardagi norozilikni kuchaytiradi. Oradan biroz vaqt o‘tib, qirol Jorj III bu qonunni bekor qiladi. Ammo britan hukumati negadir bir mahsulot — choy uchun soliqni bekor qilmaydi.

    Foto: History

    Choy bu paytda ancha ommalashgan mahsulot bo‘lib, Amerikadagi Britaniya koloniyalari 1773-yilning o‘zida 1,2 million funtlik choyni import qilgandi. Ingliz hukumati yuqori daromad keltiruvchi bu soliqni bekor qilishni xohlamaydi.

    Butun Buyuk Britaniya imperiyasidagi choy savdosi monopoliyasi 1600-yilda tuzilib, aksiyadorlari ichida mamlakatning ko‘pgina baobro‘ kishilari bo‘lgan Ost-Indiya kompaniyasiga berilgan edi. Kompaniya Xitoydan olib keluvchi choyni faqatgina Britaniya oroliga yetkazishi va shu yerda mustamlakalardagi savdogarlarga ulgurji narxda sotishi kerak edi. Hukumat bunda ham kompaniyadan, ham savdogarlardan soliq olardi. Natijada, mustamlakalarga choy ancha qimmat narxda yetib borardi.

    Choy solig‘ining bekor qilinmasligiga javoban amerikaliklar Ost-Indiya choyini boykot qilib, ancha arzonroq bo‘lgan Gollandiya choyini kontrabanda yo‘li bilan import qila boshlaydi. XVIII asrning 70-yillarida Amerika koloniyalarida sotilgan choyning 90 foizi golland choyi hissasiga to‘g‘ri kelgan. Oxir-oqibat, Ost-Indiyaning daromadlari pasayib, Hindistonda ham ocharchilik boshlangach, kompaniya bankrotlik yoqasiga kelib qoladi.

    Britaniya hukumati “milliy” monopol kompaniyani qutqarishga urinadi va 1773-yil may oyida parlament “Choy to‘g‘risida” qonun qabul qiladi. Unga ko‘ra, Ost-Indiya kompaniyasiga choyni mustamlakalarga boj to‘lovlarisiz va arzon narxlarda sotishga ruxsat beriladi. Endilikda kompaniya choyni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mustamlakalarga sotish huquqiga ega bo‘ladi. Tez orada ingliz choyi koloniyalarda eng arzon mahsulotga aylanadi.

    Biroq amerikaliklar baribir ingliz choyini boykot qiladi. Koloniya aholisi yangi qonunning notengligidan, qonun qabul qilishda ularning vakillari ishtirok etmayotganidan norozilik bildiradi. Yangi qonun Angliya portlariga kelgan choy uchun boj to‘lovini bekor qilgan holda Amerika sohillariga kelgan choy kemalari uchun boj to‘lovlarini bekor etmagandi. Koloniya aholisi ularning vakillari ham parlamentda qatnashishini qattiq talab qiladi.

    Yangi qonundan so‘ng Ost-Indiya kompaniyasining choy yuklangan kemalari Nyu-York, Charleston, Boston va Filadelfiyaga jo‘natiladi. Bostondan tashqari barcha shahar-portlarda mahalliy koloniya hukumati choyni tushirishga ruxsat bermaydi va kemalarni ortga qaytarib yuboradi.

    Bostonga kelgan uch kemani esa koloniya aholisining qarshiligiga qaramay shtat gubernatori Tomas Hatkinson qaytarib yuborishga ruxsat bermaydi.

    Dunyodagi eng katta choyxo‘rlik

    Gubernatorning qaroridan g‘azablangan amerikaliklar Samuyel Adams boshchiligida Bostondagi Eski Janubiy Uchrashuvlar uyida yig‘ilib, choyga soliq to‘lashdan bosh tortish, uni tushirish va sotishga qarshi chiqish haqida kelishib olishadi. Samuyel Adams rahbarligida kolonistlarning “Ozodlik o‘g‘illari” tashkiloti tuziladi.

    1773-yil 16-dekabr tunida hindularning moxoka qabilasi kabi kiyingan “Ozodlik o‘g‘illari” tashkiloti a’zolari choy yuklangan kemalarga yashirincha chiqib oladi. Samuyel Adams buyrug‘idan so‘ng ular uchta kemadagi uch yuz qirq ikkita choy solingan qutilarni dengizga uloqtiradi. “Choyxo‘rlar”ni Buyuk Britaniya harbiy kemalari payqab qoladi, ammo hech qanday qarshilik chorasi qo‘llamaydi. Hammasi qon to‘kishlarsiz va kuch ishlatilmasdan yakun topadi. Boykot ishtirokchilari ketishlaridan oldin, hatto kema palubalarini ham tozalab ketishadi.

    Foto: History

    Choyxo‘rlik davomida umumiy 45 tonnadan ko‘proq choy suvga g‘arq bo‘ladi. Ularning bahosi bugungi kunda deyarli bir million dollarga teng keladi.

    Tarixga “Boston choyxo‘rligi” nomi bilan kirgan ushbu voqea amerikalik kolonistlarning Buyuk Britaniyaga qarshi ochiqdan-ochiq norozilik harakati edi. Norozilik aksiyasi koloniya aholisi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va ingliz choyining boykot qilinishi tarixdagi eng katta qarshilik harakatlaridan biri bo‘lib qoladi.

    Ozodlik urushi cho‘g‘ining alangalanishi

    Hech qanday zo‘ravonlik va kuch ishlatilmaganiga qaramay, “Boston choyxo‘rligi” qirol Jorj III hamda Buyuk Britaniya parlamenti g‘azabiga sabab bo‘ladi. Boykotga javob sifatida parlament “Majburiy harakatlar” (amerikaliklar buni “Chidab bo‘lmas harakatlar” deb atagan) qonunini qabul qiladi.

    Qonunga ko‘ra, “Boston choyxo‘rligi”da ko‘rilgan zarar qoplanmas ekan, Boston bandargohi yopib qo‘yiladi, Massachusets shtati (Boston shahri shu hududda joylashgan) konstitutsiyasi va mahalliy amaldorlar saylovi tugatiladi. Shuningdek, shtatdagi sud hokimiyati Britaniya va britan sudyalariga o‘tkaziladi, amalda Massachusetsda harbiy holat joriy qilinadi.

    Inglizlar koloniyalarda fransuz—kanada katolik cherkovi faoliyatini kengaytirish orqali protestant amerikaliklarning jig‘iga tega boshlaydi. Ingliz floti Amerikadagi koloniyalarning hamma portini chet el kemalari uchun yopib qo‘yadi.

    Massachusetsliklar bunga javoban birinchisidek ovoza bo‘lmagan esa-da, ikkinchi “Boston choyxo‘rligi”ni uyushtiradi. 1774-yil mart oyida oltmishga yaqin amerikalik “Fortune” kemasida olib kelingan 30 dan ortiq choy qutisini dengizga uloqtiradi. Ilk urinishdagidek mashhur va muhim bo‘lmagan qarshilik Nyu-York, Merilend va Janubiy Karolina shtatlaridagi choy boykotiga turtki beradi.

    Buyuk Britaniya hukumati “Majburiy harakatlar” qonuni orqali Massachusets shtatini ajratib qo‘yish, boshqa shtatlarning unga ergashmasligiga erishmoqchi edi, biroq amalda buning aksi bo‘ladi.

    1774-yil 5-sentabr kuni Jorjiyadan tashqari barcha Amerika koloniyalaridan delegatlar Filadelfiyada yig‘iladi. Carpenter’s Hall’da yig‘ilgan Birinchi Kontinental Kongress Buyuk Britaniya zulmiga ortiq chidab bo‘lmasligi, unga qarshi birgalikda qanday harakat qilish kerakligini muhokama qiladi. Birinchi Kontinental Kongressning chaqirilishi rasmiy ravishda AQSh ozodlik va inqilobiy urushining boshlanish nuqtasi hisoblanadi.

    Birinchi Kontinental Kongress

    Birinchi Kontinental Kongress
    Foto: Boston Tea Party Ships

    Kongressda ingliz tovarlariga boykot e’lon qilishga qaror beriladi. Qiroldan “Majburiy harakatlar”ni bekor qilishni so‘rab murojaat yo‘llanadi. Shuningdek, Kongress har bir shtatni o‘z militsiyasini tuzish va kuchaytirishga chaqiradi.

    Buyuk Britaniya parlamenti va qirol Amerikadagi koloniyalar murojaatiga e’tibor bermaydi.

    Urush 1775-yil 19-aprelda boshlanadi. Bostondagi qirollik armiyasi va shtat militsiyasi to‘qnashuvidan so‘ng Massachusets ingliz qo‘shini tomonidan blokada qilinadi. Iyun oyida chaqirilgan Ikkinchi Kontinental Kongress Jorj Vashingtonni tuzilajak kontinental armiya qo‘mondoni etib tayinlaydi va unga Bostonni ozod qilish haqida topshiriq beradi. Shu tariqa, Amerika Qo‘shma Shtatlari davlati paydo bo‘lishiga olib kelgan va uni sanoat davlatiga aylantirgan Ozodlik urushi boshlanadi.

    24.01.2022, 13:08   Izoh (0)   46431
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda joniga qasd qilish uchun o‘zini kanalga tashlagan fuqaroni ichki ishlar xodimi qutqardi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 23:06

    Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan, “OKMK” esa “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 14 iyun, 22:18

    Aktrisa Fotima Rejametova o‘zini osib qo‘ygan qo‘shnisi yuzasidan murojaat bilan chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 22:02

    Ombudsman Toshkentdagi hibsxonada ayol uzoq vaqtdan beri saqlanayotganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:50

    50 daqiqalik suhbat: Putin va Tramp Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qildi

    Dunyo | 14 iyun, 21:20

    ChatGPT’dan diniy savollarga javob olish joizmi? Musulmonlar idorasi javob berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:18

    Tailand va Kamboja chegara mojarosini hal qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi

    Dunyo | 14 iyun, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.