“O‘zgidromet” 22-yanvar, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin), tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 12-15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-4 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq atrofida bo‘ladi
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, shimolda va cho‘l hududlarda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 1-6 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq atrofida, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet”22-yanvar kuni Kaspiy dengizidan biroz nam va nisbatan sovuq havo massasi kirib kelishini ma’lum qilgandi. O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 28-yanvargacha qor ko‘chish xavfi mavjud.
Izoh (0)