• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti Ryanair’ning Minskga favqulodda qo‘ndirilishi bo‘yicha hisobot tayyorladi. Unda Belarus hukumatining ko‘rsatmalarida asossiz ma’lumotlar borligi qayd etilgan

    Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) Ryanair aviakompaniyasining 2021-yil may oyida Minsk aeroportiga favqulodda qo‘ndirilganligi yuzasidan surishtiruv hisobotini tayyorladi. 17-yanvar kuni hujjat ICAO’ga a’zo 193 ta mamlakatga yuborilgan. Bu haqda Meduza xabar berdi.

    Ryanair 2021-yil 23-mayda Minsk aeroportiga favqulodda qo‘ndirilgandi.

    Ryanair 2021-yil 23-mayda Minsk aeroportiga favqulodda qo‘ndirilgandi.
    Foto: Reuters

    Hisobotda hodisaning texnik tafsilotlari, xususan, “ekspluatatsion tafsilotlar va qabul qilingan chora-tadbirlarning tahlili” aks etgan. 31-yanvarda ICAO hisobotni muhokama qiladi va keyinchalik qanday ishlarni amalga oshirish borasida bir qarorga keladi.

    Hisobotning bir nusxasiga ega “Novaya gazeta” nashri ICAO tergov guruhining Belarus hukumati tomonidan samolyotning favqulodda qo‘ndirilishiga sabab bo‘lgan anonim xat haqidagi ko‘rsatmalarda asoslanmagan ma’lumotlar borligini aniqlagan. Maktubda Ryanair reysining minalashtirilgani xabar qilingan.

    Portlash xavfi mavjudligi haqidagi elektron xat Minsk aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 12:56da kelib tushgan va bu vaqtda samolyotni favqulodda qo‘ndirish ishlari allaqachon boshlangandi. Biroq Minsk xalqaro tashkilotga maktubning soat 12:25 da kelib tushganligi haqidagi skrinshotni taqdim etgan. Skrinshot bilan real metama’lumotlarni tekshirishning imkoni yo‘q, deya qayd etilgan ICAO hisobotida.

    Tashkilot bergan ma’lumotlarga ko‘ra jami oltita maktub hammasi deyarli bir xil tahdidlar bilan Vilnyus, Minsk, Sofiya, Buxarest, Kiyev va Afina aeroportlariga yuborilgan. Ukraina va Gretsiya poytaxtlariga mazkur anonim meyl xabarnoma yetib ham bormagan. Litvadagi Riga aeroporti rasmiylari yakshanba kuni pochtani tekshirmaganliklar uchun ushbu xatni voqeaning ertasiga, 24-may, dushanba kuni ko‘rishgan. Samolyotning qo‘ndirilishini boshqargan Belarus dispetcheri Ryanair ekipajiga soat taxminan 12:30 larda turli aeroportlarga yuborilgan elektron xatlar haqida gapirgan. Uning bu haqda qayerdan bilgani noma’lumligicha qolmoqda.

    “Novaya gazeta”ning yozishicha ICAO hisobotida Minsk aeroportining bir nechta aviajarayonlar standartlariga rioya qilmagani keltirib o‘tilgan. Masalan, samolyot portlash xavfi ostida qolganida ekipaj va yo‘lovchilar xavfsizlik qoidalariga ko‘ra bortdan tezkorlik bilan chiqishlari lozim. Ammo Ryanair ekipaji bayonoti bo‘yicha samolyot yerga qo‘ngach, Minsk aeroporti rasmiylari uchuvchilar va boshqa bort a’zolaridan tintuv vaqtida ichkarida qolishni talab qildi. Shuningdek, Belarus maxsus xizmatlari bortda bomba borligi haqidagi xabarga qaramay aeroportda aksilterrorchilik operatsiyasi tartibini joriy qilmagan, deyilgan hisobotda.

    Belarus prezidentligiga sobiq nomzod, muxolifat yetakchisi Svetlana Tixanovskayaning maslahatchisi Franak Vyachorka “Dojd” telekanaliga bergan intervyusida ICAO hisobotida voqea-hodisalarning texnik tafsilotlari xronologiyasini keltirishi, hodisa aybdorlarini jazoga tortmasligi va ularga qo‘shimcha tavsiyalar bermasligi haqida gapirgan. Uning aytishicha, hisobotdagi ma’lumotlarning aksar qismi avval maxfiy hisoblangan, biroq bu amalda hech narsani o‘zgartirmaydi.

    “31-yanvarda hammasi batafsil muhokama qilinishiga va tergov yana davom etishiga umid qilamiz. Shuningdek, biz siyosiy qaror qabul qila oladigan boshqa instansiyalar, mazkur hisobotga xalqaro sudlar yuristlari ham e’tibor qaratishi hamda Lukashenko rejimiga qarshi surishtiruv boshlashiga qiziqish bildirishidan umidvormiz. Aynan shu hisobot bu kabi surishtiruv harakatlariga asos bo‘lib xizmat qiladi”, — degan u.

    Hisobotda ICAO samolyot zo‘ravonlik bilan egallangani, kuch ishlatib, tahdid vositasida qo‘ndirilgani yoki MiG-29 samolyotidan aloqaga chiqib yo‘nalish o‘zgartirilgani haqida axborot bermagan, deydi mamlakat transport vazirligi aviatsiya departamenti rahbari Artyom Sikorskiy.

    “Ekipaj kabinasidagi muzokaralar yozuvida Minsk qaroriga bo‘ysunish to‘g‘risida xulosa qilingani haqida gap-so‘zlar yo‘q, lekin samolyot Minsk aeroportida turgan vaqtida ekipaj avtomatik yozib olish funksiyasini o‘chirib qo‘ymagan”, — deya uning so‘zlarini keltiradi “ONT” telekanali.

    Eslatib o‘tamiz, 23-may kuni Belarus hukumati Ryanair aviakompaniyasining Afinadan Vilnyusga uchayotgan samolyotini bortda bomba bor degan xabar bilan shoshilinch ravishda Minskka qo‘nishga majbur qilgandi. Samolyot yo‘lovchilari orasida Roman Protasevich ham bor edi. Protasevich va uning sevgilisi — Rossiya fuqarosi Sofya Sapega aeroportda qo‘lga olingan. Belarusda “Nexta” sobiq bosh muharriri tartibsizliklar uyushtirganlikda ayblangan.

    25-iyunga qadar Protasevich va Sapega qamoqda edi, ammo keyin ular tergov bilan kelishuvga erishib uy qamog‘iga o‘tkazildi. 8-dekabr kuni Sapegaga ijtimoiy adovat va nifoq qo‘zg‘atish, axborot xavfsizligiga qarshi jinoyat, shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlash qoidalarini buzish va huquq-tartibot organlari xodimlariga tahdid qilish moddalari bo‘yicha yakuniy ayblov qo‘yildi.

    Audioyozuv e’lon qilinishidan oldin The New York Times manbalariga tayanib, bergan xabariga ko‘ra, samolyotni Minskka favqulodda qo‘ndirgan dispetcher buni Belarus maxsus xizmati tomonidan uyushtirilgan operatsiya deb aytgan.

    Keyinchalik Belarus Tergov qo‘mitasi Minskka majburiy qo‘ndirilgan Rynair samolyotining uchuvchisi va dispetcher o‘rtasidagi suhbat audioyozuvini montaj deb atagan.

    19.01.2022, 17:21   Izoh (0)   16852
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Madagaskarda suv toshqinlari tufayli 10 kishi halok bo‘ldi (foto)

    19.01.2022, 17:06

    Litva rossiyalik harbiylarning Belarusga kelishini to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid sifatida baholadi

    19.01.2022, 16:22

    Chexiyada karantin qoidalarini buzgan fuqaro uch yilga qamalishi mumkin

    19.01.2022, 15:20

    WSJ: AQSh Ukrainadagi “rossiyaparast ayirmachilar”ga qarshi moliyaviy sanksiyalar tayyorlamoqda

    19.01.2022, 14:50

    Angela Merkelga BMTda ishlash taklif etildi

    19.01.2022, 13:59

    Rossiya Qozog‘istondan tinchlikparvar kuchlarini olib chiqishni yakunladi

    19.01.2022, 13:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.