• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga Fransiya bilan hamkorlikda 100 mln yevro ajratildi

    “Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori imzolandi, deb xabar beradi Norma.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Unga ko‘ra, 2021-yil 28-iyunda O‘zbekiston va Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) o‘rtasida imzolangan bitimga asosan “Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish” loyihasini moliyalashtirish uchun 100 million yevro miqdorida qarz ajratish nazarda tutilgan. Loyihani amalga oshirish muddati — 5 yil (2022—2026-yillar).

    Loyihaning umumiy qiymati 147,07 million yevro ekvivalentida bo‘lib, shundan:

    • 100 million yevro — FTA’ning qarzi;
    • 29,96 million yevro — Loyiha ishtirokchilari (benefitsiarlar)ning ulushi;
    • 17,1 million yevro (shu jumladan soliq va bojxona to‘lovlari shaklida mablag‘lar) — O‘zbekistonning ulushi.
    Bojxona kodeksiga asosan O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) hisobidan yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar bojxona bojidan ozod qilingan.

    Belgilanishicha:

    • Loyihani amalga oshirish doirasida FTA qarzi hisobidan xarid qilinadigan tovarlarni (ish, xizmatlarni) va maxsus transport vositalarini olib kirishda (sotib olishda) QQS tovarlarni (ish, xizmatlarni) olib kiruvchilar (import qiluvchilar, xizmatlarni sotib oluvchilar) tomonidan to‘lanadi;
    • ushbu bojxona boji imtiyozlari natijasida bo‘shagan mablag‘lar hamda tovarlarni olib keluvchilar tomonidan to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi O‘zbekistonning loyihani amalga oshirishdagi ulushi deb hisoblanadi.
    Loyiha dastlab Qoraqalpog‘istonda, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Buxoro viloyatlarida amalga oshiriladi. Loyiha doirasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar 50 foizdan ziyod moliyalashtirilgandan so‘ng, respublikaning barcha viloyatlarida amalga oshiriladi.

    Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi loyihaning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi, uning muvofiqlashtirilishi va boshqarilishi, shuningdek, loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobot yuritilishi uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.

    Kredit liniyasini boshqarish, FTA’ning qarzi o‘z vaqtida o‘zlashtirilishi va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, shuningdek, subloyihalarni amalga oshirish bo‘yicha monitoring va hisobotni yuritish funksiyalari Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklariga yuklanadi.

    Qarz bitimi doirasida yuzaga kelgan barcha to‘lovlar loyihada ishtirok etuvchi banklar bilan qayta kreditlash bitimlari imzolangunga qadar davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi va qayta kreditlash bitimlari imzolanganidan so‘ng Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan ularga ajratilgan mablag‘lar miqdoriga mutanosib ravishda O‘zbekistonning respublika byudjetiga qaytariladi.

    Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:

    • “Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
    • loyiha doirasida Fransiya taraqqiyot agentligining qarzini so‘ndirish, foiz va komissiya to‘lovlarini amalga oshirishning prognoz jadvali;
    • “Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”.
    Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2022-yil 14-yanvardan kuchga kirgan.

    Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Tashqi savdo siyosati va xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda ishtirok etish masalalari bo‘yicha Idoralararo komissiyasining qaroriga muvofiq, 2021-yil 15-dekabrdan 6 oy muddatga tirik qoramol eksportiga taqiq joriy qilingandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyati chorva hayvonlarini import qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga turli iqtisodiy muammolar va kutilmagan zararlar oldini olish maqsadida tavsiyalar e’lon qilgan edi.

    Mavzuga doir:

    • “O‘zbekistonda uy sharoitida o‘n boshdan ortiq qoramol boqilsagina foyda keltirishi mumkin” — Veterinariya qo‘mitasining germaniyalik konsultanti
    • O‘zbekistonda qancha hayvon “pasport”li bo‘lgani aytildi

    18.01.2022, 22:12   Izoh (0)   35904
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Urganch xalqaro aeroporti noqulay ob-havo sabab yopildi

    18.01.2022, 22:00

    COVAX O‘zbekistonga 2022-yilning birinchi choragida 11 mln doza vaksina taqdim etadi

    18.01.2022, 21:11

    Navoiyda akasini ketmon bilan urib o‘ldirib qo‘ygan uka 5 yilga qamaldi

    18.01.2022, 20:55

    Samarqandda “Bolaga o‘z haqqingni talab qil deyish kerak emas” degan viloyat XTB bo‘lim boshlig‘i ishdan bo‘shatildi

    18.01.2022, 20:39

    Istanbuldan Urganchga kelayotgan reys noqulay ob-havo tufayli Toshkentga yo‘naltirildi

    18.01.2022, 20:24

    Andijonda “Hizb ut-Tahrir” g‘oyalari bo‘yicha saboq olayotgan 12 nafar ayol qo‘lga olindi

    18.01.2022, 19:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.