• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekistonning KXShTga a’zoligini tiklash huquqiy nuqtayi nazardan noto‘g‘ri bo‘ladi” — Markaziy Osiyo bo‘yicha mutaxassis Oybek Sirojov

    2-yanvar kuni Qozog‘istonning Janao‘zen shahrida (Mang‘istov viloyatidagi shahar) suyultirilgan gaz narxining ikki baravar oshishiga qarshi mitinglar boshlandi. Chiqishlar iqtisodiy va siyosiy talablar bilan butun mamlakat bo‘ylab ommaviy norozilik namoyishlariga aylanib ketdi. 4 va 5-yanvar kunlari Olmaotada namoyishchilarning xavfsizlik xodimlari bilan to‘qnashuvi kuzatildi. 6-yanvarda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) tinchlikparvar kuchlarini Qozog‘istonga jo‘natdi. 7-yanvarda To‘qayev Qozog‘istonda konstitutsiyaviy tartib tiklanganini e’lon qildi va mamlakat bo‘ylab terrorchilik xavfining yuqori darajasi joriy etildi.

    10-yanvar kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining Qozog‘istondagi tartibsizliklarga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilishida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Qozog‘istondagi vaziyatdan, avvalo, O‘zbekiston hushyor bo‘lishi keraklini aytib o‘tdi. 11-yanvar kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev parlament majlisida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) tinchlikparvar kuchlarining Qozog‘istondagi asosiy missiyasi yakunlanganini ma’lum qildi.

    “Daryo” mazkur masalalar yuzasidan Markaziy Osiyo bo‘yicha mutaxassis, siyosiy fanlar doktori, professor Oybek Sirojov bilan suhbatlashdi.

    Oybek Sirojov

    Oybek Sirojov
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    — Qozog‘istonda yanvar oyi avvalida boshlangan jarayonlar bugunga kelib anchagina siyosiy tus oldi deyish mumkin. Mazkur voqealarning qisqacha tahlili haqida to‘xtalsangiz.

    — Mening nazarimda, Qozog‘istonda sodir bo‘lgan beqarorlikni 2 fazaga bo‘lish mumkin. Birinchi fazasi 2-yanvarda Mang‘istov viloyatida gaz narxining keskin oshishi sababli norozilik namoyishlari boshlandi. Shu kuni norozilik aksiyalari viloyatning Janao‘zen, Qurik, Oqshukur, Aqtau hududlarida bo‘lib o‘tdi. Bu namoyishlar osoyishtalik bilan o‘tdi. Ammo ikkinchi fazasida 5-yanvardan boshlab Olmaotadagi namoyishlar ommaviy tartibsizliklarga, qurolli to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Bir qancha ma’muriy binolar egallanib, yoqib yuborildi. Bu endi hukumat da’vo qilgan tashqi kuchlar ta’sirimi yoki davlat to‘ntarishiga urinish ta’sirida yuz berdimi, olib borilayotgan surishtiruvlar natijasida oydinlik kiritiladi. Ammo mana shu beqarorlikdan qandaydir uchinchi kuch o‘z manfaati yo‘lida foydalangani aniq. Chunki qurolli guruhlarning paydo bo‘lgani, qon to‘kilib strategik obyektlar (hokimiyat, aeroport)ni egallanganligi shunday xulosa qilishga asos bo‘ladi.

    — KXSHT qo‘shinlarining Qozog‘istonga kiritilishini qanday baholaysiz?

    — KXSHT qo‘shinlari a’zo davlat rahbarining so‘roviga asosan kiritildi. Ular asosan muhim harbiy obyektlarni qo‘riqlashga safarbar etildi va qaysidir ma’noda hukumatga nisbatan siyosiy bosimni yengillashtirishga yordam berdi. Ammo bu bugungi kun bilan o‘lchov, ertaga nima bo‘ladi? Kelajakda uning suverenitetga, siyosiy liderning ligitimligiga salbiy ta’sirini vaqt ko‘rsatadi.

    — 10-yanvarda KXSHT a’zo davlat rahbarlarining videoformat tarzidagi uchrashuvida Belarus prezidentining O‘zbekiston haqidagi fikrlariga munosabatingiz bilan bo‘lishsangiz…

    — Endi mutaxassis sifatida chiqishni tahlil qiladigan bo‘lsak. Bu, avvalo, mening nazarimda, chorlov hisoblanadi. Ya’ni O‘zbekistonni shu harbiy tashkilotga a’zoligini qayta tiklashga chorlov hisoblanadi. Undan tashqari, siyosatchi har qanday vaziyatda manfaatidan kelib chiqib yondashadi. Bunda ham shunday tendensiya mavjud. Ya’ni Aleksandr Lukashenko keyingi prezidentlik saylovlari bilan bog‘liq noroziliklarni tashqi kuchlar fondida tashkil etilganligini va bunday tahdid hamma uchun mavjudligini ilgari surib keladi. Qozog‘istondagi voqealar uning fikrlarini yana bir bor tasdiqlaganini va bunday tendensiya yana davom etishini uqtirmoqchi bo‘ldi. Aslida, yuqorida biz tilga olgan davlatlarning o‘ziga xos jihati, hokimiyatni siyosiy transformatsiya jarayoniga muhtojligi muammosi ham mavjudligi bilan izohlash mumkin. Bizda bunday jarayon bo‘lib o‘tdi. Yangi hukumat faoliyat yuritmoqda. Uning legitimligi masalasi ham talab darajasida. Xalqaro hamjamiyat O‘zbekiston ochiqlik sari yuz tutganini e’tirof etayotgan bo‘lsa, siyosiy elitani qo‘llab-quvvatlashi va xalqning hukumatga ishonchini ham yuqori baholash mumkin.

    — O‘zbekiston KXSHTga a’zo bo‘lishi masalasiga qanday munosabat bildirasiz?

    — O‘zbekiston 2012-yilning 29-dekabrida ushbu tashkilotga a’zolikni to‘xtatgan. Uni shu yili qabul qilingan O‘zbekiston tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasini qabul qilish bilan izohlash mumkin. Bizni tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyamizda ham Mudofaa doktrinasida ham davlatimizning harbiy-siyosiy bloklarga a’zo bo‘lishi inkor etilgan. O‘zbekiston Mudofaa doktrinasining 2-bobida “harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaslik, har qanday davlatlararo tuzilmadan, agar u harbiy-siyosiy blok etib o‘zgartirilsa, chiqib ketish huquqini o‘zida saqlab qolishi” qayd etilgan. KXSHT esa harbiy-siyosiy blok hisoblanadi (bu uning nizomida 7-moddasida ask etgan). Shu nuqtayi nazardan O‘zbekistonni bu tashkilotga a’zoligini tiklashi huquqiy jihatdan noto‘g‘ri bo‘ladi. Siyosiy nuqtayi nazardan ham, bugun Markaziy Osiyodagi geosiyosiy jarayonlardan kelib chiqib ko‘pvektorli siyosat yuritish samaraliroq hisoblanadi. Ya’ni mintaqada o‘z manfaatlarini ilgari surayotgan yirik aktorlar bilan ko‘p ham yaqinlashmaslik va ko‘p ham uzoqlashmaslik, doimiy muvozanatni ta’minlash muhim hisoblanadi.

    Bundan tashqari, tashkilotni xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurashda bizga ko‘makchi bo‘lishi mumkinligidan kelib chiqiladigan bo‘linsa ham, sobiq SSSRdan ajralib mustaqil bo‘lgan 15 ta davlatdan birortasi O‘zbekiston singari terrorizmga ko‘p ro‘baro‘ kelmagan. Hammasini o‘z kuchimiz va jipsligimiz bilan yengganmiz. Yordam so‘ralganida ham, biz yordam ololmaganmiz. Shunday ekan, biz o‘z kuchimizga, imkoniyatlarimizga suyanishimiz eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi.

    Oybek Sirojov

    Oybek Sirojov
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    — Mazkur jarayonlar yuzasidan xulosalaringiz qanday?

    — Birinchidan, narxlarni belgilashda yoki oshirishda xalq bilan muloqot qilish yoki ularni manfaatlarini inobatga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki keyingi yillarda dunyoning turli burchaklarida kechgan namoyishlar va noroziliklar narxlar oshishi fonida kelib chiqqan. Jumladan, 2019-yil mart oyida Ekvadorda hukumat qarori natijasida yonilg‘i narxlarining keskin oshib ketishi oqibatida yoki shu yili Chilida transport narxlarining oshirilishi bilan bog‘liq noroziliklar, shu yili Livanda ham narxlarning oshirilishi bilan bog‘liq g‘alayonlar sodir bo‘ldi.

    Bunda muammo yechimi sifatida narxlarni oshirish bilan bog‘liq masalalarni parlamentda xalq saylagan vakillar ishtirokida muhokama qilish, ularning qarorlari asosida belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Balki, bu bozor iqtisodi talablariga zid bo‘lishi mumkin. Ammo ikki tomon manfaatlarini uyg‘unlashtiruvchi mexanizmlar haqida bosh qotirish muhim. Bunda deputatlar hukumat va xalq o‘rtasida yuqoridagi masala bo‘yicha bog‘lovchi va muvozanatga keltiruvchi ko‘prik bo‘ladi.

    Ikkinchidan, bunday jarayonlarning xavfli tomoni namoyishlar, g‘alayonga aylanib ketishi qaysidir tashqi kuchlar bundan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanib, xaosni shakllantirishi, mamlakatda anarxiyani vujudga kelishi hisoblanadi. Bu esa xatarli va davlatni inqirozga boshlaydigan jarayon hisoblanadi. Jumladan, Liviyadagi 2011-yil fevraldagi norozilik aksiyalari tashqi kuchlarning aralashuvi bilan fuqarolar urushiga aylanib ketdi. Amaldagi hukumat ag‘darildi. Beqarorlik boshlandi. Tashqi kuchlar tomonidan Liviyaning boyliklari talandi. Haligacha Liviyada siyosiy hukumatning barqarorligi o‘rnatilmayapti. Tez-tez namoyishlar, noroziliklar, hukumatda bo‘linish, qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda. Bundan kim yutdi yoki kim jabrini tortdi? Bir vaqtlar eng farovon yashagan xalqning millionlab vakillari darbadarlikda dunyoning turli burchaklarida sarson bo‘lmoqda.

    Yana bir jihat shundan iboratki, namoyishchilarning talablari o‘zgarib, ijtimoiy talablardan siyosiy talablarga o‘sib borishi, talablar bajarilgan sayin ularning soni va ko‘lami oshib borishi tendensiyasi ko‘p holatlarda bunday namoyishlarni ma’lum bir markazlar tomonidan boshqarilishini yoki shunday kuchlar tashabbusni o‘z qo‘liga olishlarini kuzatish mumkin. Bunday kuchlarning asl maqsadi beqarorlik (xaos)ni vujudga keltirish hisoblanadi. Siyosiy texnologiyada aynan beqarorlikni boshqarish orqali ma’lum bir hukumatga ta’sir o‘tkazish, davlatni ta’sir doirasiga olish amaliyoti mavjud.

    Uchinchidan, mintaqamizning geosiyosiy markazlardan biri ekanligi biz fuqarolarga mana shunday ommaviy chiqishlar qilish mas’uliyatini ikki karra oshiradi. Ya’ni mintaqada bir qancha yirik aktorlarning manfaatlari to‘qnashganki, ular har qanday vaziyatdan manfaatdor bo‘lishga intiladi. Eng xavfli tomoni, aktorlar ta’sirida mana shunday tartibsizliklar ulkan inqirozlarga sababchi bo‘lib, qaytarilmas jarayon kasb etish xavfi yuqori. Shu nuqtayi nazardan har qanday muammoni murosai madora orqali hal qilishga intilish har birimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

    Xullas, biz namoyishlar, g‘alayonlar va ularning oqibatida kelib chiqadigan anarxiyadan manfaatdor emasmiz. Shu bilan birga, masalani eng kulminatsion nuqtaga olib chiqmaslik uchun xalq bilan hukumat o‘rtasida muloqotni kuchaytirish, jamiyat manfaatlari bilan bog‘liq masalalarni bamaslahat, kengashib hal qilish muhim hisoblanadi. Har bir shaxs nafaqat bugun uchun, balki kelajak uchun ham mas’ul ekanligini unutmasligi zarur. Biz orzu qilgan porloq va farovon kelajak evrilishlar, boshboshdoqlik bilan emas, bir yoqadan bosh chiqargan mardonavor xalq irodasi va izchil islohotlar zamirida shakllanadi.

    Endi qo‘shni Qozog‘iston xalqi haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, umid qilamizki, birodar qozoq xalqi va rahbariyati bunday inqirozdan tezda chiqa oladi. Biz nafaqat yurtimizda, shu bilan birga butun mintaqamizda tinchlik va barqaror taraqqiyot tarafdorimiz. Bu borada Qozog‘iston bizning asosiy ittifoqchimiz hisoblanadi. Qozog‘iston bilan ko‘p sohalardagi hamkorligimiz ikki davlatning rivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Bunday yutuqlar bardavom bo‘lishi uchun esa, avvalo, tinchlik va osoyishtalik zarur.

    11.01.2022, 17:26   Izoh (0)   26369
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga to‘rtinchi kun ko‘tarildi

    11.01.2022, 16:51

    “Bizga KXSHTga o‘xshagan Troya otining keragi yo‘q!” — Lukashenkoning O‘zbekistonni ogohlantirishi tarmoqlarda e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda

    11.01.2022, 15:46

    O‘zbekistonda yog‘, go‘sht va kartoshka importiga berilgan soliq imtiyozi muddati uzaytiriladi

    11.01.2022, 14:25

    Farg‘onada 19 yoshli IShID tarafdori qo‘lga olindi

    11.01.2022, 13:39

    Toshkent viloyatida naushnik taqib, temiryo‘l bo‘ylab harakatlangan fuqaroni poyezd urib ketdi

    11.01.2022, 13:35

    “O‘zgidromet” 12-yanvarda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    11.01.2022, 13:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.