Namangan viloyati Chust tumanida yosh bloger tanishini 150 ming so‘m sabab pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Oliy sud xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, holat 2021-yilning 5-avgustida sodir bo‘lgan. M.Sh. ismli shaxs YouTube, Instagram, TikTok platformalarida shaxsiy sahifa ochib, reper tanishi R.A. (2001-yilda tug‘ilgan)dan 150 ming evaziga Instagram sahifasidagi obunachilari sonini ko‘paytirib berishini so‘ragan.
Ular orasida mazkur pul sabab kelishmovchilik yuzaga kelgan. M.Sh. R.A. bilan yashash uyi oldida uchrashib, unga qasddan pichoq urgan.
Oqibatda jabrlanuvchi olgan tan jarohati sabab shifoxonada vafot etgan.
Sudlanuvchi M.Sh. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “i” bandi (tamagirlik niyatida qasddan odam o‘ldirish) bilan aybli deb topilgan. Unga nisbatan 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Izoh (0)