Germaniyaning Transfermarkt portali jahonning eng qimmat tarkibga ega bo‘lgan futbol klublari reytingini tuzib chiqdi.
Reytingning birinchi pog‘onasidan “Manchester Siti” o‘rin oldi. “Shaharliklar” tarkibining umumiy qiymati 992 million yevroga baholangan. Ikkinchi o‘rinni “PSJ” egalladi — 916 mln yevro. Kuchli uchlikka esa “Chelsi” (879 mln yevro) yakun yasab bergan.
Kuchli beshlikdan, shuningdek, Angliyaning yana klubi “Manchester Yunayted” va “Liverpul” o‘rin olgan. “Real” (780 mln yevro) reytingda 7-o‘rinda qayd etildi, “Barselona” (638 mln yevro) esa 10-pog‘onaga joylashtirilgan.
Dunyoning eng qimmat tarkibga ega 10 klubi:
1. “Manchester Siti” — 992 million yevro;
2. “PSJ” — 916 mln yevro;
3. “Chelsi” — 879;
4. “Manchester Yunayted” — 865;
5. “Liverpul” — 861;
6. “Bavariya” — 820;
7. “Real” — 780;
8. “Atletiko M” — 649;
9. “Tottenhem” — 643;
10. “Barselona” — 638.
Izoh (0)