“Barselona” himoyachi Samyuel Umtiti bilan hamkorlik davom ettirilishini e’lon qildi.
Kataloniya klubi 28 yoshli fransiyalik futbolchi bilan 2022/23-yilgi mavsum oxiriga qadar mo‘ljallangan shartnomani 2026-yilning yoziga qadar uzaytirdi. Yangi kelishuv doirasida futbolchi qolgan bir yarim yil uchun shartnomada ko‘rsatilgan maoshining pasayishiga rozi bo‘lgan.
Avvalroq Umtitining “Barsselona”da yiliga soliqlargacha 20 million yevro olayotgani haqida xabar berilgandi.
“Barselona” himoyachiga bu qadami va klubga bo‘lgan mehri uchun minnatdorchilik bildirdi. Ushbu kelishuv natijasida maoshlar vedomosti qisqarishiga va qishda “Manchester Siti”dan sotib olingan yarim himoyachi Ferran Torresni ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega bo‘ldi.
Avvalroq katalonlar Torresni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Serxio Robertoning maoshini pasaytirmoqchi ekanligi aytilgandi.
Ma’lumot uchun, Umtiti joriy mavsumda La Ligada atigi 1 ta o‘yin o‘tkazdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)