Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 9-yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Turning markaziy o‘yini “Roma” va “Yuventus” jamoalari o‘rtasida kechdi. Uchrashuvning 11-daqiqasida Temmi Abraham rimliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 18-daqiqada Paulo Dibala muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo‘lim debyutida “Roma” Genrix Mxitaryan va Lorenso Pellegrinining gollari evaziga ikkita to‘p farqi bilan oldinga o‘tib oldi. Bo‘lim o‘rtalariga kelib turinliklar yetti daqiqa ichida uchta to‘p kiritgan holda hisobni o‘z foydasiga o‘zgartirdi.
81-daqiqada o‘z jarima maydonida qo‘l bilan harakat qilgan “Yuventus” himoyachisi Matteys de Ligt ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi. Belgilangan penaltini Pellegrini golga aylantira olmadi.
“Yuventus” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 38 taga yetkazib oldi va 5-o‘rinda bormoqda. “Roma” (32) esa 6-pog‘onada qoldi.
“Napoli” o‘z uyida “Sampdoriya”ni minimal hisobda mag‘lub etgan bo‘lsa, “Atalanta” 8 ta gol urilgan o‘yinda “Udineze”ni taslim etdi.
A Seriya taqvimi, to‘purarlari ro‘yxati, onlayn jadvallarini bu yerda ko‘rish mumkin — havola.
A Seriya
21-tur bahslari
9-yanvar, yakshanba
“Roma” – “Yuventus” 3:4
Gollar: 1:0 – 11 Abraham, 1:1 – 18 Dibala, 2:1 – 48 Mxitaryan, 3:1 – 53 Pellegrini, 3:2 – 70 Lokatelli, 3:3 – 72 Kulusevski, 3:4 – 77 De Shilyo.“Roma”: Ruy Patrisiu, Smolling, Rojer, Vinya, Mxitaryan, Veretu (Karles Peres, 78), Kristante, Pellegrini (Mayoral, 88), Meytlend-Naylz, Abraham, Afena-Gyan (Shomurodov, 71).
“Yuventus”: Shchensni, Rugani, de Ligt, De Shilyo, Lokatelli, Bentankur (Artur, 63), Makkenni, Kuadrado, Dibala (Kyellini, 82), Kin (Morata, 64), Kyeza (Kulusevski, 32).
Ogohlantirishlar: Kuadrado (45), Veretu (50), Rojer (51), de Ligt (52), Lokatelli (65), Kristante (76).
Chetlatish: de Ligt (81).
Izoh (0)