• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” fotomuxbiri Madina Nurmandan yil suratlari

    “Daryo” 2021-yilda jamoatchilik diqqat markazida bo‘lgan turli tadbirlar, voqea-hodisalar aks etgan yil suratlarini taqdim etadi.

    Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Mis eritish zavodida mis eritish jarayoni. 2021-yil 19-yanvar.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev va qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev Buxoro shahriga xizmat safari chog‘ida Davlat xizmatlari markazining 2-qavatiga ko‘tarilmoqda. Ushbu surat <a href=ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan. 2021-yil 24-yanvar." data-action="zoom" class="border lazyload" />

    Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev va qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev Buxoro shahriga xizmat safari chog‘ida Davlat xizmatlari markazining 2-qavatiga ko‘tarilmoqda. Ushbu surat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan. 2021-yil 24-yanvar.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-yanvar kuni Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Suratda davlat rahbari bosh vazir Abdulla Aripov hamda mutasaddilar hamrohligida markaz tomida turib qurilishni ko‘zdan kechirmoqda. 2021-yil 29-yanvar.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, Birinchi зrezident xotirasiga hurmat ko‘rsatdi. Suratda ushbu tadbirga kelgan O‘zbekiston mudofaa hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbariyati ham Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yib, hurmat ko‘rsatmoqda. 2021-yil 30-yanvar.

    Xalq deputatlari sessiyasidan so‘ng Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda Farg‘ona shahridagi “Shodiyona” mahallasiga bordi. Mahalla oralab yurib, aholi bilan uchrashdi. Suratda davlat rahbari mahalla ayollari davrasida suratga tushmoqda. 2021-yil 5-fevral.

    Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 13-fevral kuni “Istiqlol” majmuasining qurilishi masalasida jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi. 2021-yil 13-fevral.

    Adliya vaziri Ruslanbek Davletov matbuot anjumani vaqtida jurnalistlarning savolini tinglamoqda. 2021-yil 15-fevral.

    Toshkentda qishga xos bo‘lmagan anomal iliq havoda daraxtlar kurtak yozib, gulga kirishni boshladi. Suratda Amir Temur haykali go‘yoki kurtaklagan novdaga tegib turibdi. 2021-yil 16-fevral. 

    Toshkent shahridagi “Moviy gumbazlar” bog‘ida keksa ayolning ortidan yurib ketayotgan kaptar. 2021-yil 16-fevral.

    Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi dala manzaralari. 2021-yil 19-fevral.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yilning 18–19-fevral kunlari Namangan viloyatida bo‘lib qaytdi. Ikki kunlik tashrif mobaynidagi kutilgan va kutilmagan holatlarga nafaqat amaldorlar, balki jurnalist va namanganliklar ham guvoh bo‘ldi. Suratda davlat rahbari Namangan shahri markazidan 18 kilometr uzoqlikdagi abgor holatdagi “Saxovat uyi”da viloyat hokimini tinglamoqda. 2021-yil 19-fevral.

    Qishning so‘nggi kunlarida Toshkentda qor yog‘di. 2021-yil 24-fevral.

    Humo Arena muz saroyida “Zakovat” teleo‘yinining Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun intellektual kastingi o‘tkazildi. Tadbirda “Zakovat”da ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan 7 mingga yaqin bilimdonlar ishtirok etdi. 2021-yil 28-fevral.

    Humo Arena muz saroyida “Zakovat” teleo‘yinining Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun intellektual kastingi o‘tkazildi. Tadbirda “Zakovat”da ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan 7 mingga yaqin bilimdon ishtirok etdi. 2021-yil 28-fevral.

    Sog'liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev Toshkentga AstraZeneca vaksinasi olib kelingan jarayonda intervyu bermoqda. 2021-yil 17-mart.

    Toshkentdagi Humo Arena majmuasida 21-mart kuni Navro‘z bayrami shodiyonasi bo‘lib o‘tdi. Suratda “parvozdagi raqqosa”. 2021-yil 21-mart.

    Toshkent shahrining Xalqlar do‘stligi maydonidan Xadra maydoniga olib boruvchi yo‘l chetidagi ustunlarda yurib ketayotgan mayna. 2021-yil 27-mart.

    Toshkent xalqaro aeroportiga Xitoydan 1 million dozada Xitoy—O‘zbekiston ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelinib, tushirilmoqda. 2021-yil 27-mart.

    O‘zbekiston prezidentining Ko‘ksaroy qarorgohida Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Suratda ushbu tadbirlar doirasida tashkil etilgan matbuot anjumani arafasi. 2021-yil 30-mart.

    Parkent tumani qirlaridagi varrakbozlikni tomosha qilib turgan it. 2021-yil 3-aprel.

    Non sotiladigan rasta yonida turgan qizaloq.

    O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov har hafta davlat rahbari ishtirokida o‘tgan va bo‘lajak tadbirlar bo‘yicha OAV uchun brifing o‘tkaza boshladi. 2021-yil 9-aprel.

    Qurilishi ketayotgan Samarqand xalqaro aeroportida yurgan jurnalistlar. 2021-yil 16-aprel.

    Samarqand xalqaro aeroportida prezident Shavkat Mirziyoyevni kutib olayotgan sektor rahbarlari. 2021-yil 15-aprel.

    Toshkentdagi “Chilonzor” dehqon bozorining nisholda sotuvchisi. 2021-yil 20-aprel.

    Toshkent osmoni uzra uchib o‘tayotgan samolyot. 2021-yil 27-aprel.

    Maxsus 2-son Zangiota shifoxonasining reanimatsiya xonasida koronavirusga chalinib, og‘ir ahvolda yotgan bemorning yotoq o‘rni tepasida ilib qo‘yilgan katta ehtimol bilan farzandlari tomonidan chizilgan surat. Unda “Biz sizni yaxshi ko‘ramiz va kutyapmiz”, deb yozilgan. 2021-yil 28-aprel.

    Zangiotadagi 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limida hayot uchun kurashib yotgan koronavirus bemori. 2021-yil 28-aprel.

    O‘zbekistonga Suriyadan “Mehr-5” operatsiyasi doirasida navbatdagi vatandoshlar olib kelindi. AQSh va boshqa hamkor davlatlar ko‘magi bilan amalga oshirilgan “Mehr-5” operatsiyasi natijasida Suriya hududidagi urush ketayotgan “qaynoq nuqtalarga” borib qolib, “Al-Hol” lagerida 3 yildan ortiq vaqt davomida ushlab turilgan 24 nafar ayol va 69 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Suratda DXX xodimining qo‘lini ushlab turgan qizaloq. 2021-yil 30-aprel.

    Toshkent mahalliy aeroportida kun botishi. 2021-yil 30-aprel.

    1-may — Favvoralar kuni munosabati bilan Toshkent shahrining Mustaqillik maydonidagi favvora o‘z ishini qayta tikladi. Suratda qizini yelkasiga o‘tqizib favvora yonida ketayotgan ota. 2021-yil 1-may.

    O‘zbekistonga keltirilgan oltinchi Dreamliner samolyotini kutib olayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar. 2021-yil 5-may.

    9-may - Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirda raqsga tushayotgan raqqos va harbiylar. 2021-yil 9-may.

    Davlat bojxona qo‘mitaning Milliy kinologiya markazida ko‘rgazmali chiqish qilayotgan it va kinolog. 2021-yil 20-may.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanidagi zamonaviy issiqxona va anorni qayta ishlash korxonasi bilan tanishish vaqtida qadoqlash bo‘limida xushbo‘y handalakni hidlab ko‘rmoqda. 2021-yil 1-iyun.

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 10-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Tojikistonga keldi. Suratda ikki davlat rahbarlari bayroqlar fonida muloqot qilmoqda. 2021-yil 10-iyun.

    Toshkent shahri Sergeli tumanining samolyot darchasidan olingan surati. 2021-yil 11-iyun.

    Toshkent—Andijon yo‘nalishida harakatlanuvchi poyezd derazasidan suratga olingan manzara. 2021-yil 20-iyun.

    Pskom daryosi havzasi fonida ko‘rinib turgan tog‘lar. 2021-yil 13-iyul. 

    Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan Gruziya islohotlari haqidagi kitobni diplomatiga solmoqda. 2021-yil 16-iyul.

    Qurbon hayiti arafasida sotishga olib chiqilgan qo‘y. 2021-yil 12-iyul.

    Toshkent shahridagi zavodlarning birida jami 1 tonna 350 kilogrammga yaqin giyohvandlik vositalari yo‘q qilindi. 2021-yil 24-avgust.

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i va Mustaqillik monumenti ochilish marosimida turgan faxriy qorovul vakili. 2021-yil 31-avgust.

    Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 88-maktabda birinchi qo‘ng‘iroq. 2021-yil 6-sentabr.

    Sirdaryoning Xovos tumanidagi qovun qoqilari. 2021-yil 16-sentabr.

    Toshkentda kuz nafasi. 2021-yil 23-oktabr.

    Shavkat Mirziyoyev ADM Jizzakh avtomobil zavodiga tashrifi doirasida zalga kirib kelishi oldidan eshik oldida turgan xodimlar. 2021-yil 21-oktabr.

    Sirdaryoda 4-noyabr kuni boshlangan chang bo‘roni kechga borib Toshkentga ham yetib keldi. Chang tufayli atrofni ko‘rish darajasi cheklandi. Avtomobillar harakati sekinlashdi. Keyinroq “O‘zgidromet”ning buning oqibatida havodagi chang miqdori belgilangan me’yordan 5 barobarga oshganini bildirdi. Suratda ko‘pqavatli uylardan biriga kirishga chog‘lanayotgan mushuk.

    6-noyabr kuni Oliy Majlis Senatining Islom Karimov shohko‘chasida (Tashqi ishlar vazirligining sobiq bosh qarorgohi o‘rnida) joylashgan yangi binosida prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. Suratda faxriy qorovul vakili prezident shtandartiga qarab turibdi. 

    Rossiyalik taniqli estrada xonandasi Zivert o‘zbekistonlik muxlislari uchun Xalqlar do‘stligi san’at saroyida konsert dasturini taqdim etdi. 2021-yil 12-noyabr.

    Qorga burkangan kechki Toshkent manzarasi. 2021-yil 17-noyabr.

    Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi “Gulobod” mahallasiga tashrifi davomida 93 yoshli Anvarxo‘ja ota bilan suhbatlashdi. Anvarxo‘ja ota davlat rahbaridan otalar choyxonasi qurib berishni so‘radi. Shavkat Mirziyoyev bu taklifni qo‘llab-quvvatlab, otaxonga mustahkam sog‘liq tiladi. 2021-yil 23-noyabr.

    Toshkentdagi yirik savdo-sotiq markazi — “Chorsu” bozoridagi ovqat bozori manzarasi. 2021-yil 18-dekabr.

    Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 3-mis boyitish fabrikasi qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Suratda bosh vazir Abdulla Aripov hamda mutassaddi rahbarlar prezidentga ish jarayonini tushuntirmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Prezident farmoniga asosan “Daryo” fotomuxbiri Madina Nurman “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi
    • O‘FA vitse-prezidentiga aylangan Odil Ahmedov, Eldor Shomurodov yana tengsiz. O‘zbek futbolida 2021-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj
    • Foto: “Toshkent yoshlar forumi—2021”ning ochilish marosimi va ilk kuni
    • “Odam ba’zan o‘tmishga qaytgisi kelsa, shu yerga oshiqarkan”. “Chorsu” milliy taomlar bozoriga fotosayohat
    • Shavkat Mirziyoyevning Toshkentdagi Shayxontohur tumanida joylashgan mahalla va muassasalarga tashrifi — suratlarda
    • Qorga burkangan kechki Toshkent manzaralari – suratlarda
    • Kuzda Toshkentni qoplayotgan birinchi qor — suratlarda

    31.12.2021, 14:14   Izoh (0)   24804
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda ketma-ket ikkinchi kun koronavirusdan o‘lim holati qayd etilmadi

    31.12.2021, 12:55

    O‘zbekiston hukumati tarkibida 2021-yil davomida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi? Kimlar keldi-yu, kimlar ketdi?

    31.12.2021, 11:12

    Afg‘onistondan 134 nafar talaba o‘qishini davom ettirish uchun Surxondaryoga keldi

    31.12.2021, 10:53

    8 ming yevrolik yaxshilik

    31.12.2021, 10:34

    Foto: 2021-yilda o‘zbekistonliklarning e’tiborini tortgan voqealar

    31.12.2021, 10:11

    Yiliga 150 million so‘mgacha daromad qiladigan Sirdaryodagi qovunchi dehqonlar mahallasiga fotosayohat

    31.12.2021, 09:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi

    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar

    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi

    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta

    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 

    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!

    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 

     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi

    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi

    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam

    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi

    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi

    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring

    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda

    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 

    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bolalar nafaqasi: 2024-yil yanvardan beri qancha oilaga to‘lov to‘xtatilgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 5 iyun, 10:55

    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi

    Reklama | 5 iyun, 10:30

    O‘zbekistonda oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga qabul boshlandi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 10:45

    Ortiqcha yog‘lardan xalos bo‘lish uchun qanday nonushta qilish kerak? Mutaxassislar maslahati

    Layfstayl | 5 iyun, 10:37

    Putin “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi uchun Ukrainaga javob qaytarilishini aytdi

    Dunyo | 5 iyun, 10:31

    Toshkentda Qurbon hayiti namozi sabab ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 10:12

    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi

    Reklama | 5 iyun, 09:46

    Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi — manba

    Sport | 5 iyun, 10:07
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.