• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Men ko‘rgan Jitiel — Uzbekistan GTL

    Ochig‘ini aytaman, shu paytgacha GTL desa, qandaydir tantanali ajnabiy kompaniya nomining qisqartmasi deb o‘ylardim.

    Kecha Qashqadaryoning G‘uzoriga kelishim bilan eshitgan birinchi yangiligim — abbreviaturaning mazmuni bo‘ldi: “Gas To Liquid” — gazdan suyuqlikka. Shu ikkita so‘z butun majmuaning ishlash prinsipini ifodalaydi. Ya’ni, neft zaxiralari ko‘p bo‘lmagan O‘zbekiston gazdan yoqilg‘i olishni maqsad qilgan.

    Foto: Aziza Qurbonova

    Foto: Aziza Qurbonova

    Katta aylana omborlar, temir konstruksiyalar, baland trubalar — oddiy odam ko‘zi va so‘zida shunday — ko‘rganda tushunarsiz chalkashliklarga o‘xshaydi. Fan va texnologiyadan sal xabari borlar esa bu yerda turgan narsalarning qaysi biri kompressoru, qay biri reaktor ekanini, bu naqadar murakkab texnologiyalar majmui ekanini biladi.

    Gap qiymati 3,42 milliard dollarga teng, yiliga 1 milliard dollar yoki 12,8 trillion so‘mdan ortiq import o‘rnini bosuvchi neft mahsulotlari va uglevodorod xom ashyolari ishlab chiqariladigan kompleks haqida ketyapti.

    Foto: Aziza Qurbonova

    Foto: Aziza Qurbonova

    Bosh muhandis Odilbek Karimovga qisqa va “ikkichi” savollar berdim. Toki, xuddi men singari sohadan uzoq bo‘lgan odamlarga tushunarliroq bo‘lsin.

    Bu zavod O‘zbekistonning oddiy fuqarosi hayotiga qanchalik ta’sir qiladi, uning qaysi muammosini hal qiladi?

    — Hamma narsa bozor talabidan kelib chiqadi. Agar talab juda yuqori bo‘lib, taklif kam bo‘lsa, narx ham shunga yarasha bo‘ladi. Agar siz taklifni ko‘paytiradigan bo‘lsangiz, narx ham bir maromga kela boshlaydi. Masalan, bizda hozir Buxoro va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlari dizel yetkazib berishga ixtisoslashgan, lekin bu zavodlardagi dizel ishlab chiqarish hajmi yetarli bo‘lmagani bois, ba’zi kompaniyalar yiliga, adashmasam, 200—400 ming tonna dizel yoqilg‘isini chetdan olib kelmoqda. GTL’da esa salkam 724 ming tonna dizel ishlab chiqariladi. Bu bilan dizel importini to‘liq yopish mumkin. 1 tonna dizel o‘rtacha 600 dollar bo‘lsa, 200 ming tonna — qariyb 120 million dollarga teng dizel importiga chek qo‘yish mumkin.

    Foto: Aziza Qurbonova

    Foto: Aziza Qurbonova

    Loyiha qariyb 10 yilda o‘zini oqlaydi degan gap eshitdik. Har bir texnologiyaning ekspluatatsiya davri bo‘ladi. 10 yildan keyin yana shuncha xarajat qilib texnologiyani yangilashga ehtiyoj sezilmaydimi?

    — Yo‘q. Bizning har bir asosiy qurilmalarimizga ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan kafolat muddati kamida 25 yil. Bundan tashqari, loyiha ijobiy prognozlarga ko‘ra, 10 yil emas, qisqa vaqtda o‘zini oqlashi kutilmoqda. Albatta, texnologiyalarni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish, moyini, podshipniklarini vaqtida, bilib almashtirish juda muhim. Buning uchun kadrlarni jalb etish kerak. Biz hozir elektron tizim qilib boryapmiz. Har bir qurilma haqidagi ma’lumotlar kiritiladi va ta’mirlash vaqti kelgan-kelmagani, rejimi haqida axborot beradi. To‘g‘ri ekspluatatsiya qilinsa, zavod uzoq yillar ishlaydi.

    Siz ko‘zlayotgan uzoq yillarga yetadigan gaz resurslarimiz, zaxiralarimiz bormi o‘zi?

    — Gaz zaxiralari bo‘yicha “O‘zbekneftgaz” ish olib bormoqda. Xomashyo sifatida zavod yaqinidagi Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida qayta tozalangan tabiiy gazdan foydalaniladi. Bir narsani hisobga olishimiz kerak — nefti ko‘p davlatlarda GTL kabi zavodlarga katta ehtiyoj yo‘q. Ular biz xohlayotgan dizel yoki boshqa mahsulotlarni juda oddiy texnologiya — atmosfera bosimida osonlik bilan chiqarib oladi. Bunga ko‘p pul tikish ham kerak emas, risklari ham kam. Masalan, Xitoy gaz zaxirasi ko‘p bo‘lgani bilan, juda katta hajmda neft import qiladi. Dengiz yo‘li ochiq. Bizning neft importi bo‘yicha imkoniyatlarimizni ko‘rib chiqsak, transport xarajatlari juda katta.

    Foto: Aziza Qurbonova

    Foto: Aziza Qurbonova

    Har qanday loyihada risk bo‘ladi. Bu loyihaning risklari nimada?

    — Asosan iqtisodiy risklar bo‘lgan. Boshida moliyaviy model qilingan. Loyiha juda ulkan, deyarli 3,4 milliard dollarga baholangani uchun dastlab moliyaviy manba kerak edi. Qayerdan pul olish mumkin? Bu loyihaga ishonib kim pul beradi? Loyiha amalga oshgach, mahsulotni bemalol sotib, pulni qaytarib olish imkoniyatlari o‘rganilgan. Kreditorlar pul berishdan oldin “due diligence” qilgan, ya’ni har jihatdan, iqtisodiy, texnik, huquqiy tomondan o‘rgangan. O‘zbekiston mablag‘ni olgach, uni to‘liq qaytara olish imkoniyati bormi-yo‘qmi, shunga baho berilgan.

    Keyin loyihalash bosqichi bo‘ldi. Buning ham o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor: xalqaro va mahalliy standartlarni, ekologik normalarni hisobga olish zarur. Qurilmalarning tanlanishi va sifati jihatidan ham risklarni yo‘q qilish uchun ular Yaponiya va Germaniyadan olib kelindi. Zavodning yuragi — ishlab turgan mexanizm hisoblanadi. Bu aylanuvchi mexanizmlar, kompressorlar, nasoslar — bular bir muddatga to‘xtab qolsa, qayta ishga tushirish uzoq vaqt talab etadi. Zavodning bir kunlik to‘xtab qolishi 2 million dollar zarar keltiradi. Biz bu risklarni oldini olishga qodirmiz, bunga yo‘l qo‘ymaymiz.

    Foto: Aziza Qurbonova

    Foto: Aziza Qurbonova

    Uzbekistan GTL zavodida necha xil mahsulot chiqariladi?

    — Yiliga 1,5 million tonna yuqori sifatli va ekologik toza sintetik yoqilg‘i, jumladan, 307 ming tonna kerosin, 724 ming tonna sintetik dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna nafta va 53 ming tonna suyultirilgan gaz (propan, butan) kabi neft mahsulotlari ishlab chiqariladi.

    GTL — bu unikal loyiha. Maqsadimiz maksimal darajada davlatga va jamiyatga foyda olib kelish, coliq tushumini oshirish, eksportni ko‘paytirish. Xodimlarimizning 90 foizi oliy ma’lumotli. Biz maksimal darajada avtomatlashtirish yo‘lidan boryapmiz, chunki bu qiyin texnologiya. Bitta qurilmada 3000 gradus harorat bor. Eng past xarorat — -192 daraja sovuqqa teng. Boshqarish uchun mukammal darajadagi nazorat-o‘lchov apparatlaridan foydalanish kerak. Inson faktorini minimal darajaga tushirishimiz kerak.

    Foto: Aziza Qurbonova

    Foto: Aziza Qurbonova

    Bu zavodda ishlab chiqariladigan dizel sifati qanday?

    — Bu yerda premium — sifati eng yuqori darajadagi dizel ishlab chiqariladi. U shu vaqtgacha import qilinayotgan har qanday dizel mahsulotidan ekologik jihatdan ham, sifati jihatdan ham nafaqat raqobatbardosh, hatto ustun ham.

    Davlat ushbu zavodga imtiyozlar berganmi?

    — Qurilish davri uchun berilgan. Texnologiyalar, qurilish materiallariga bojxona imtiyozlari berilgan.

    Foto: Aziza Qurbonova

    Foto: Aziza Qurbonova

    O‘zbekistondan tashqari yana qaysi davlatlarda GTL texnologiyali zavodlari bor?

    — Malayziya, Qatar va Nigeriyada. Turkmanistonda, bizdan biroz farqli ravishda, metan gazidan benzin mahsulotini olishyapti. Ulardagi zavodning quvvati deyarli ikki barobar kam. Agar biz 3,6 milliard metr kub gazni qayta ishlashni rejalashtirgan bo‘lsak, ular 1,7 milliard metr kub gazni qayta ishlashyapti.

    GTL to‘liq O‘zbekistonnikimi? Ya’ni, tushadigan foyda o‘zimizda qoladimi?

    — 100 foiz O‘zbekistonniki. Bu loyiha 2008-yildan 2016-yilgacha qo‘shma korxona bo‘lgan. O‘sha paytda neftning narxi tushib ketgani va boshqa faktorlar hisobiga investorlar — Janubiy Afrikaning Sasol, Malayziyaning Petronas kompaniyalari loyihadan chiqib ketgan. O‘sha vaqtda prezidentimiz “bu loyiha albatta amalga oshirilishi kerak”, degan siyosiy iroda bilan qaror qilganlari tufayli, loyiha 100 foiz O‘zbekiston tashabbusi sifatida davom etdi.

    Foto: Aziza Qurbonova

    Foto: Aziza Qurbonova
    25.12.2021, 11:40   Izoh (0)   65193
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda qiymati salkam 3,5 mlrd dollarlik Uzbekistan GTL zavodining ishga tushirilishi boshlanadi

    25.12.2021, 11:07

    Shavkat Mirziyoyev G‘uzordagi Uzbekistan GTL zavodini ishga tushirish marosimida ishtirok etadi

    25.12.2021, 10:48

    Qarshidagi zapravkalarda Ai-80 benzinining nomi va narxi bor, ammo o‘zi yo‘q. “O‘zbekneftgaz” mas’ullari esa buni inkor etmoqda

    25.12.2021, 10:34

    Toshkentdagi 3 ta masjidda fuqarolarning telefoni va pullarini o‘g‘irlagan xavfli retsidivist 7 yilga qamaldi

    25.12.2021, 10:13

    O‘zbekistonda 2022-yil bahor mavsumida 125 mln dona ko‘chat ekiladi

    25.12.2021, 09:33

    Buxoro viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi o‘quvchilardan 914,4 mln so‘mni noqonuniy yig‘moqchi bo‘lgani aniqlandi

    25.12.2021, 08:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “To‘liq taftish o‘tkazilishi zarur”. Ekovazirlik Murod Nazarov fikrlariga keskin munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 16:41

    “Real” jamoaning 4 nafar a’zosi kelajagini muhokama qilmoqda

    Sport | 19 iyul, 16:40

    Samolyotda ko‘pchilik foydalansa-da, aslida foydasiz bo‘lgan 5 narsa

    Layfstayl | 19 iyul, 15:40

    Istanbuldan Toshkentga uchayotgan samolyot bortida chaqaloq tug‘ildi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 15:15

    Avstraliya Ukrainaga 49 ta Abrams tanklarini yetkazib berdi

    Dunyo | 19 iyul, 15:05

    Levandovski Polsha terma jamoasiga qaytadi

    Sport | 19 iyul, 15:00

    “Uyda yolg‘iz” filmida ko‘pchilik payqamagan mantiqsiz xatoliklar (foto)

    Kino | 19 iyul, 14:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.