• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qarshidagi zapravkalarda Ai-80 benzinining nomi va narxi bor, ammo o‘zi yo‘q. “O‘zbekneftgaz” mas’ullari esa buni inkor etmoqda

    “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli AYoQShlarda 17-dekabrdan e’tiboran Ai-80 markadagi benzin 6890 so‘mdan arzonlashtirilib, har bir litri uchun 6500 so‘mdan sotuvga chiqarilgani haqida xabar berilgandi. “Daryo”ning Qashqadaryo viloyatidagi muxbiri ma’lumotiga ko‘ra, viloyatdagi “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli mavjud to‘rtta zapravkaning uchtasida Ai-80 markadagi benzin narxi va nomi bor, ammo benzinning o‘zi yo‘q.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qayd etilishicha, Qarshi shahridagi “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli AYoQShlarda, jumladan, Sharof G‘aniyev mas’ulligidagi ikki zapravkada Ai-80 benzini 6500 so‘m ekani yozilgan. Biroq zapravkada mazkur markadagi benzinning o‘zi yo‘q. AYoQShdan 50 metr narida esa aynan shu markadagi benzin “qo‘lda” 7000 so‘mdan sotilmoqda. Ta’kidlanishicha, Shahrisabzdagi AYoQSh ham shu ahvol va ushbu zapravka aksar hollarda yopiq bo‘ladi.

    “Bu muammoni siz yoki men hal etolmaymiz. Bu juda katta muammo”, — deydi Qarshidagi “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli AYoQShlarga rahbarlik qilayotgan Sharof G‘aniyev.

    Mazkur muammoni yoritmaslikni maslahat bergan Sharof G‘aniyevning aytishicha, Ai-80 benzini ularga aynan Toshkent shahridan olib kelinadi. Xalq tilida “Jayhun” nomi bilan mashhur bo‘lgan “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli uchinchi zapravkaga esa yoqilg‘ini “Qarshi neft bazasi” MChJ yetkazib beradi. Shu boisdanmi bu zapravkada ahyon-ahyonda Ai-80 benzinini 6500 so‘mdan topish mumkin.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan Sharof G‘aniyevning so‘zlariga ko‘ra, Ai-80 benzini ularga yetarli darajada yetkazib berilmayapti. Shu sabab ham uning rahbarligidagi har ikki zapravkada arzon markadagi benzinni topish amrimahol.

    Mazkur holatga munosabat bildirgan “O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmati rahbari Siyovush Hoshimov nafaqat Qashqadaryodagi, balki barcha viloyatlardagi “O‘zbekneftgaz” AJ zapravkalariga har kuni yetarlicha, talab qilingan miqdordagi Ai-80 markali arzon benzini yetkazib berilmoqda.

    “Bu borada bizda muammo yo‘q. ‘O‘zbekneftgaz’ AJga qarashli Qarshi shahridagi uchta, Shahrisabz shahridagi 1 ta zapravkaga 3 mingdan 7 ming litrgacha Ai-80 markali arzon benzin yetkazib berilmoqda. ‘Qarshi neft bazasi’ MChJga qarashli ‘Jayhun’ zapravkasiga esa bundan ham ko‘p, cheklangan miqdorda Ai-80 markali yoqilg‘i yetkazib berilmoqda”, — deydi Siyovush Hoshimov.

    “O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmati rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Qarshi shahridagi zapravkalarda Ai-80 markali benzin bo‘lmasa-da, narxi 6500 so‘m ekani yozilgan bo‘lishi shart.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Biz narxni nazorat qilish maqsadida shunday talab qo‘yganmiz. Ya’ni Ai-80 markali benzin hatto tugab qolgan bo‘lsa ham, uning 6500 so‘m ekani, narxning tushgani yozilib turishi kerak. Boisi Ai-80 markali benzin shu narxdan yuqori bo‘lmasligi lozim”, — deydi Siyovush Hoshimov.

    Ismi sir qolishini istagan yana bir mas’ulning, “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli AYoQSh mas’ullaridan birining aytishicha, Ai-80 benzining narxini arzon qilish bu mahsulotning sun’iy tarzda kamayishiga olib kelgan.

    “Narxni majburan arzon qilish bilan ish bitmaydi. Falon so‘mda sotasan deyishsa-yu, u narx qoplamasa. Ya’ni Toshkentdan shu markali benzinni olib kelish xarajatlari oshib ketsa, qanday qilib arzon narxda sotish mumkin”, — deydi bu haqda gapirgan mas’ul.

    “Daryo” muxbiri “O‘zbekneftgaz” AJga qarashi zapravkadan 50 metr narida Ai-80 benzinini 7000 so‘mdan istalgancha topib berishini ma’lum qilgan suhbatdoshlarni ham tinglagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Tirikchilik, aka, shu benzinga talab bor”, — deydi arzon benzinni boshqa zapravkadan olib kelib, “O‘zbekneftgaz” AJga qarashi zapravka oldida sotayotgan haydovchi.

    Aniqlanishicha, viloyatdagi mavjud xususiy zapravkalarda Ai-80 markali benzin 7000 so‘mdan 7800 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda.

    Eslatib o‘tamiz, 17-noyabrdan buyon birja savdolarida Ai-80 benzinining narxida tushish kuzatilmoqda. Shu kuni savdolarda benzin narxi 9 million 365 ming so‘mgacha tushib, 15-noyabrga nisbatan 8 foizga arzonlashgan. 18-noyabr kuni esa 9 million 180 ming 500 so‘mga pasayib, 9 foizga arzonlashgan. 22-noyabr holatiga ko‘ra benzin narxi hamon tushishda davom etmoqda. Birja matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 15–21-noyabr kunlari benzinning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 10 129 400 so‘mdan 9 168 400 so‘mgacha, ya’ni 9,5 foizga pasaygan. 23-noyabr kuni O‘zbekiston birja savdolarida Ai-80 markali benzin narxi bir haftada 15 foizga arzonlashgani ma’lum bo‘ldi.

    Mavzuga doir: 

    • “O‘zbekneftgaz” Ai-80 o‘rniga Ai-92 benzini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
    • “So‘kib ketadigan haydovchilar ko‘paydi”. Toshkent zapravkalaridagi narxlar bo‘yicha reportaj

    25.12.2021, 10:34   Izoh (0)   34984
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi 3 ta masjidda fuqarolarning telefoni va pullarini o‘g‘irlagan xavfli retsidivist 7 yilga qamaldi

    25.12.2021, 10:13

    O‘zbekistonda 2022-yil bahor mavsumida 125 mln dona ko‘chat ekiladi

    25.12.2021, 09:33

    Buxoro viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi o‘quvchilardan 914,4 mln so‘mni noqonuniy yig‘moqchi bo‘lgani aniqlandi

    25.12.2021, 08:31

    Britaniyaning Metito kompaniyasi Namanganda 90 mln dollarlik kanalizatsiya quradi

    25.12.2021, 08:00

    Ertak aytib berayotgan prezident, Rojdestvoga atalgan parad, qirolichaning bayram tabrigi. 24-dekabr suratlari

    25.12.2021, 00:12

    Jizzaxda Nexia bilan to‘qnashgan mototsikl haydovchisi og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizildi

    24.12.2021, 23:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.