Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati a’zolari Kobul ko‘chalarida qolgan yuzi ochiq ayollarning suratlarini yo‘q qilishni boshladi. Bu haqda poytaxt ma’muriyati amaldorlariga tayanib, Aamaj News xabar berdi.

Foto: Kobul ma’muriyati veb-sayti

Foto: Kobul ma’muriyati veb-sayti

Kobul ma’muriyatining veb-saytida aytilishicha, ayni damda “g‘ayriislomiy fotosuratlar”ni o‘chirish jarayoni davom etmoqda.

“Tolibon” Afg‘oniston poytaxtini egallab olishidan oldin, masalan, to‘y salonlarining oynalariga yuzlari, soch va qo‘llari ochiq ayollarning suratlarini yopishtirish, hind va turk filmlari namoyish etiladigan kinoteatrlarning afishalariga aktrisalarning ko‘pincha ochiq kiyimdagi tasvirlarini tushirish juda keng tarqalgan amaliyot edi.

Bundan tashqari, shahar markazidagi beton devorlarga chizilgan ko‘plab tasvirlar, jumladan, qiz va ayollarning yuzi ochiq holdagi suratlari 20 yil davomida xorij qo‘shinlariga mezbonlik qilgan  Kobulning o‘ziga xos belgisiga aylangandi.

Afg‘oniston poytaxtini qo‘lga kiritgach, “Tolibon” jangarilari ayollar tasviri tushirilgan chizmalar va afishalarni bo‘yab tashlashni boshladi. Biroq keyinchalik bu jarayon to‘xtatilgan. Endi, aftidan, “Tolibon” poytaxt ko‘chalaridagi ayollarning suratlaridan butunlay xalos bo‘lmoqchi, deyiladi xabarda.

Avvalroq “Tolibon” ayollar ishtirok etgan bir qator teledasturlarni efirga uzatishni taqiqlagandi. Shuningdek, toliblar Kobulda bir necha o‘n yillar davomida faoliyat yuritib kelgan tarixiy “Ariana” kinoteatrini yopishga qaror qilgandi. “Tolibon” hind, Yevropa va Amerika filmlari ko‘proq namoyish etiladigan kinoteatrlarning ishi shariat qonunlariga zid, degan xulosaga kelgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda banan narxi oshib bormoqda. Endi meva iste’moli kamayadimi?
Mahalliy
O‘zbekistonning barcha hududlarida 10-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tadi
Dunyo
Sovuq urushni boshlagan Cherchill, Chexiyadagi shifoxonada ommaviy qotillik va Chili diktatori Pinochetning o‘limi. Kun xronologiyasida 10-dekabr