Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyalik milliarder, “Chelsi” futbol klubi egasi Roman Abramovich Portugaliya fuqarosiga aylandi. Bu haqda Portugaliyaning Público gazetasiga tayanib, Meduza xabar berdi.

Foto: Daily People

Foto: Daily People

Público ma’lumotlariga ko‘ra, fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga binoan Abramovich Pireney yarim orolida yashovchi sefard yahudiylari jamoasining (yarim orolda tashkil topgan yahudiylarning subetnik guruhi) avlodi sifatida Portugaliya fuqaroligiga qabul qilingan.

Tadbirkor fuqarolikni olish uchun 2020-yil oktabr oyida ariza topshirgan, protsedura 2021-yil aprelida yakunlangan. Abramovichning kelib chiqishi u bilan hamkorlik qilgan Portugaliya yahudiy jamoasining sefardik komissiyasi tomonidan tasdiqlangan.

Público gazetasining qayd etishicha, Abramovich Portugaliya pasportini olganidan keyin ushbu mamlakatning eng boy fuqarosiga aylandi.

Portugaliya nashrining ma’lumotlarini Abramovichga yaqin bo‘lgan Forbes va “RBK” manbalari tasdiqladi. Abramovichning aktivlarini boshqaradigan Millhouse kompaniyasi ham ushbu ma’lumotni “RBK”ga tasdiqladi.

2018-yilning may oyida Roman Abramovich Isroil fuqaroligini olgandi. Buyuk Britaniya uning investitsion viza olish uchun topshirgan hujjatlarini ko‘rib chiqish jarayonini kechiktirgach shunday bo‘lgandi.

Roman Abramovich 2021-yil aprel oyida Forbes talqiniga ko‘ra, Rossiyaning eng boy tadbirkorlari reytingida 12-o‘rinni egallagan. O‘shanda jurnal uning boyligini 14,5 milliard dollarga baholagan. Forbes real vaqt rejimida tuzadigan Real Time Billionaires sayyoraning eng boy odamlari reytingida Abramovich 14,3 milliard dollar boyligi bilan 145-o‘rinni egallab turibdi. Bloomberg o‘z reytingida uning boyligini 17,6 milliard dollarga baholagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi