• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    NYT: AQSh aviazarbalarda halok bo‘lgan yuzlab tinch aholi haqidagi ma’lumotlarni yashirgan

    AQSh Afg‘oniston, Iroq va Suriyadagi havo hujumlarida halok bo‘lgan tinch aholi vakillarining soni haqidagi asl ma’lumotlarni yashirgan, deyiladi The New York Times’ning jurnalistik surishtiruvida.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    Surishtiruv mualliflari Pentagonning aviazarbalar to‘g‘risidagi 1,3 mingdan ortiq hujjatlarini tahlil qilgan, zarba berilgan joylarga borgan, mahalliy aholi va amerikalik harbiy xizmatchilardan intervyular olgan.

    Nashrning ta’kidlashicha, Pentagonning rasmiy ma’lumotlarida Iroq va Suriyada IShIDga qarshi berilgan aviazarbalar oqibatida jami 1417 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, Afg‘onistonda esa 2018-yildan beri kamida 188 nafar tinch aholi vakillari havo hujumlari qurboniga aylangan. NYT surishtiruvi shuni ko‘rsatdiki, qurbonlarning haqiqiy soni sezilarli darajada yuqori va rasmiylar tinch aholining o‘limi haqidagi aksariyat xabarlarni ko‘rib chiqishdan bosh tortgan. Hozirda qurbonlarning haqiqiy soni rasmiy ma’lumotlarda keltirilganidan qancha ko‘pligini aniqlashning iloji yo‘q, biroq gap yuzlab sir tutilgan o‘limlar haqida ketmoqda.

    Mualliflar tinch aholining o‘limiga olib kelgan zarbalar uchun javobgarlar hech qanday jazo olmagani, aniqlangan qonunbuzarlik holatlarining 12 foizdan kamrog‘i ustidan to‘liq tekshiruvlar boshlanganini qayd etgan. Shu bilan birga, aviazarbalarning oqibatlarini tekshirishga, ko‘pincha o‘sha zarbalarning amalga oshirilishini ma’qullagan odamlar boshchilik qilgan. Bunday hodisalarning tafsilotlarini aniqlashtirish jarayonida harbiylar qurbonlarning jasadlari videoyozuvlar bilan tasdiqlanmagan o‘limlarni hisobga olmagan. Ayrim tekshiruvlarning natijalari e’lon qilinmagan ham.

    AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligining matbuot kotibi Bill Urbanning NYT muxbirlariga izoh berishicha, “hatto dunyodagi eng zo‘r texnologiya bilan ham xatolardan qochib bo‘lmaydi” tinch aholi vakillarining halok bo‘lganining sababi ham shunda. U bu xatolar ma’lumotlarning yetishmasligi yoki mavjud ma’lumotlarning noto‘g‘ri talqin qilinishi bilan bog‘liqligini aytgan.

    “Biz bu kabi zararni keltirmaslik uchun astoydil harakat qilmoqdamiz. Ishonchli manbalar tomonidan xabar qilingan holatlarning barchasini tekshiryapmiz”, — degan Urban.

    NYT surishtiruvi mualliflari xatolarning ehtimoliy sabablari sifatida quyidagilarni keltirdi:

    • tinch aholini jangarilar bilan adashtirgan harbiylarning e’tiborsizligi (Pentagonning rasmiy statistik ma’lumotlariga ko‘ra 4 foiz, NYT ma’lumotlariga ko‘ra 17 foiz);
    • tinch aholini ko‘rmay qolish: harbiylar shunchaki zarba zonasida odamlar borligini bilmagan;
    • noto‘g‘ri razvedka ma’lumotlari va sifatsiz videoyozuvlar, ularni o‘rganish chog‘ida harbiylar, masalan, yosh bolani xavfli obyekt deb adashgan bo‘lishi mumkin.
    Bundan tashqari, aviazarbalardan keyingi asosiy portlashdan so‘ng, ayrim hollarda boshqa portlashlar sodir bo‘lgan, buning oqibatida tinch aholi, hatto dastlab zarba zonasida bo‘lmaganlar ham keyingi portlashlar qurboniga aylangan. NYT ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu holatlarning yarmida harbiylar bir nechta portlash yuz berishini oldindan prognoz qila olardi.

    Noyabr oyida NYT harbiy manbalarga tayanib, AQSh 2019-yilning mart oyida Suriyaning Baguz shahri yaqinida mamlakat harbiy-havo kuchlarining aviazarbasi ortidan kamida 80 kishi halok bo‘lganini yashirgani haqida xabar bergandi. Gazetaning yozishicha, koalitsiya kuchlari portlash sodir bo‘lgan hududni buldozerlab tashlagan. Harbiy amaldorlarning ko‘pchiligi bu haqda bilgan, ammo hech kim chuqur mustaqil tekshiruv o‘tkazmagan.

    Mavzuga doir:

    • BMT: Afg‘onistonda 2021-yilda rekord darajada ko‘p tinch aholi halok bo‘ldi
    • Amnesty International inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti Afg‘onistondagi harbiy jinoyatlarni tergov qilishga chaqirdi
    • Pentagon sobiq maslahatchisi AQShning maxfiy bo‘linmasi sabab Suriyada tinch aholi o‘ldirilganini ma’lum qildi
    • Suriyada 10 yildan buyon davom etayotgan urush davrida qariyb 500 ming kishi halok bo‘ldi

    19.12.2021, 17:49   Izoh (0)   40526
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyalik milliarder Roman Abramovich Portugaliya fuqaroligini oldi

    19.12.2021, 15:18

    Germaniya “omikron” shtammi tufayli britaniyaliklarning mamlakatga kirishini chekladi

    19.12.2021, 14:48

    Filippinda tayfun qurbonlari soni 75 kishiga yetdi

    19.12.2021, 13:16

    Rossiya Ochiq osmon shartnomasidan rasman chiqdi

    19.12.2021, 09:38

    Ashxobodlik haydovchilar ko‘zguni tutib turuvchi qora plastiklarni ham oq rangga bo‘yashga majburlanmoqda

    18.12.2021, 14:37

    “Omikron” bilan kasallanganlarning 60 tadan bittasigina shifoxonaga yotqizilyapti — JAR Sog‘liqni saqlash vazirligi

    18.12.2021, 11:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.