Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahri Chilonzor tumanida taom yetkazib beruvchi akasini himoya qilish maqsadida qasddan odam o‘ldirgan yigitga sud hukmi o‘qildi, deb xabar bermoqda Oliy sud.

Ma’lum qilinishicha, uyiga ovqat buyurtma qilgan ayolning telefon raqamiga yetkazib berish xodimidan SMS xabar kelgan: “Somsangiz tayyor”. Birozdan so‘ng esa xuddi shu raqamdan “Farzandlaringiz bormi?” degan yana bir xabar jo‘natilgan.

Qayd etilishicha, ayolning telefoniga kelgan xabarni o‘qigan erning jahli chiqqan va begona raqamga qo‘ng‘iroq qilib, uchrashuv joyini belgilagan.

U jo‘natilgan xabarni aniqlashtirish maqsadida 14-avgust soat 17:30 atrofida xotini, ikki farzandi, onasi va jiyani bilan kelishuv joyiga borgan. Uchrashuv paytida taom yetkazib beruvchi yigitga ukasi  hamroh bo‘lib kelgan va uning yonidagi oshxona pichog‘i bo‘lgan.

“O‘g‘lim unga qarab ‘Sen xotinimga SMS yozgan ekansan. Qani, menga xotiningning nomerini tashla, men ham yozaman shunaqa’, degan. Yigitchilik uchun qildi u bu ishni”, — degan marhumning onasi sud zalida.

Orada janjal chiqqan va taom yetkazib beruvchi yigitning ukasi erkakka bir marta oshxona pichog‘i bilan zarba bergan. Ta’kidlanishicha, voqea sodir bo‘lgandan keyingi aka-uka o‘rtasidagi yozuv stenogramma orqali qog‘ozga tushirilgan. Aniqlanishicha, yigit pichoqni akasiga aytmasdan olib kelgan.

Qayd etilishicha, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi “j” qismi bilan 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Hududgazta’minot” aholini gazdan oqilona foydalanishga chaqirdi
Mahalliy
“Kimdir javob berishi, kimdir qusishi kerak” — faollar gaz va elektr muammosi sababchilariga jazo so‘ramoqda
Mahalliy
Toshkent viloyatida er-xotin va ularning uch oylik chaqalog‘i is gazidan vafot etdi