O‘zbekistonda 2021-yilning dastlabki 10 oyida 213 ta traktor ishlab chiqarildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, traktor ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 66,2 foizga kamaygan. 2020-yilning yanvar—oktabr oylarida 630 dona traktor ishlab chiqarilgandi. Ko‘rsatkich 2019-yilning ko‘rib chiqilayotgan davrida 1194 tani tashkil etgan.
Avvalroq 2021-yilning yanvar—iyun oylarida jami 173 dona traktor ishlab chiqarilgani, bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 72,5 foizga kamligi xabar qilingandi.
Bundan tashqari, 2021-yilning oyida 8 ta xorijiy davlatga qiymati 11,5 million dollarlik 714 ta yuk avtomobillari eksport qilingan. Yuk avtomobillari eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 37 taga kamaygan.
O‘zbekiston 10 oyda yuk avtomobillarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:
- Qozog‘iston — 505 ta;
- Qirg‘iziston — 84 ta;
- Singapur — 71 ta;
- Afg‘oniston — 29 ta.
Izoh (0)