Hurmatli kanal obunachilari! Sizlarga shuni ma’lum qilamizki, ba’zi texnik sabablarga ko‘ra, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning yangi Telegram kanali tashkil etildi va Transport vazirligining tarkibidagi tashkilotlardan birinchi bo‘lib verifikatsiya qilindi. Shuningdek, ushbu kanal Telegram messenger’ida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning yagona rasmiy axborot kontenti hisoblanadi. Bu yerda temir yo‘l ma’muriyati va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatiga oid so‘nggi yangiliklar, xabarlar, voqealar joylashtiriladi. Yangilangan kontent yanada axborotga boy, keng qamrovli va interaktiv bo‘lishi rejalashtirilgan.
Hurmatli obunachilar! Mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari ham verifikatsiyadan o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, verifikatsiy jarayoni kontentning rasmiyligini va undagi barcha ma’lumotlar ishonchliligini tasdiqlaydi.
Quyida keltirilgan ilovalar orqali o‘ting va biz bilan qoling. Ishonchli manbalardan xabardor bo‘ling.
Transport vazirligi matbuot xizmati
Izoh (0)