• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    O‘zbekiston va Qozog‘iston — ittifoqchi davlatlar

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amalga oshirgan ikki kunlik davlat tashrifi kun tartibida siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, hamkorlikni kengaytirish, jumladan, ikki mamlakat hududlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish, turli sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, madaniy-gumanitar hamkorlikni faollashtirish masalalari ustuvor bo‘ldi. Shunga monand 20 dan ziyod bitim va kelishuvlar imzolandi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida tomonlar ittifoqchilik aloqalariga doir deklaratsiya imzolashdi. Deklaratsiyaga muvofiq, tomonlar o‘rtasida prezidentlar boshqaruvidagi davlatlararo oliy kengash tuzilib, ittifoqchilikning strategik yo‘nalishlari belgilanadi. Oliy kengashdan tashqari, tashqi ishlar vazirliklari, parlamentlar o‘rtasida ham hamkorlik kengashlari tuzilishi qayd etilgan. Bu eng avvalo, O‘zbekiston va Qozog‘istonning tashqi siyosatda, dunyoning eng o‘tkir va dolzarb masalalari yuzasidan o‘zaro yakdil va hamjihat bo‘lishini, BMT, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida “bir yoqadan bosh chiqarish”ini, o‘zaro manfaatlarini hurmat qilishini anglatadi. Markaziy Osiyoning harakatlantiruvchi lokomotivlari sifatida O‘zbekiston va Qozog‘iston ushbu makondagi barqarorlik, farovonlik va taraqqiyotga mas’ul davlatlardir. Demak, ittifoqchilik munosabatlari ham shunga mos bo‘lishi kerak.

    Qolaversa, oliy va yuqori darajadagi hamkorlik kengashlarining tuzilishi erishilgan ahdnomalarning tezroq hayotga tatbiq etilishiga, turli byurokratik to‘siqlarning yengib o‘tilishiga xizmat qiladi.

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ittifoqchilik aloqalariga doir deklaratsiyani olqishlamoq kerak. Bunday tarixiy ahdnomaga Markaziy Osiyo tarixida birinchi marta erishilmoqda. Bu o‘rinda ittifoqchilik aloqalariga doir shartnoma hukumatlar tomonidan yaqin vaqtda ishlab chiqilishi va imzolanishi kutilayotganini esdan chiqarmaslik kerak. Mintaqaning ikki yirik davlati — O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ittifoqchilik bayonnomasida Markaziy Osiyo hamda Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha hamkorlik, xalqaro tashkilotlar, jumladan, Turk davlatlari tashkiloti doirasidagi faoliyat ham o‘zaro muvofiqlashtirilib borilishi ta’kidlangan. Bu nima uchun muhim? Agar muvofiqlashtirilgan samarali choralar ko‘rilmasa, Afg‘oniston uzoq vaqt davomida mintaqaviy xavfsizlikka yangi tahdidlar manbai bo‘lib qolishi mumkin. Tinchlik va barqarorlikka qancha erta erishilsa, bu mamlakat rivojlanishiga yo‘l ochadi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik yirik iqtisodiy va energetika loyihalarini amalga oshirish uchun yangi strategik imkoniyatlar yaratadi. Yevrosiyo va Janubiy Osiyo, Sharqiy va G‘arbiy Osiyo o‘rtasida tabiiy quruqlik ko‘prigi bo‘lgan Afg‘onistonning geografik jihatdan qulay joylashuvi transmintaqaviy aloqalarni rivojlantirishda uning qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatib beradi. Afg‘onistonning iqtisodiy jihatdan tiklanishi — bu yerda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatishning eng muhim sharti. Vaziyatning keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun yangi hokimiyat bilan muloqotni rivojlantirish, afg‘on xalqiga ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatishni davom ettirish zarur. Bu o‘rinda AQSh va G‘arb mamlakatlarining Afg‘onistonni yakkalab qo‘yish, banklarda saqlanayotgan pullarini bloklab qo‘yish siyosatiga qo‘shilib bo‘lmaydi. Bu vaziyatda Afg‘onistonda keng ko‘lamli gumanitar inqiroz yuzaga kelishi mumkin. Bugun Afg‘onistonda 25 million insonning ocharchilik qarshisida qolayotganini unutmaslik lozim. O‘zbekiston va Qozog‘iston “bir musht” bo‘lib, kelishgan holda siyosat olib borishi muhim.

    2019-yilda O‘zbekiston Qozog‘istonning birinchi prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan Istanbuldagi so‘nggi sammitda Turkiy davlatlar tashkiloti deb qayta nomlangan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lib kirdi. Bu tashkilot doirasida ham hamkorlik ko‘lami kengaymoqda. Ammo hali ishga solinmagan imkoniyatlar ko‘p. Undan samarali foydalanish lozim, ayniqsa, savdo-iqtisodiy, kooperatsion, informatsion texnologiyalar, yashil energetika va boshqa sohalarda. Demak, bu borada ham O‘zbekiston va Qozog‘iston pozitsiyasi yaqinligi muhim.

    Ikki xalqning tarixiy aloqalari, qo‘shnichilik, ma’naviy va madaniy mushtaraklikdan kelib chiqib imzolangan deklaratsiya Markaziy Osiyoda haqiqatda siyosiy ittifoq shakllanayotganidan darak beradi. Bu o‘zaro keskinliklar, chegaraviy ziddiyatlar, ayrim hollarda etnik to‘qnashuvlardan holi bo‘lmagan Markaziy Osiyo uchun muhim burilish bo‘ladi. O‘zbekiston va Qozog‘iston “aravani bir tomonga tortsa”, mintaqa davlatlari hamjihat bo‘ladi. Har qanday muammo tezda yechiladi. Ayniqsa, Markaziy Osiyo prezidentlari sammitini umumiy manfaatlarga yo‘naltirish, muammolarni mintaqa davlatlarini o‘zlari yechishi ta’kidlanayotgani inobatga olinsa. Barcha mintaqaviy masalalar bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari bir-birining manfaatlariga o‘zaro hurmat asosida o‘zaro maqbul yechimlarga o‘zlari erisha oladilar. Uchinchi kuchlarning mintaqa ichki ishlariga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilib, ochiq va barqaror xarakter kasb etadigan darajaga chiqdi deb aytish mumkin. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mintaqaviy hamkorlikni muvaffaqiyatli rivojlantirish nafaqat geografik yaqinlik, tarixiy hamjihatlik, savdo-iqtisodiy, madaniy va sivilizatsiyaviy aloqalar kabi obyektiv omillar, balki yaqin sheriklik munosabatlari orqali o‘sib boradigan o‘zaro manfaatlarga ham asoslanadi.

    O‘zbekiston va Qozog‘iston aloqalari bungacha strategik sheriklik maqomida bo‘lgan. Mintaqaning ikki yirik davlati ittifoqchilikka ko‘tarilayotgani Markaziy Osiyo boshqa davlatlarida ijobiy aks-sado beradi, chunki deklaratsiyada mintaqaning umumiy manfaatlari ustun ekanligi aks ettirilgan. Shuning barobarida prezidentlar Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvlari formatini ishtirokchi davlatlar manfaatlariga qat’iy hurmat asosida mavjud salohiyatlardan maksimal darajada to‘liq foydalanish maqsadida, takomillashtirish yo‘lida maqsadli ish olib borishga kelishib olishdi.

    Markaziy Osiyodagi ekologik vaziyat, suv tanqisligi, transchegaraviy daryolarning umumiy boylik ekanligi, ulardan oqilona foydalanish yuzasidan hamkorlik davom etishi ta’kidlanayotgani bu boradagi mintaqaviy muzokaralar ortiqcha ehtiroslarsiz davom etayotganidan ham dalolat beradi.

    Bir so‘z bilan aytganda, ittifoqchilik aloqalari o‘rnatilishi nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi tarixiy voqelik, balki Markaziy Osiyo barqarorligi, taraqqiyoti uchun ham xizmat qiladigan muhim qadam.

    Ittifoqchilikdan aloqalar ko‘lami kengayadi, yangidan yangi qo‘shma korxonalar ochiladi. Serdaromad va barqaror ish o‘rinlari yaratiladi, ko‘rilgan foyda hisobiga ehtiyojmand odamlarning ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi, aholining real daromadlari oshadi. Farovonlik oshsa, mintaqa tinchligi va barqarorligi ham mustahkamlanadi.

    Qozog‘iston 16-dekabr kuni o‘z mustaqilligining 30 yilligini nishonlaydi. Davlat mustaqilligiga erishish — bu har qanday xalq tarixida o‘ta muhim, hal qiluvchi voqelik. Mamlakatlarimiz davlat mustaqilligini 30 yil muqaddam, murakkab, qiyin sharoitlarda qo‘lga kiritdi. O‘tgan yillar ichida bu yo‘lni ikkala davlat yonma-yon bosib o‘tdi, barcha sinovlar mardonavor yengildi.

    Abduvali Saybnazarov, O‘zXDP matbuot xizmati rahbari

    Reklama huquqi asosida.

    10.12.2021, 18:00   Izoh (0)   26018
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qorbobo kerak emas: Texnomart’da 500 mln so‘m qiymatidagi sovrinlarni yutib oling

    10.12.2021, 15:00

    Andijon davlat universitetida Andijon, Farg‘ona hamda Namangan viloyatidagi OTM tyutorlari uchun seminar-trening o‘tkazildi

    10.12.2021, 12:00

    SEG va Kolorado kon maktabi O‘zbekistonda Samarqand texnologiya universitetini tashkil etish to‘g‘risida tarixiy kelishuvni imzoladi

    10.12.2021, 10:30

    Seoul Mun soy bo‘yidagi tijorat joylari xaridi uchun qulay muddatli to‘lov imkoniyatini taqdim etadi

    10.12.2021, 09:00

    O‘zbekistondagi ilk Magnum gipermarketi 11-dekabr kuni ochiladi

    09.12.2021, 15:00

    InfinBANK’dan korporativ kreditlash biznesning o‘sish zaxirasini ta’minlaydi

    09.12.2021, 12:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Endi quruvchi korxona uylarni mizojning oldindan to‘lovisiz, o‘z mablag‘i hisobidan quradimi? Yangi eskrou tizimi haqida

    O‘zbekiston | 30 iyun, 15:42

    3,5 dyuymli ekranga ega mitti nosimmetrik smartfon Qin K25 taqdim etildi

    Farzand | 30 iyun, 15:40

    Eronning yetakchi ulamosi Tramp va Netanyaxuga qarshi fatvo chiqardi

    Dunyo | 30 iyun, 15:26

    Norvegiya Isroil armiyasiga yordamlashgan 2 ta kompaniya bilan hamkorlikni uzdi

    Dunyo | 30 iyun, 15:15

    Iliya Topuriya yil oxiriga qadar UFC’da yana bir jang o‘tkazmoqchi

    Sport | 30 iyun, 15:00

    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

    Reklama | 30 iyun, 15:00

    Top-300 talik oliygohga kirgan o‘zbekistonlik yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti beriladi

    O‘zbekiston | 30 iyun, 14:58

    Turkiya va Suriya avtomobil qatnovlarini tiklaydi

    Dunyo | 30 iyun, 14:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.