• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Kirib kelayotgan yangi — 2022-yilda hosilimiz yanada mo‘l bo‘lsin!”. Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi xodimlariga tabrik yo‘lladi

    Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Quyida tabrikning to‘liq matnini taqdim etamiz.

    Qadrli vatandoshlar!

    Muhtaram dehqon va fermerlar, agrar soha xodimlari!

    Bugungi qutlug‘ ayyom – Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan sizlarni, butun xalqimizni chin qalbimdan muborakbod etaman.

    Saxovatli zaminimizda go‘zal hosil bayrami nishonlanayotgan shu fayzli damlarda yangi O‘zbekiston ravnaqi va aholi farovonligi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan, qadoq qo‘li va fidoyi qalbi bilan elimizning rizq-nasibasini yaratayotgan, o‘z ishining ustasi bo‘lgan mohir dehqon va fermerlar, bog‘bonlar, chorvador va pillakorlar, suvchilar va irrigatorlar, agronom va mexanizatorlar, agroklasterlarning rahbarlari va ishchi-xodimlari, dehqon xo‘jaligi rahbarlari, sohaning jonkuyar olimlari hamda mutaxassislariga samimiy minnatdorchilik bildiraman.

    Aziz do‘stlar!

    Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida uzoqni ko‘zlagan holda amalga oshirayotgan tub islohotlarimiz tizimda salmoqli natijalarga erishishda muhim omil bo‘lmoqda.

    Biz bu yo‘nalishdagi ishlarimizni izchil davom ettirib, mamlakatimizda qulay agrobiznes muhitini yaratish, bu borada investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, sohani sanoatlashtirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz.

    O‘z navbatida, omilkor dehqon va fermerlarimiz eng so‘nggi ilm-fan yutuqlarini puxta o‘rgangan holda, ko‘p yillik boy bilim va tajribalari bilan soha taraqqiyoti uchun azmu shijoat ko‘rsatayotganini alohida ta’kidlash lozim.

    Hammamizga ayonki, dehqonchilik yer yuzidagi eng sharafli, ayni vaqtda mashaqqatli kasblardan biridir. Yurtimiz qishloq xo‘jalik sohasi bu yil ham turli qiyinchiliklarga duch kelganiga barchamiz guvohmiz.

    Avvalo, dunyo miqyosida davom etayotgan pandemiya ta’siri, qolaversa, bahorda yog‘ingarchilikning kam bo‘lgani, yoz chillasining o‘ta issiq kelishi, suv resurslarining har yilgidan sezilarli darajada tanqisligi dehqonlarimizning iroda va matonatini yana bir bor sinovdan o‘tkazdi.

    Lekin mavjud muammolarga qaramasdan, barcha tarmoqlarda mo‘l hosil yetishtirib, avvalgi yillarga nisbatan yuqori marralarga erishganingiz uchun siz, azizlarga har qancha tahsin aytsak, arziydi.

    Bu yil respublikamiz bo‘yicha 20 million tonnadan ortiq meva-sabzavot, 7,4 million tonnaga yaqin don, 3,4 million tonnadan ziyod paxta xom ashyosi, 23 ming tonna pilla, 2,6 million tonna go‘sht, 11 million tonnadan ortiq sut mahsulotlari, 8,3 milliard dona tuxum, 400 ming tonna baliq yetishtirilgani yil bo‘yi tunu kun qilingan mashaqqatli mehnatning munosib samarasidir.

    Bu haqda gapirganda, g‘allaning har gektaridan 95-100 sentnerdan hosil olgan Marhamat tumanidagi “Sotvoldiyev Hoshimjon”, Buvayda tumanidagi “Islomjon Shukurullo”, Ohangaron tumanidagi “Najmiddin Faxriddin fayz”, Do‘stlik tumanidagi “Farhod”, Romitan tumanidagi “Ko‘hna Buxoro”, Qarshi tumanidagi “Mo‘l hosil sifat”, Rishton tumanidagi “Mohinur fayzli gavhari”, Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Padang”, Ellikqal’a tumanidagi “Saxtiyon Azamati”, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Shohida burguti” kabi fermer xo‘jaliklarining nomlarini mamnuniyat bilan e’tirof etamiz.

    Agrar sohaning yana bir muhim tarmog‘i – paxtachilikda olib borilayotgan islohotlar natijasida joriy mavsumda o‘tgan yilga nisbatan 422 ming tonna ko‘p paxta xom ashyosi yetishtirildi. Hosildorlik esa o‘rtacha 6,3 sentnerga oshgani ayniqsa e’tiborlidir.

    Bunday ulkan xirmonni yaratishga salmoqli hissa qo‘shgan Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Termiz Jayxun”, Do‘stlik tumanidagi “Sangzor-tekstil”, Zafarobod tumanidagi “Jizzax kenteks”, Boyovut tumanidagi “Boyovut tekstil klaster”, Qorako‘l tumanidagi “Qorako‘l kumush kalava”, G‘ijduvon tumanidagi “Buxoro agro klaster”, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Namangan to‘qimachi klaster”, Paxtachi tumanidagi “Paxtachi klaster”, Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Oqqo‘rg‘on agro klaster”, Yangiariq tumanidagi “Yangiariq teks”, Bog‘ot tumanidagi “Koboteks” kabi paxta-to‘qimachilik klasterlari, shuningdek, Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Xushboq bobo”, Sharof Rashidov tumanidagi “Norqozoq ota”, Yuqori Chirchiq tumanidagi “Tangirberdi ota”, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Savay ko‘rki”, Peshku tumanidagi “Varaxsho nurli zamini”, Beruniy tumanidagi “Rahmatulla Chaman” fermer xo‘jaliklari hammaga namuna bo‘lganini minnatdorlik bilan ta’kidlaymiz.

    Qadrli yurtdoshlar!

    Bugungi kuchli raqobat sharoitida qishloq xo‘jaligi tizimida ham yangicha yondashuv, innovatsiyalar va ilg‘or ishlanmalarni, intensiv va resurs tejaydigan texnologiyalarni izchil tatbiq etishni zamonning o‘zi taqozo qilmoqda.

    Keyingi paytda butun dunyoda bo‘lgani kabi mintaqamizda ham yuz berayotgan iqlim o‘zgarishlari, suv resurslarining tobora taqchil bo‘lib borayotgani, ekologik muammolar sohada ilm-fan va ishlab chiqarish uyg‘unligini ta’minlash naqadar dolzarb ekanini ko‘rsatmoqda.

    Ana shu omillarni hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholiga sifatli mahsulotlar yetkazib berish, eksport geografiyasini kengaytirishdek ustuvor masalalarda dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

    Qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlariga asoslangan, boshqaruvning mutlaqo zamonaviy shakli bo‘lgan klaster tizimi joriy etilayotgani amalda o‘zini to‘la oqlamoqda. Ushbu innovatsion tizim agrar sohani rivojlantirishning muhim vositasiga, qishloq aholisining kafolatli daromad manbaiga aylanib bormoqda.

    Hozirgi vaqtda yurtimizda barcha yo‘nalishlarda 651 ta agroklaster faoliyat yuritib, paxta va g‘allaning 100 foizi, meva-sabzavotning 40 foizidan ortig‘i aynan ana shunday korxonalar ulushiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Agroklasterlar qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, sohani sanoatlashtirish, mahsulotlarni chuqur qayta ishlash, pirovardida chetga xom ashyo emas, qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulot eksport qilish, bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish kabi asosiy vazifalarni samarali amalga oshirmoqda.

    Natijada birgina paxtachilikda tolani qayta ishlash ko‘rsatkichi 2,5 baravarga oshdi. Hosilning 100 foizi mamlakatimizda qayta ishlanishi tufayli ip-kalava ishlab chiqarish 2 baravarga, tayyor mahsulot hajmi 3 baravarga ortdi. Bu boradagi yillik eksport miqdori qariyb 3 milliard dollarni tashkil qildi.

    Yer qadrini biladigan, uning har qarichidan unumli foydalanadigan, doimo izlanib, noyob tajriba maktabi yaratgan klaster rahbarlari, fermer va dehqonlarimiz, shuningdek, meva-sabzavot, sholi, dorivor giyohlar yetishtirish, chorvachilik va boshqa sohalarda ham yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelayotgani g‘oyatda ahamiyatlidir.

    Hurmatli soha vakillari!

    Sizlarga ma’lumki, so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi yerlarining unumdorligini oshirish, oborotdan chiqqan ekin maydonlarini qayta foydalanishga kiritish, lalmi yerlarni o‘zlashtirish ishlariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. 2020-2021-yillarda 369 ming gektar yer qayta foydalanishga kiritildi. Suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat tomonidan subsidiya ajratish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

    Shuningdek, yangi issiqxonalar tashkil etish, oziq-ovqat mahsulotlari tannarxining barqarorligini ta’minlash borasidagi ishlar ham o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Xususan, birgina 2021-yilning o‘zida 797 gektar maydonda qiymati 2,3 trillion so‘mlik 398 ta zamonaviy issiqxona ishga tushirilib, 11 mingdan ortiq kishining bandligi ta’minlandi.

    Bularning barchasi ichki bozor ehtiyojini qondirish bilan bir qatorda, eksport imkoniyatlarini kengaytirib, qishloq joylarida ko‘rkam va qulay bo‘lgan savdo, logistika markazlari va qayta ishlash korxonalarini rivojlantirmoqda Xorijiy mamlakatlar bozorlariga yangi istiqbolli yo‘nalishlar ochilib, qariyb 1,5 million tonna meva-sabzavot mahsulotlari 65 ta davlatga eksport qilindi.

    Bu o‘rinda, eksport ko‘rsatkichlarida o‘tgan yilga nisbatan dukkakli mahsulotlar 122 foizga, uzum mahsulotlari 142 foizga, sabzavotlar 103 foizga hamda yong‘oq mahsulotlari 1,8 barobarga o‘sganini alohida qayd etish lozim.

    Ayni paytda, yangi loyihalar ustida ishlash, bozor mexanizmlari tamoyillarini keng joriy etgan holda mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, xizmat ko‘rsatish turlarini ko‘paytirish va sifatini yanada yaxshilash, malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalari diqqatimiz markazida bo‘lishi lozim. Ana shu talab va mezonlardan kelib chiqqan holda, sohada keng ko‘lamli islohotlarni joriy etish rejalashtirilmoqda.

    Jumladan, mahsulot yetishtirish tannarxini 30-35 foizga qisqartirish, yer unumdorligini oshirish, dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravarga ko‘paytirish, eksportbop mahsulotlar yetishtirishni qo‘llab-quvvatlash hamda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, agrosanoat korxonalarini xom ashyo bilan ta’minlash va ishlab chiqarish hajmini keskin o‘stirish, chorvachilik tarmoqlari faoliyatini takomillashtirish, suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida boshqarish tizimiga o‘tish kelgusida o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatadi, albatta.

    Oldimizda turgan bunday mas’uliyatli vazifalarni bajarishda barchangiz yelkama-yelka turib, bir tanu bir jon bo‘lib, bor malaka va tajribangizni, kuch-g‘ayrat va salohiyatingizni safarbar etishingizga ishonaman.

    Muhtaram do‘stlarim, qadrdonlarim!

    Mir Alisher Navoiy hazratlarining bobodehqonlarni ulug‘lab, ular yerga urug‘ sochib, el-yurt uchun rizq yo‘lini ochadilar, deb aytgan so‘zlarida teran hayotiy ma’no borligini hammamiz yaxshi bilamiz.

    Sizlarni ushbu fayzli va shukuhli ayyom bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik tilayman.

    Kirib kelayotgan yangi – 2022-yilda hosilimiz yanada mo‘l bo‘lsin!

    Xalqimiz, elimiz dasturxonidan to‘kin-sochinlik hech qachon arimasin!

    Umringizdan, mehnatingizdan baraka toping, tanti va bag‘rikeng, yaratuvchan va ona zaminni sevib ardoqlaydigan azizlarim!

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi prezidenti

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni sifatida bayram qilinadi.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini 8-dekabr — Konstitutsiya bayrami bilan tabrikladi
    • Shavkat Mirziyoyev 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga murojaat yo‘lladi
    • Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi

    11.12.2021, 20:53   Izoh (0)   24388
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 7-oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishdi

    11.12.2021, 20:21

    Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mehnat ta’limiga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabini borib ko‘rdi

    11.12.2021, 19:52

    Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti universitetga aylantirildi

    11.12.2021, 19:20

    “Geologiya iqtisodiyotga suv va havodek zarur”. Shavkat Mirziyoyev Geologiya fanlari universitetiga tashrif buyurdi

    11.12.2021, 18:50

    “Bunyodkor”ning 19 yoshli futbolchisi Diyor Rahimqulov avtohalokat oqibatida vafot etdi

    11.12.2021, 18:25

    Foto: Farg‘onadagi quyosh batareyalari yordamida ishlaydigan ko‘chma svetoforlar

    11.12.2021, 18:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xorijlik fuqaro O‘zbekistonga ichki kiyimlari orasida 96 gr taqinchoqlarni yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘ldi

    O‘zbekiston | 29 may, 20:25

    Uch qahramon: adabiyot va kinodagi arxetiplar

    O‘zbekiston | 29 may, 19:30

    AQSHdagi kompaniya havodan benzin olishni taklif qilmoqda

    Dunyo | 29 may, 20:10

    Buxoroga Xitoydan 24 dona zamonaviy avtobus xarid qilindi

    O‘zbekiston | 29 may, 19:40

    Xorazmda 1 mlrd so‘mlik tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasi to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 29 may, 19:25

    Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlari samolyoti qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 29 may, 19:15

    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi

    Reklama | 29 may, 18:00

    117 kun davom etgan ochlik — sovet tuzumi tanqidchisi bo‘lgan yozuvchining taqdiri qanday kechgandi?

    Dunyo | 29 may, 19:00

    Hayotni tubdan o‘zgartirib yuborgan daholar haqidagi 6 ta film va serial

    Madaniyat | 29 may, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.