“O‘zsanoatqurilishbank” Green banking loyihasi nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro jamoatchilik tomonidan ham munosib e’tirof etilmoqda.
Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda keng ko‘lamli transformatsiya jarayonlarini amalga oshirayotgan “O‘zsanoatqurilishbank” tizimida mazkur yo‘nalishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda, O‘zbekistonda ilk bor bankda Green banking loyihasi amalga tatbiq etildi. Bankning barcha hududiy filiallarida “yashil loyihalar” shakllantirilib, ularni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilinmoqda.
Yaqinda Ostona xalqaro moliya markazi tomonidan o‘tkazilgan Green Finance Awards 2021 tanlovida “O‘zsanoatqurilishbank”ning yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi yuqori baholanib, bosh sovrin — “Yilning eng yaxshi yashil investitsiya banki” mukofotini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun
Green Finance Awards mukofoti yashil iqtisodiyotga o‘tish va butun dunyo bo‘ylab tabiiy resurslarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish g‘oyasini jamoatchilik orasida ommalashtirishga qaratilgan. Mukofot Markaziy Osiyodagi yashil iqtisodiyotni moliyalash sohasidagi muhim tadbirlardan biri hisoblangan Green Growth Forum doirasida topshiriladi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)