Qurilish vazirligi tomonidan Avstriyaning SPDM tashkiloti rahbari Volfgang Mayerxofer hamda uning o‘rinbosari Anna Mayerxoferlar Jizzax viloyatidagi turistik zona obyektlari bilan tanishtirildi.
Shu bilan birga o‘tkazilgan o‘rganish natijalari hamda istiqbolda turistik zonani loyihalashtirish bo‘yicha birlamchi konseptlarni tayyorlash yuzasidan 26-noyabr kuni Qurilish vazirining o‘rinbosari N. Babayev bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “‘Zomin’ turistik-rekreatsion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 6201-son farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, tog‘li hududlarning turizm salohiyatidan samarali foydalanish, xalqaro umummavsumiy kurortlar, mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va boshqa turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etishdan iborat.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)