Tortning biskviti oddiy bo‘lishiga qaramay, juda yumshoq hamda mazalidir.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tuxum – 4 dona;
  • shakar – 140 + 90 gramm;
  • vanil – 1 choy qoshiq;
  • tuz –  bir chimdim;
  • un – 150 gramm;
  • qabartma  –1 choy qoshiq;
  •  suv – 120 ml;
  • sariyog‘ – 180 gramm;
  • quyultirilgan sut – 180 gramm.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tuxum, shakar, vanil va tuz bilan yaxshilab mikserda aralashtiriladi. Och rangli qalin massa hosil bo‘ladi.
  2. Un elakdan o‘tkaziladi va qabartma bilan aralashtiriladi. So‘ngra ko‘pirtirilgan massaga asta-sekin solinadi.
  3. Massa 20-22 santimetrli qolipga solinadi va 40-45 daqiqaga pechga qo‘yiladi. Keyin sovutiladi.
  4. Biskvit yumshoq bo‘lishi uchun suv va shakar 2 daqiqa qaynatib olinadi. Sariyog‘ mikser qilinadi va ustidan quyultirilgan sut solib, aralashtiriladi.
  5. Tayyor bo‘lgan krem 30-40 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi.
  6. Sovutilgan biskvit 2-3 qatlamga bo‘linadi.
  7. Har bir qatlamga sirop quyib, krem surtiladi. Tortning tepa va yon qismlariga ham krem surtiladi.
  8. 2-3 soatga muzlatkichga qo‘yiladi.

Yoqimli ishtaha!