Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 13-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 28-noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Manchester Siti” o‘z uyida “Vest Hem”ni qabul qildi. Uchrashuvning 33-daqiqasida Ilkay Gundo‘g‘an “shaharliklar”ni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Fernandinyo oradagi farqni oshirgan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning oxiriga borib, Manuel Lansini super gol bilan o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi — 2:1.
Mazkur g‘alabadan keyin Pep Gvardiola shogirdlarining ochkolari 29 taga yetdi va jamoa 2-o‘ringa ko‘tarildi. “Vest Hem” 23 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onadan joy olgan.
Parallel kechgan bahslarda “Lester” o‘zida “Uotford”ni 4:2 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, “Everton” safarda “Brentford”ga yutqazib qo‘ydi.
“Byornli” — “Tottenhem” uchrashuvi esa noqulay ob-havo tufayli noma’lum muddatga qoldirildi.
APL
13-tur bahslari
28-noyabr, yakshanba
“Manchester Siti” — “Vest Hem” 2:1
Gollar: 1:0 – 33 Gundo‘g‘an, 2:0 – 90 Fernandinyo, 2:1 – 90+4 Lansini.“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Lyaport, Ruben Diash, Joau Kanselu, Gundo‘g‘an, Bernardu Silva, Rodri, Sterling (Fernandinyo, 87), Mahrez, Gabriel Jezus.
“Vest Hem”: Fabianski, Jonson, Douson, Zuma, Kressuell (Soufal, 61), Masuaku (Bouen, 74), Souchek, Rays, Fornals, Antonio, Benrahma (Lansini, 59).
Ogohlantirishlar: Lyaport (29), Joau Kanselu (61).
Izoh (0)