• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yashil makon” va “Obod mahalla” kamchiliklari, chiqindilar muammosi va noqonuniy qurilishlar. Ortiqxo‘jayev deputatlarga murojaat qildi

    Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 25-noyabr kuni xalq deputatlari shahar kengashiga murojaat bilan chiqdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Hokim murojaati avvalida prezident Shavkat Mirziyoyevning Shayxontohurga qilgan tashrifi va aholi bilan muloqot qilgani haqida gapirib o‘tdi. Tashrif davomida davlat rahbari amalga oshirilayotgan “Obod mahalla” va “Yashil makon” dasturlari bilan tanishgan.

    Ortiqxo‘jayevning ta’kidlashicha, Shavkat Mirziyoyev yuqoridagi dasturlarning borishida xato va kamchiliklar yetarlicha ekanini ko‘rsatib bergan.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi “Sarhumdon” va “Gulobod” mahallasiga borib, aholi bilan muloqot qildi

    “Hurmatli deputatlar, albatta, amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlarimiz, yutuqlarimiz talaygina, ular o‘zimizniki. Lekin, shu bilan birga, tan olishimiz kerak: yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarimiz ham yetarli ekanini davlatimiz rahbari yaqqol ko‘rsatib berdilar. Nafaqat ko‘rsatib berdilar, balki ularning yechimi bo‘yicha aniq yo‘nalishlar va vazifalarni belgilab berdi. Xususan, ‘Yashil makon’ umummilliy loyihasi va ‘Obod mahalla’ dasturini amalga oshirilishda yo‘l qo‘ygan qator xato va kamchiliklarimizni izohlashga so‘z yo‘q”, – deydi poytaxt hokimi.

    Prezidentning qaroriga ko‘ra, “Yashil makon” umummilliy loyihasini tatbiq etish hamda daraxtlarni ekish, parvarishlash va ko‘kalamzorlashtirish tizimini samarali tashkil etish maqsadida “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilingan.

    Jahongir Ortiqxo‘jayevning qayd etishicha, loyiha doirasida 2021-yil kuz va 2022-yil bahor mavsumlarida “1 million daraxt” tashabbusi doirasida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish bo‘yicha boshqarma va tashkilotlar kesimida dastur ishlab chiqilgan.

    Jumladan, 243 ta ko‘cha va 19 ta markaziy maydonga 101,6 ming dona manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekiladi. Tuman hokimliklari tomonidan 575 ta mahalladagi bo‘sh yer maydonlariga daraxt va buta ko‘chatlarini ekish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2022-yilda 500 ming gektardan ziyod tomorqadan samarali foydalanish uchun 100 million dollar ajratiladi

    “Dasturlar, chora-tadbirlar, albatta, qog‘ozda juda ham chiroyli, salmoqli. Lekin uni amalga oshirishda ayrim mas’ullarda fidoyilik, vatanparvarlik, shijoat, o‘z shahriga, yashayotgan mahallasiga mehr-muhabbat tuyg‘usi yetmayapti”, — degan hokim.

    Jahongir Ortiqxo‘jayev, shuningdek, daraxt ekib qo‘yilgani, lekin ko‘chatni bunaqa tarzda ekishni mensimaslik deyish mumkinligi, nomiga tiqib qo‘yilgani, davlat daraxt ko‘chatlariga shuncha pul berayotgani, ammo mahallalar haftada bir kun o‘zi yashaydigan uy atrofini yig‘ishtirishga chiqmayotgani bo‘yicha aytilgan prezident so‘zlarini keltirib, buni o‘z ishiga berilgan baho deb bilishini ma’lum qilgan.

    “Biz prezidentning so‘zlaridan xulosa qilishimiz kerak. Yo‘l qo‘yilgan xatolarni bartaraf etish choralarini ko‘rishimiz kerak. Bu yo‘nalishda ishimizni tubdan qayta ko‘rib chiqamiz. Bu borada biz amaliy ishlarni boshlab yubordik. Jumladan, Toshkent shahri va tumanlarda ishchi guruhlar tuzib, mahallalarni birma-bir o‘rganib, aniq manzilli chora-tadbirlar belgilayapmiz. Tasdiqlangan grafikka asosan, Uchtepa tumanida o‘rganishlar o‘tkazildi. Bunda mahallalar, ko‘p qavatli uylar va ularga tutash hududlar tozaligi, ko‘kalamzorlashtirilgani, irrigatsiya tizimlarini ishlashi va boshqa masalalar joyida mutasaddilar ishtirokida o‘rganildi”, – deydi Ortiqxo‘jayev.

    Uning ma’lum qilishicha, qator xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani uchun bir nechta mas’ullarga nisbatan keskin choralar ko‘rilgan. Xususan, Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasidan ozod etilgan. Shuningdek, Uchtepa tumani hokimining qurilish hamda kommunal masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ham lavozimidan ozod etilgan. Tuman hokimiga esa hayfsan berilgan.

    “Hududlarni o‘rganish chog‘ida bir narsa ayon bo‘ldiki, yerlik va ko‘p xonadonli uylar joylashgan mahallardagi muammolar bir-birini takrorlamaydi.

    Ko‘p xonadonli uylar joylashgan mahallalarda uylarning tutash hududlari, irrigatsiya tarmoqlari, bolalar maydonchalari, yo‘laklar, uylar yerto‘lalari chiqindidan tozalanmagan. Chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash hollari va, ming afsuski, yuqori qavatlardan tashlab yuborish hollari oddiy holga aylangan. Daraxtlarga shakl berilmagan, sug‘orilmagan. Yangi ekilgan nihollar qarovsiz holda o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Kuzgi xazonrezgi davrida hosil bo‘lgan xazonlar yig‘ilmagan va o‘z vaqtida olib chiqilmagan.

    Mavzuga doir: O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida elektron chiqindilar bo‘yicha yetakchilardan biri — BMT

    Hududlarni supurish maqsadida mas’ul xodimlar ajratilmagan, ajratilgan bo‘lsa ham, qog‘ozda bo‘lib, haqiqatda bu xodimlar faoliyat yuritmagan. Bu ishlarga mas’ul bo‘lgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan yuqoridagi muammolarga panja ortidan qaralgan, ularni bartaraf qilish choralari ko‘rilmagan.

    Ko‘p xonadonli uylarda yashovchi fuqarolar bu masalalarga e’tiborsizlik bilan qarab, ‘Vatan ostonadan boshlanadi’, ‘Mening mahallam, mening uyim’, ‘Mahalla — Vatanning bir bo‘lagi’ kabi ming yillik tushunchalarni unutib qo‘ymoqdalar. Hafta yoki oyda bir marotaba bo‘lsa ham, fuqarolar tomonidan ota-bobolarimizdan qolgan udum, an’ana — hasharlar uyushtirilmagan”, – dedi shahar hokimi.

    Hokim Toshkent shahrida “Obod mahalla” dasturi va “Yashil makon” milliy loyihasi doirasida aholiga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, istirohat bog‘lari barpo etish, ko‘chatlar ekish va ularni parvarishlash ishlarini jadallashtirish zarurligini ta’kidladi.

    “Yuqoridagi holatlarni bartaraf etish va o‘z navbatida maishiy chiqindilarni belgilangan joylarga olib borib tashlashlari, sanitariya qoidalariga rioya qilishlari, ayniqsa, yoshlarimiz tarbiyasida ushbu masalada e’tiborli bo‘lishlarini fuqarolarimiz ongiga singdirib borishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi”, — dedi u.

    Buning uchun nafaqat idora va tashkilotlar xodimlari, balki mahallalarda olib borilayotgan ishlarga aholini ham faol jalb etish ko‘zda tutilgan.

    “Tasavvur qiling, har bir xonadondan fuqarolarimiz farzandlari bilan kamida 4 tadan ko‘chat eksa, bu tashabbuslar 2–3 yildan so‘ng shahrimiz yashilligiga, ekologiyasiga qanchalik ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, – dedi hokim.

    Jahongir Ortiqxo‘jayev betartib panjaralar va o‘zboshimcha o‘ramalar, panjaralarni bartaraf qilish, xazonrezgilardan tozalash, to‘planib qolgan maishiy va boshqa turdagi chiqindilarni olib chiqib ketilishida nazoratni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

    Uning fikricha, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha korxona, idora va tashkilotlar o‘z ichki va qo‘shni hududlarida “Yashil makon” doirasida kuniga bir soatdan ko‘chat o‘tqazish, daraxtlarga g‘amxo‘rlik qilish va ularga shakl berish ishlariga ajratilsa, shahar yanada ko‘rkam va musaffo bo‘ladi.

    “Siz, deputatlar, bu masalalarni ilgari surish, kerak bo‘lsa, bu ishga safarbar etish uchun yetarli huquq va vakolatlarga egasiz”, — deydi hokim.

    Hokim o‘zboshimchalik bilan olib borilgan qurilishlar, yerlarni noqonuniy olib qo‘yish muammosiga ham to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shaharda “so‘nggi kunlarda” bunday binolar soni ko‘paygan va bu “aholining asosli da’volariga sabab bo‘lmoqda”.

    Hokimlik bunday tuzilmalarni tugatish talabi bilan sudga murojaat qilgan. Sud qarorlari ijrosini ta’minlash doirasida barcha tumanlarda “noqonuniy va o‘zboshimchalik bilan qurilgan binolar tugatilmoqda”.

    “Bundan ko‘proq kim azob chekadi? Albatta, o‘zimiz, fuqarolarimiz va tadbirkorlarimiz. Chunki bu bino va inshoot qurilishiga ma’lum mablag‘lar sarflanadi. Lekin u o‘z qilmishlarining noqonuniy ekanligini, qonun ustuvor jamiyatda bunday o‘zboshimchaliklarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini bilmaydi yoki bilmaganga oladi”, — deya ta’kidladi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

    Poytaxt hokimligi rahbari bu borada aholi bilan muntazam tushuntirish ishlarini olib borish, tuman va mahallalarda barcha qurilish ishlari qonun doirasida olib borilayotganini nazorat qilish zarur, deb hisoblaydi.

    Mavzuga doir: Toshkent bosh rejasini 2023-yilgacha ishlab chiqish topshirildi

    26.11.2021, 09:29   Izoh (0)   19025
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda 13 yoshli maktab o‘quvchisi 25 haftalik homilador ekani aniqlandi

    26.11.2021, 08:45

    Navoiyda ohak ishlab chiqarish korxonasi gazdan noqonuniy foydalanib, 295 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi

    26.11.2021, 08:32

    Toshkent viloyatida 4,8 ming dollarni noqonuniy sotishga uringan shaxs ushlandi

    26.11.2021, 08:08

    MIB 3 ming nafardan ortiq qarzdorni qidirmoqda. Ularning mingdan ortig‘i xorijda

    26.11.2021, 07:35

    Ko‘zlari o‘yilib, yuragiga pichoq sanchilgan, g‘alati anglashilmovchilik sabab “vaqtincha tirilgan”. Qashqadaryoda eri tomonidan o‘ldirilgani aytilayotgan 32 yoshl...

    26.11.2021, 07:07

    Maradona xotirasiga hurmat, Nyu-Yorkda shukronalik paradi, ilon bilan do‘stlashgan qiz. 25-noyabr suratlari

    25.11.2021, 23:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirlarini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 21 iyun, 23:50

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Mamelodi Sandauns” — “Borussiya Dortmund” bahsida yettita gol urildi

    Sport | 21 iyun, 23:00

    Farg‘ona aeroportida tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 22:50

    Panamada favqulodda holat e’lon qildi

    Dunyo | 21 iyun, 22:30

    Ko‘r-ko‘rona ishonmang: makiyaj bo‘yicha blogerlar tarqatadigan xavfli layfxaklar

    Ayollar sahifasi | 21 iyun, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.