Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Uchtepa tumani hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda bir qator mas’ul lavozimdagi mansabdorlarni lavozimidan ozod etdi. Bu haqda shahar hokimligi xabar qildi.

Foto: Uchtepa tuman hokimligi

Foto: Uchtepa tuman hokimligi

Qayd etilishicha, sektor rahbarlari, shahar hokimi o‘rinbosarlari, boshqarma va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etgan tadbirda ishchi guruh tomonidan Uchtepa tumanida aniqlangan xato va kamchiliklarga jiddiy baho berilgan. Jahongir Ortiqxo‘jayev amalga oshirilgan ijobiy ishlarni e’tirof etgan holda, ko‘pgina sohalarda ba’zi mas’ullarning o‘z vazifasiga loqayd, mas’uliyatsiz, yuzaki yondashish holatlari mavjud ekanini keskin tanqid qilgan.

Ta’kidlanishicha, ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun tuman hokimining o‘rinbosarlari N.Ismatov, L.Almanov, maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i N.Xanto‘rayeva, xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i O‘.Qurbonov hamda turizm va sport bo‘limi boshlig‘i B.Nasibaliyev lavozimidan ozod etilgan. Tuman hokimi F.Abdullayevga hayfsan berilgan.

Shuningdek, yig‘ilish yakunida mutasaddilarga o‘z faoliyatini jiddiy ko‘rib chiqish, tanqidlardan tegishli xulosalar chiqarish, ishda ijobiy o‘zgarishlar qilish vazifasi yuklatilgan. O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, kelgusida shunga o‘xshash kamchiliklar kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan tizimli ishlarni tashkil etish topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 16-sentabr kuni poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning tegishli farmoyishi bilan Toshkent shahrining uchta — Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod va Yangihayot tumanlari hokimlariga hayfsan berilgandi.

Shuningdek, Samarqand viloyatida 3 nafar hokim va 20 nafar hokim o‘rinbosariga ogohlantirish hamda hayfsan berilgani, Xorazmdagi 12 ta shahar-tuman hokimlariga jarima va hayfsan jazo choralari qo‘llanilgani va Qoraqalpog‘istonda to‘rt vazir hayfsan olgani xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi