• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Afrikada paydo bo‘lgan yanada xavfli shtamm Xitoyga “keldi”. Slovakiyada 14 kunlik lokdaun joriy qilindi. Koronaxabarlar

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 260 221 634 kishini tashkil qilmoqda, shularning 5 185 350 nafari vafot etgan. Ayni vaqtga qadar jahon bo‘yicha 7,544 milliard doza vaksina qo‘llangan.

    Kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh (48,1 million), Hindiston (34,5 million), Braziliya (22 million), Buyuk Britaniya (10 million) va Rossiya (9,3 million) eng oldinda bormoqda

    Tibbiyot xodimlari Bryusselda majburiy emlash sanksiyalari loyihasiga qarshi namoyish qilish uchun yig‘ildi.

    Tibbiyot xodimlari Bryusselda majburiy emlash sanksiyalari loyihasiga qarshi namoyish qilish uchun yig‘ildi.
    Foto: Getty Images

    Xitoydagi karantin mehmonxonasida koronavirusning Janubiy Afrikada paydo bo‘lgan yangi va xavfliroq shtammi (B.1.1.529) bilan kasallanish bo‘yicha ikkita holat aniqlandi. Ushbu shtamm Xitoyga Gonkongdagi Regal Airport karantin mehmonxonasiga joylashtirilgan odamlar bilan “kelgan”. Virus aniqlangan ikki kishi beshinchi qavatda bir-biriga qarama-qarshi xonalarda yashagan: birinchi bemor Gonkongga Janubiy Afrikadan kelgan. Bemorlar allaqachon kasalxonaga yuborilgan. Ularga qo‘shni xonalarda turgan 12 kishi endi Penny’s Bay markazida ikki haftalik qo‘shimcha majburiy karantindan o‘tishi kerak. Xitoy Sog‘liqni saqlash departamentining ma’lumotlariga ko‘ra, xuddi shu kuni Gonkong aeroportidagi Vaqtinchalik namunalar yig‘ish markazida ushbu shtammga chalinish bo‘yicha yana to‘rtta holat aniqlangan.

    Mavzuga doir: Britaniyalik olimlar koronavirusning delta shtammidan ham xavfliroq turi haqida ogohlantirdi

    Britaniya va Isroil hukumati COVID-19 ning yangi shtammi tufayli Afrikaning bir qancha mamlakatlariga borishni taqiqladi. Buyuk Britaniya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, 26-noyabr kuni Janubiy Afrika, Botsvana, Esvatini, Lesoto, Namibiya va Zimbabve “qizil” ro‘yxatga kiritiladi. 28-noyabr kuni ertalab soat 04:00 ga qadar ushbu mamlakatlardan barcha to‘g‘ridan to‘g‘ri tijoriy va xususiy reyslar taqiqlanadi. Mazkur davlatlarda bo‘lib qaytgan britaniyaliklar 10 kun davomida mehmonxona karantinidan o‘tishi kerak bo‘ladi.

    “Ushbu variant bilan bog‘liq birinchi belgilar u koronavirusning ‘hindcha’ shtammidan ko‘ra yuqumliroq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, mavjud vaksinalarning unga qarshi samaradorligi pastroq bo‘lishi mumkin”, — dedi Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Sajid Jovid.

    Isroil hukumati ham o‘z fuqarolariga Afrika janubiga sayohat qilishni, shuningdek, bu mintaqadan Isroilga chet elliklarning kirishini taqiqladi.

    Reuters xabariga ko‘ra, Janubiy Afrika, Lesoto, Botsvana, Zimbabve, Mozambik, Namibiya va Esvatini Isroilning “qizil” yoki sayohat uchun eng xavfli mamlakatlar ro‘yxatiga qo‘shildi, bu ro‘yxat xorijiy davlatlardagi koronavirus darajasini aks ettiradi. Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligidan maxsus ruxsat olmagan fuqarolarga qizil ro‘yxatga kiritilgan mamlakatlarga borish taqiqlanadi.

    Ushbu chora-tadbirlar haqida e’lon qilgan Isroil bosh vaziri Naftali Bennet kanselyariyasida ma’lum qilinishicha, yuqoridagi yettita Afrika davlati fuqarolarining Isroilga kirishiga ruxsat berilmaydi. Qayd etilishicha, ushbu mamlakatlardan vataniga qaytgan isroilliklar kelganidan keyin 7 kundan 14 kungacha mehmonxonalarda karantindan o‘tishi shart bo‘ladi.

    Mavzuga doir: Britaniyada koronavirusning delta shtammdan ham yuqumliroq yangi turi tarqalmoqda. U Isroilda ham aniqlandi

    Slovakiya hukumati butun aholi, jumladan, COVID-19 dan tuzalgan va koronavirusga qarshi emlanganlar uchun ikki haftalik qat’iy lokdaun joriy qildi. Mamlakatda barcha umumiy ovqatlanish shoxobchalari yopildi,  oziq-ovqat mahsulotlari va zaruriy tovarlar sotiladigan do‘konlar, dorixonalar, yoqilg‘i quyish shoxobchalari va muhim infratuzilmaga ega do‘konlargina ishlashda davom etadi. Odamlarga faqat eng yaqin do‘konga, ishga, emlanishga yoki kasalxonaga borish uchun uylarini tark etishga ruxsat beriladi.

    Universitet va kollejlar to‘liq, maktablar esa qisman masofaviy ta’limga o‘tkazildi. Itlarni yashash joyidan 500 metrdan uzoq bo‘lmagan masofada sayr qildirish mumkin. Hukumat 10 kundan keyin emlanganlar uchun ba’zi choralar yumshatilishini ma’lum qildi. Lokdaun bilan bir vaqtda Slovakiya hukumati harakat erkinligini cheklaydigan 90 kunlik favqulodda holat rejimini e’lon qildi. Mamlakatda komendantlik soati joriy etilmoqda: odamlarga soat 01.00 dan 05.00 gacha uylarini tark etish taqiqlangan. Hukumat shifoxonalardagi vaziyatni, shuningdek, SARS-CoV-2 bilan kunlik kasallanishlar sonini pandemiya boshidan beri eng yuqori cho‘qqiga chiqqan va o‘ta og‘ir deb baholamoqda.

    Mavzuga doir: Avstriyada butun mamlakat bo‘ylab lokdaun e’lon qilindi. Hukumat majburiy vaksinatsiyani rejalashtirmoqda

    Shuningdek, Germaniyada so‘nggi sutka davomida koronavirus yuqtirganlar soni o‘z rekordini yangiladi — 76 414 kishi. Mamlakatda COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 5 650 170 nafarga yetdi. 24 soat ichida 357 nafar bemor koronavirusdan vafot etgan. Germaniyada pandemiya boshidan buyon infeksiya qurbonlarining umumiy soni 100 476 nafarga yetgan. Shu bilan birga, 4 775 300 kishi COVID-19 dan tuzalib ketgan.

    26.11.2021, 19:36   Izoh (0)   16356
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyaning “Listvyajniya” ko‘mir konidagi portlash qurbonlari soni 50 nafardan oshdi. Bu mamlakatda so‘nggi 10 yil ichida yuz bergan eng yirik shaxta halokati

    26.11.2021, 19:06

    Xitoyda kuchli qor bo‘ronlari kuzatildi. Ba’zi shaharlarda maktab va bog‘chalar vaqtincha yopilgan (foto, video)

    26.11.2021, 16:51

    Xitoy Mudofaa vazirligi xorij maxsus xizmatlari faollashganini ma’lum qildi

    26.11.2021, 16:06

    “Qora juma”: Amazon xodimlari 20 ta mamlakatda norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda

    26.11.2021, 15:38

    Qirg‘izistonda deputatlar va sobiq amaldorlar ishtirokidagi davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi

    26.11.2021, 14:26

    Polshadagi migrantlar markazida tartibsizlik sodir bo‘ldi

    26.11.2021, 12:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.