• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    O‘zini mashhur qilgan obrazidan uyaladi, muxlisiga turmushga chiqqan, O‘zbekistondagi “eng qimmat” boshlovchi — Dilnoza Kubayeva 35 yoshda (foto)

    “Kelgindi kelin”, “Telba”, “Baron”, “Farzandim” kabi filmlardagi rollari bilan mashhurlikka erishgan kino va teatr aktrisasi Dilnoza Kubayeva 22-noyabr sanasida tug‘ilgan. Quyida uning hayot va ijodiy faoliyatiga nazar tashlaymiz.

    “Maktabga borishni istamasdim”

    Dilnoza Kubayeva 1986-yil Toshkent shahrida ziyolilar xonadonida tug‘ilgan. Otasi biolog olim, onasi esa iqtisod sohasida faoliyat yuritgan. U oilada yagona qiz bo‘lib, ikki o‘g‘ildan keyin dunyoga kelgan, bir nafar ukasi bor.

    Foto: “aidwiki.com”

    “Katta otamizning ismi Ko‘paysin bo‘lgan. Sobiq Ittifoq davrida tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga “Kubayeva” deb yozilgan. Keyinchalik o‘zgartirmadik. Aslida familiyam Ko‘paysinova yoki Ko‘payeva bo‘lishi kerak.

    Uydagilar yolg‘iz qiz farzand, deb meni hech qachon erkalatganini eslolmayman. Oilamizda shunday an’ana bor ediki, kimda qaysi kasbga ishtiyoq, layoqat bo‘lsa, u, albatta, qo‘llab-quvvatlanardi, kelgusida shu yo‘ldan ketishiga sharoit yaratilardi. Hamisha fikrimizni uyalmasdan erkin aytishga odatlanganmiz.

    Foto: “webblog.ru”

    Kichikligimdan boshqalarga qo‘shilolmasdim, bir chekkada qimtinibgina turadigan qizaloq bo‘lganman. Maktabga ham borishni istamasdim. Har bir voqea-hodisani o‘ylayverardim, “Nega bu shunday? deb. Tan olaman, qiyinchilikda o‘sganmiz.

    Bog‘chada o‘rgangan raqslarimni uydagilarga ko‘rsatib, ularning olqishini olgan beg‘ubor damlar ham kechagidek yodimda. Maktabda turli bayram kechalarida faol bo‘lganman. Mikrofonni ushlasam, rosa hayajonlanardim, oyoq-qo‘lim tinmay qaltirardi (kuladi).

    Foto: “darakchi.uz”

    Maktabni tugatgach, Respublika nafis san’at litseyiga o‘qishga kirib, u yerda ustozlarimdan san’at bo‘yicha saboq oldim. O‘sha litsey institutiga kirishimda poydevor vazifasini o‘tagan, desam mubolag‘a bo‘lmaydi”, degan edi Dilnoza Kubayeva o‘z intervyularida.

    Munavvara Abdullayevaning sevimli shogirdi

    2002-yili hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga o‘qishga kirgan Dilnoza O‘zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa’diyev hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Munavvara Abdullayevani o‘ziga ustoz deb biladi va ularning etagini mahkam ushlaydi.

    Foto: “imgur.com”

    “Ustozlarim ichida eng qattiqqo‘li Munavvara opa bo‘ladi. Institutga kirayotganda ijodiy imtihonga boshqa abituriyentlar singari Guli yoki Ofeliya monologini emas, Orifxon Odilxonov qalamiga mansub “Qurib borayotgan Orol dengizi” monologini tayyorlab borganligim e’tiboriga tushgan ekan.

    U kuchli psixolog — yolg‘on gapirgan talabani darhol payqardi. Yolg‘ondan nafratlanadi, rostgo‘y, mehnatkash insonlarni qadrlaydi. Halollikka, ayniqsa, qizlarni o‘zbekona hayo-iboni yo‘qotmaslikka chaqirardi.

    Oliygohda ustozlik qilish bilan bir qatorda, xuddi onam kabi yo‘l-yo‘riq ko‘rsatardi. Ba’zida ish yuzasidan qo‘ng‘iroq qilganimda soatlab rol xususida kamchiliklar ustida ishlardik. Yordam so‘raganimda hech qachon yo‘q demaydilar. Ustozimdan kamchiliklarni tanqid qilish masalasida o‘rnak olsak arziydi. Hali-hamon ular bilan har bir ishimni maslahatlashaman”, deya ustozi haqida gapirgan edi aktrisa.

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Dilnoza talabalik davridan, ya’ni 2004-yildan O‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yurita boshlaydi.

    Foto: “sayyod.com”

    U teatrdagi debyut ijrosi — Munavvara Abdullayeva sahnalashtirgan “Andishali kelinchak” spektaklidagi Olmaxon roli bilan tomoshabinlar nazariga tushadi.

    “Andishali kelinchak” spektaklidan kadr

    “Andishali kelinchak” spektaklidan kadr
    Foto: “auz.uz”

    Keyinchalik “Omonat dunyo”, “Bir qanotlilar”, “Bevalar”, “Sizsiz o‘tmas kunlarim”, “Quyoshni sen uyg‘otasan”, “Alisher Navoiy” kabi ko‘plab sahna asarlarida turli xarakterdagi katta-kichik rollarni talqin qiladi.

    Tashrif qog‘ozga aylangan “Kelgindi kelin”

    Teatr sahnasida charxlanib, mahoratini oshirib borgan aktrisa kinodagi ijrolari bilan muxlislari safini yanada kengaytirishga erishadi. U kinodagi ilk rolini “Taqdir charxpalagi” filmida o‘ynaydi, ammo bu ijro omadsiz chiqadi. Vaqt o‘tib “Kelindi kuyov” kinosida suratga tushadi va undagi roli ham aktrisa kutgan muvaffaqiyatni olib kelmaydi.

    Foto: Instagram

    2005-yilda katta ekranlarga chiqqan “Kelgindi kelin” filmidagi Charos obrazi Dilnoza Kubayevani xalqqa tanitadi va mazkur rol uning tashrif qog‘oziga aylanadi.

    Aktrisa intervyularining birida ushbu kinoga qay tariqa kelib qolgani haqida quyidagicha so‘z yuritgandi:

    “Aslida hayotda tantiq, ruslashgan qizlarni yoqtirmayman. Qahramonim Charos ham ana shunday fazilatlarga ega bo‘lsa-da, lekin unda qalbi borligi, ko‘zini yog‘ bosmaganligi, his-tuyg‘ulari o‘lmagan qiz bo‘lganligi bois ushbu rolni o‘ynashga rozi bo‘lganman. Uning insoniy fazilatlari, olijanobligi, asosiysi, qalb ko‘zining ochiqligi ham meni o‘ziga rom qilgan.

    “Kelgindi kelin” filmidan kadrlar

    “Kelgindi kelin” filmidan kadrlar
    Foto: “yandex.uz”

    Charosning ham o‘ziga yarasha dardi bor. U o‘zidan kechib, orzusidagi yigitning orqasidan qishloqqa keladi. Kasbi orqali oz bo‘lsa-da, qo‘shnisiga yordam beradi. Shu tomonlari ham menga ma’qul kelgan.

    To‘g‘risi, boshida bu rolni o‘ynay olarmikanman, qanaqa chiqarkan, tomoshabinlar qanday qabul qilarkan, deb cho‘chiganman. Rolim katta bo‘lganligi uchun suratga olish jarayonida ijodiy jamoadagilar ham yordam bergan. Kino ekranga chiqqanidan so‘ng uni xalqimiz yaxshi qabul qilgan. Charos rolim uchun 600 ming so‘m gonorar to‘lashgan. Hammasini onamga berganman.

    Foto: “kunutun.uz”

    Ammo hozir “Kelgindi kelin” filmini ko‘rsam, uyalaman. O‘sha paytda endi chiqayotgan aktrisa edim. Hali bu katta maydonda dovdirab yurgan qizcha bo‘lganman. Men bunaqa kiyinmayman, deb talab qila olmasdim. Obraz shuni taqozo qilishi mumkin, to‘g‘ri. U qiz shunaqa o‘sgan, lekin bizning o‘zbekona qadriyatlar, urf-odatlar degan narsalar, muqaddas his-tuyg‘ular bor. Mentalitet degan tushunchalar bor, shundan kelib chiqib bu obrazimdan uyalaman. Biroq mazkur rolim meni mashhur qilganini, albatta, tan olaman”.

    Betakror ijrolar...

    “Kelgindi kelin”dan so‘ng Dilnoza Kubayevaga turli loyihalardan takliflar yog‘ila boshlaydi. “Telba”, “Kechikkan hayot”, “Baxt uyi”, “Ko‘rgim keladi”, “Kelganda kelin”, “Er bermoq — jon bermoq”, “Hijron”, “Farzandim”, “Zumrad va Qimmat”, “Jazo”, “O‘g‘rigina kelin” singari filmlarda ketma-ket suratga tushadi. U ishtirokida kinolarning deyarli barchasi o‘z tomoshabinini topadi.

    “Telba” filmidan kadr

    “Telba” filmidan kadr
    Foto: “rl0.ru”

    Asosan, kinolardagi rollari bilan tanilgan va shu orqali tomoshabinlar mehrini qozongan aktrisa “Muhabbatim – qismatim”, “Kaminaning oilasi”, “Tabassum” kabi milliy seriallarda ham turli qiyofalarda namoyon bo‘ladi.

    “Er bermoq — jon bermoq” filmidan kadr

    “Er bermoq — jon bermoq” filmidan kadr
    Foto: “kino-teatr.ru”

    Fatxulla Mas’udov, Farhod Mahmudov, Farruh Soipov, Ulug‘bek Qodirov, Adiz Rajabov, Rixsitilla Abdullayev kabi iste’dodli aktyorlarning ekrandagi rafiqasi sifatida ko‘pchilikka tanish aktrisa 2011-yil “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni, 2012-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlanadi.

    Shaxsiy hayot

    Aktrisa 2008-yilda o‘z muxlisiga turmushga chiqadi. U umr yo‘ldoshining fikri bilan ijodiy faoliyatida ikki yil tanaffus qiladi.

    Foto: “Tarona.net”

    “Rahmatli turmush o‘rtog‘im tadbirkorlik bilan shug‘ullanganlar, boladek beg‘ubor, yaxshi inson bo‘lganlar. “Kelgindi kelin” filmidagi rolimni ko‘rib meni yoqtirib qolgan ekanlar. O‘sha vaqtda ich-ichlaridan “Shu qiz meni rafiqam bo‘lsaydi”, degan kechinma, tuyg‘u o‘tgan ekan. Keyinchalik “O‘sha vaqtda ichimdan o‘tgan tuyg‘u ijobat bo‘lgan”, deb xotirlab yurardilar. Mendan dastxat olish bahonasida teatrga kelganlarida tanishib qolganmiz.

    “Alisher Navoiy” spektaklidan kadr

    “Alisher Navoiy” spektaklidan kadr
    Foto: “myday”

    Birinchi muhabbatim ham, balki so‘nggi muhabbatim ham rahmatli jufti halolimdir. Turmush o‘rtog‘im juda ham oddiy, xokisor, halol odam edilar. Har xil mish-mishlar chiqqan, ammo u gaplar shunchaki mish-mish bo‘lgan, xolos. Jufti halolimni roziligi uchun erimga bergan ahdimga sodiq qoldim, shu sababli ikki yil ijoddan ketdim. Ularni norozi qilib, biror narsaga erishishim mumkin emas edi.

    Foto: “darakchi.uz”

    Xo‘jayinim 30 yoshdan oshganda olamdan o‘tdilar, ular mendan minnatdor bo‘lib, rozi bo‘lib: “Senga tarbiya bergan onangga rahmat!”, dedilar. Bu gap men uchun butun umrga tatiydi. Shuning uchun o‘g‘limning ham oldida vijdonim pok, uning ko‘ziga bemalol qaray olaman, unga ham barchasini ochiq-oydin aytaman.

    Foto: “kino-teatr.ru”

    Hammasi uchun roziman. Yaxshiyam sabrli bo‘lgan ekanman, yaxshiyam qanday kun bo‘lsa ham chidagan ekanman, yaxshiyam “kasbingni tashla” degan vaqtlarida tashlagan ekanman — mana yana ishlab ketdim. U insonni juda ham e’zozladim, xuddi yosh boladek. Kezi kelganda emizikli bolamni onamga tashlab, ular bilan birga kasalxonada qolganman”, degan edi u.

    “Balki, o‘g‘lim shifokor bo‘lar...”

    Aktrisaning o‘g‘li Muhammadamin 12 yoshda bo‘lib, u musiqa maktabida o‘qiydi.

    “Muhammadamin kelgusida qanday kasbni egallashidan qat’i nazar, poydevori musiqa bilan mustahkam bo‘lishini istayman. Bundan tashqari, musiqani bilgan, tushungan insondan yomonlik chiqmaydi. Qaysi sohani tanlamasin, tanloviga hurmat bilan yondashaman. Uni hech qachon majburlamayman. Balki, yillar o‘tib, ulg‘aygach, orzumdagidek shifokor bo‘lar. Buni esa endi vaqt ko‘rsatadi”, deydi u.

    Aktrisa o‘g‘li Muhammadamin bilan

    Aktrisa o‘g‘li Muhammadamin bilan
    Foto: Instagram / @realdilnozakubayeva

    Dilnoza Kubayeva mish-mishlar va muhokamalar markazida bo‘lishni yoqtirmaydi. Lekin bir necha yil oldin O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bilan oila qurgani haqida gap-so‘zlar bolalagan. Keyinchalik ikki ijodkor bu shunchaki mish-mish, asossiz gaplar ekanligini ommaga ma’lum qildi.

    Aktrisa oxirgi intervyularida ikkinchi marta turmushga chiqish niyati borligini aytarkan, uni boricha qabul qiladigan inson bilan oila qurmoqchiligini qayd etadi.

    Foto: Instagram

    “Meni borimcha qabul qiladigan, ekrandagi Dilnoza Kubayevani emas, sahna ortidagi oddiy Dilnozani sevadigan, bor nuqsonlarim, kamchiliklarim bilan yaxshi ko‘radigan, muammolarimni tushunadigan, maslahatdosh, ko‘ngli toza, vijdonli xislatlarga ega bo‘lgan inson uchrasa, albatta, turmushga chiqardim”, deydi aktrisa.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Dilnoza Kubayeva to‘ylarda boshlovchilik qilgani evaziga 1000 dollar gonorar so‘raydi. Shu bois u O‘zbekistondagi “eng qimmat” boshlovchi hisoblanadi.

    Foto: Instagram

    Bugungi kunda teatrda faoliyat yuritayotgan, ammo kinolarda ko‘rinmayotgan Dilnoza Kubayeva yaqinda Instagram ijtimoiy tarmog‘ida shaxsiy sahifasini ochdi. Shu paytgacha uning nomidan yuzlab soxta akkauntlar ochilgan edi.

    Mirolim Isajonov tayyorladi

    Mavzuga doir:

    • Yetti farzandning kenjasi, 18 yoshida turmushga chiqqan, 8 tilda qo‘shiq kuylagan: O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva 60 yoshda (foto)
    • “Qish sonatasi”dagi Yujin va “Saroy javohiri”dagi Tangemni o‘zbekcha gapirtirgan aktrisa Zulxumor Mo‘minova 61 yoshda (foto)

    22.11.2021, 20:42   Izoh (0)   90285
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shokir Xoliqovning animatsion filmi Yaponiyada ikkita mukofotni qo‘lga kiritdi (foto)

    22.11.2021, 16:39

    Oq sliponlardan korsetlargacha: Seriallar urfga kiritgan garderob elementlari (foto)

    21.11.2021, 20:37

    Dengiz kasalligidan aziyat chekkan aktyorlar va haqiqiy prototipga ega Jek Chittak: “Karib dengizi qaroqchilari” filmi haqida hayratda qoldiradigan 10 ta fakt (fot...

    21.11.2021, 14:48

    Foto: “Titanik” filmi aktyorlari 24 yil ichida qanchalik o‘zgardi?

    21.11.2021, 09:50

    “Kalmar o‘yini-2”: serialning davomi haqida nimalar ma’lum?

    19.11.2021, 13:23

    “O‘rgimchak-odam: uyga yo‘l yo‘q” filmining rasmiy treyleri namoyish etildi

    18.11.2021, 21:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Rossiya urushni tugatish uchun “noreal” shartlar qo‘yayotganini aytdi

    Dunyo | 18 may, 23:55

    Rossiyadagi koloniyadan tunnel qazib qochgan 5 nafar o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 23:25

    Superliga. “Paxtakor” yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 18 may, 23:15

    Dunyoda 300 mln odam ochlikdan o‘lishi mumkin

    Dunyo | 18 may, 23:00

    Superliga. “Xorazm” “Mash’al”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 may, 22:18

    Video: 105 yashar otaxonni haj safariga kuzatayotgan Namangan hokimi

    O‘zbekiston | 18 may, 22:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.