• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Yetti farzandning kenjasi, 18 yoshida turmushga chiqqan, 8 tilda qo‘shiq kuylagan: O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva 60 yoshda (foto)

    “Bari gal”, “Samarqand”, “Ona”, “Umr bahori” singari yuzlab qo‘shiqlari orqali o‘z muxlislariga ega O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva 15-noyabr sanasida tavallud topgan. Quyida o‘zining muborak 60 yoshini qarshilagan san’atkorning hayoti va ijod yo‘li haqida hikoya qilamiz.

    Yetti farzandning surpa qoqdisi

    Nasiba Abdullayeva 1961-yili ko‘hna va navqiron Samarqand shahrida dunyoga kelgan. Serfarzand oilada tug‘ilgan Nasibaning otasi Melik Yormuhammedov va onasi Xolchuchuk Halimqulova birgalikda besh o‘g‘il hamda ikki qizni ulg‘aytirib, voyaga yetkazadi.

    Nasiba Abdullayeva ota-onasi bilan

    Nasiba Abdullayeva ota-onasi bilan
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Yetti farzandning kenjasi bo‘lgan Nasiba intervyularining birida bolalik chog‘larini xotirlarkan, shunday degandi:

    “Onamning muhabbatini his qilib tursam-da, atrofimdagi tashvishlarning ko‘prog‘i otamning zimmasida ekanini ko‘rib ulg‘aydim. Bolalikdan besh aka, bir opa, ota va ona uchun tirik qo‘g‘irchoq o‘rnidagi erkatoy qiz bo‘lib o‘sdim. Men ko‘ngildagi hamma orzu-niyatlarimni ochiq ayta olar, ular esa amalga oshirishga hamisha tayyor turishardi.

    Orzularim boshqa qizlarnikiga o‘xshab “falon ko‘ylakni olib bering”, “piston o‘yinchoqni o‘ynagim kelyapti” emas, balki “musiqa to‘garagiga borgim kelyapti”, “akkardion olib bering”, deganga o‘xshash edi.

    Maktabda faol o‘quvchi edim, birinchi sinfdan o‘ninchi sinfgacha faqat a’lo baholarga o‘qiganman. Do‘stlarim ko‘proq o‘g‘il bolalar bo‘lib, ular bilan birga yugurish, mushtlashish, velosiped uchishni yaxshi ko‘rardim.

    Xonadonimizda uzumning ko‘p navi bo‘lardi. Ota hovlimda allaqachon qurib, yo‘q bo‘lib ketgan va bugungi kunda juda kamyob bo‘lgan bir qancha uzum navining ko‘chatini ammamnikidan olib kelib, uyimda ekkanman. Ular har yili hosilga kirganida, bolaligimning hidini, ob-havosini yaqqol his qilaman, eslayman”.

    Foto: lyricsus.com

    Ota duosini olgan qizaloq

    Nasibaning san’atga qiziqishi va kuylash qobiliyatini ko‘rgan dadasi uni qo‘llab-quvvatlab, musiqa to‘garagiga olib boradi.

    “San’atkor bo‘lishim kerakligini bilgan va bunga ishongan faqat otam bo‘lgan. O‘sha paytda menga nisbatan turli munosabatlarga ham dadam javob berishga harakat qilgan. Akalarim tomonidan ham har xil munosabatlar bildirilgan.

    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Otamning javob bitta bo‘lganki, “Qizning dadasi menman, hozircha tirik ekanman, uning tarbiyasi ham, yurish-turishi ham, hammasi mening bo‘ynimda. Shuning uchun gapirmanglar. Unga o‘zim oq fotiha berganman, san’at yo‘lidan ketadi”, — degan. Musiqaga faqat qiziqish va qo‘shiqlarni o‘zingcha o‘rganib, ijro etishni o‘zi yetarli emasligini ham otam juda yaxshi tushungani bois doim qo‘llab-quvvatlagan.

    Ularning o‘zi Samarqand ofitserlar uyi qoshidagi harbiylarning farzandlari uchun mo‘ljallangan musiqa studiyasiga o‘qishga joylashtirgan. Har doim men uchun vaqt topgan, sovuq kunlarda ham, issiqda ham darslarga olib borib, kelardi”, — deydi san’atkor bir intervyusida.

    Foto: “myday.uz”

    Shu tariqa u maktab bilan bir vaqtning o‘zida musiqa to‘garagining akkardion yo‘nalishida ham o‘qiydi. Maktabni bitirgach, hujjatlarini Samarqand arxitektura institutiga topshiradi. Institut xodimlari “Uyingiz oliy o‘quv yurtiga yaqin ekan, sizni kechki bo‘limga o‘qishga qabul qilamiz”, — deydi. Bu gapni eshitgan Nasiba “Maktabda o‘n yil davomida faqat a’lo baholarga o‘qiganman. Nima uchun institutda kechqurungi bo‘limda o‘qishim kerak?!”, — deya hujjatlarini qaytarib oladi.

    Nasiba Abdullayeva yaqinlari davrasida

    Nasiba Abdullayeva yaqinlari davrasida
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Xuddi shu yili u maktabda musiqa o‘qituvchisi sifatida ish boshlaydi. Bir necha yildan keyin jozibador ovoz egasini “Samarqand” vokal-instrumental ansambliga ishga taklif qilishadi. U solist sifatida ijodini davom ettiradi. O‘sha yili uning “Bari gal” va “Samarqand” nomli albomlari chiqadi.

    Omad olib kelgan “Samarqand”

    Ijodini xalq qo‘shiqlarini kuylashdan boshlagan bo‘lajak yulduz “Xorazm lazgisi”, “Bari gal”, “Tanavor”, shuningdek, sharq xalqlari qo‘shiqlarini ijro etib, taniladi.

    Foto: vdp.mycdn.me
    “Ijodimni xalq qo‘shiqlaridan boshlashimning asosiy sababi – ular tinglovchilar va vaqtning sinovidan o‘tganligida. Qolaversa, taniqli bastakor va shoirlar mashhur xonandalar bilan hamkorlik qilishni ma’qul ko‘rishadi. Shuning uchun xalq qo‘shiqlarida hammamizning haqimiz bo‘lgan xazina hisoblab, ularga murojaat qilganman.

    Foto: lyricsus.com

    Bu umrboqiy qo‘shiqlarni ovoz imkoniyatlarimni ko‘rsatish, san’at olamida o‘zimni tanitish niyatida kuylaganman. Lekin qo‘shiqlarning asosini o‘zgartirmaslikka harakat qilganmiz.

    Nomim tilga tushganidan keyin “Sizga qo‘shiq yozib beray”, degan bastakorlar ko‘paydi. Ularning ichida men uchun maxsus yozilgan birinchi qo‘shiq “Samarqand” taronasi bo‘lgan. Yevgeniy Jivayev “Samarqanddan porlab chiqqan yulduz sen bo‘lasan. Shuning uchun tug‘ilib o‘sgan ona yurtingga tashakkur sifatida Samarqand haqida qo‘shiq yozib beraman”, — degan.

    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Musiqani tinglaganimda, musiqaning millati bo‘lmasligini tushunib yetganman. “Samarqand” qo‘shig‘ida Sharq, Samarqandning ruhi shunchalar sezilganki, qo‘shiqning o‘zbek tilidagi variatnini yaratishga ahd qilganmiz. Shoir Haydar Muhammadning badiiy tarjimasi ko‘nglidagidek chiqqan.

    Qo‘shiqni ijro etganimdan keyin men uchun maxsus she’rlar va musiqalar yozgan mualliflar juda ko‘p bo‘ldi. Ularning barchasidan minnatdorman.

    Foto: ytimg.com

    40 yildan beri turli tadbir va davralarda “Samarqand”ni aytaman. San’atda iste’dod va mehnatdan tashqari omad ham bo‘lishi kerak. Men uchun yozilgan ilk qo‘shiq omad tumori vazifasini o‘tadi”, deydi u.

    Betakror qo‘shiqlar ijrochisi...

    1989-yili hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tamomlagan Nasiba Abdullayeva O‘zbekiston davlat filarmoniyasiga ishga kiradi. U vaqt o‘tgan sari o‘z repertuarini boyitib boradi.

    Muhabbat haqidagi qo‘shiqlari yosh-u keksaning qalbidan birdek joy oladi. “Arzimni aytdim”, “Jonim mening”, “Yoqasiz jonim”, “Majnuntol”, “Malak”, “Baxt o‘zi nimadir?”, “Sog‘inch”, “Umr bahori”, “Eslanar” singari ijod namunalari xit darajasiga yetadi.

    Foto: uzbegim.us

    Foliyati mobaynida ko‘plab xalqaro tadbir va festivallarda ishtirok etadi, ijodiy safarlarda bo‘ladi, yuzlab konsertlar mezboniga aylanadi.

    O‘zbek estradasi yulduzi rus, turk, ozar, tojik, fors, arab, urdu va ivrit tillaridagi qo‘shiqlarning o‘z ona tilidek ijrosi bilan yaqin-u uzoq xorijdagi muxlislarini birdek tan oldirishga erishadi. Uni Amerika, Kanada, Yaponiya singari ko‘plab davlatlardagi eng zo‘r konsert zallarida ham olqishlar bilan qarshi olishadi.

    Foto: iytimg.com

    Nasiba Abdullayeva ijodiga bag‘ishlab, 1989-yili “Nasiba”, 2003-yilda “Munis onam” telefilmlari suratga olinadi va unda san’atkorning o‘zi rol ijro etadi. Bundan tashqari, u “Suiqasd” filmida ham aktrisa sifatida namoyon bo‘ladi.

    Omadli albomlar va hukumat e’tibori

    1990-yilda o‘zining ilk yakkaxon albomi — “Ayrilish”ni chiqargan san’atkor shundan keyin to‘rtta musiqiy to‘plamini muxlislariga havola qiladi. Xususan, 2000-yil “Sog‘inch”, 2002-yil “Umr bahori”, 2006-yil “Eslanar”, 2014-yil “Baxt o‘zi nimadir?” albomlarini chiqaradi.

    Foto: i.ytimg.com

    Nasiba Abdullayevaning san’at sohasidagi mehnatlari O‘zbekiston hukumati tomonidan munosib taqdirlanib kelinmoqda. U 1987-yilda “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan artist”, 1993-yil “O‘zbekiston xalq artisti”, 1999-yilda “Mehnat shuhrati” hamda 2018-yil “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlanadi.

    Shaxsiy hayot...

    Nasiba Abdullayeva 18 yoshida oila quradi. U intervyularining birida turmushga chiqish sabablari haqida quyidagi fikrlarni aytadi.

    Foto: themag.uz

    “O‘shanda shunaqa yoshda edimki, men uchun insonni juda yaxshi bilib-bilmasligim ikkinchi, beshinchi, o‘ninchi o‘rinda edi. 18-19 yoshda u insonning kimligi, qanaqa insonligini o‘ylaydigan aql-idrokimiz bo‘lmaydi. Bu inson senga bugun qanchalik kerak va bu insonni yonida o‘zingni qanchalik baxtli his qilyapsan, degan savollar birinchi o‘rinda turadi. Menimcha, hammada shunaqa bo‘lsa kerak.

    San’atga kirib borganim yaqinlarim orasida ham har xil munosabatlarga sabab bo‘lgani uchun va u munosabatlar ba’zan shunchalik chuqurlashib borar ediki, haqiqatan juda ko‘ngilni og‘ritadigan darajaga kelardi.

    Foto: Instagram

    Turmush qurishimga birinchi sabab, turmush o‘rtog‘imga nisbatan yoshlikdagi mehrim bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, atrofimdagi yaqinlarimni menga bo‘lgan negativ munosabatiga chek qo‘yish uchun shu qarorga kelganman. Shuning uchun menga oila qurish taklifi kelganida, uyoq-buyoqni unchalik o‘ylamasdan, javob berganman.

    Shundan keyin “Mana oilali bo‘ldi, bizning zimmamizdan mas’uliyat ketdi, endi singlimiz uchun xotirjam bo‘lsak bo‘ladi”, degan fikrga borishadi, hammani ko‘ngli tinchiydi, deb o‘ylaganman.

    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Lekin o‘shanda otam turmushga chiqishimni xohlamagan. “San’atkor bo‘laman, orzularim bor, degan eding. Menga boshqa gaplarni gapirganding. Endi nimaga shoshib turmushga chiqish yo‘lini tanlading?”, degan. Ammo dadam meni qarorimga hurmat bilan yondashib, javob bergan”, — deydi san’atkor.

    1981-yil to‘ng‘ich o‘g‘li Anvar, olti yildan so‘ng kichik o‘g‘li Akbarni dunyoga keltiradi. Lekin 2000-yilga kelib, oilaga darz ketadi. Nasiba Abdullayeva ijodida bir necha yil tanaffus qiladi. Vaqt o‘tib, ikkinchi bor oila quradi.

    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Bugungi kunda baxtli oila bekasi, mehribon ona va qator nabiralar buvisi bo‘lgan Nasiba Abdullayeva o‘z qo‘shiqlari bilan muxlislari mehrini qozonib kelmoqda.

    Mirolim Isajonov tayyorladi

    Mavzuga doir:

    • “Ularni ko‘rib, oyog‘imning uchigacha muzlab ketganman” – Nasiba Abdullayeva afsonaviy san’atkor Botir Zokirov haqida
    • Nasiba Abdullayeva: Fendi reklama roligida qo‘shig‘imdan ruxsatsiz foydalanilgan (video)

    16.11.2021, 15:49   Izoh (0)   92379
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Uni ikkinchi Oxunjon Madaliyev deyishadi”. Xonanda Rahmatillo Yusupov va uning qo‘shiqlari ustozining qo‘shiqlari sifatida e’tirof etilishi haqida (video)

    16.11.2021, 09:48

    “Kelinlar qo‘zg‘oloni”dagi Boqi amaki 110 yoshda — oliy ma’lumotsiz buyuklikka erishgan Nabi Rahimov

    08.11.2021, 19:24

    “Parvona” spektaklida Yulduzxon obrazini yaratgan aktrisa Shukurjon Safayeva hozir qayerda?

    08.11.2021, 15:51

    “Dunyo so‘ramaymiz, bizga keragi — ozgina e’tibor”. Elmira Rahimjonova “Turon” harbiy teatri aktyorlari ta’mirtalab binoda va kam oylikka ishlayotgani haqida (vide...

    05.11.2021, 15:21

    Lo‘li Maryam obrazini tortib olishganida kasal bo‘lib qolgani, tirikchilik uchun saviyasiz seriallarda o‘ynayotgani, rejissorlar bilan ko‘p urishishi haqida Elmira...

    04.11.2021, 21:53

    Misrda Art D'Égypte lend art ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda (foto)

    31.10.2021, 11:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shimoliy Koreya Rossiyaga 12 mln dan ortiq snaryad yetkazib bergan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 17:50

    Britaniyada 60 ga yaqin deputat Falastin davlatini darhol tan olishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 17:30

    Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan Gentra haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 17:12

    Tramp joriy etishi kutilayotgan sanksiyalar Rossiya neftiga global embargo keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 16:40

    Isroil zarbalaridan bir kechada kamida 29 nafar falastinlik, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘ldi

    Dunyo | 13 iyul, 16:15

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlari o‘rganilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 iyul, 15:55

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.