• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Lukashenko Yevroittifoqdan 2 ming muhojir uchun gumanitar yo‘lak ochishni so‘radi. Yevroittifoq Lukashenko bilan muzokaralar o‘tkazish niyatida emas

    Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Germaniya kansleri Angela Merkel bilan telefon suhbati chog‘ida qochqinlarning katta qismini o‘z vataniga qaytarishga ko‘maklashishga va’da berdi. Biroq buning uchun Yevropa Ittifoqi Polsha bilan chegara yaqinidagi lagerda bo‘lib turgan 2000 kishi uchun gumanitar yo‘lak ochishi kerak, deya xabar berdi “Kommersant” Belarus prezidenti matbuot kotibi Natalya Eysmontga tayanib.

    Foto: UNN

    Foto: UNN

    Angela Merkel go‘yoki, Germaniya uchun bunday yo‘lak ochish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi rasmiylari bilan muzokara olib borishga va’da bergan. Eysmontning so‘zlariga ko‘ra, Lukashenko taklif qilgan mexanizmga muvofiq holda Yevropa Ittifoqi lagerdagi 2000 qochqin uchun gumanitar yo‘lak yaratmoqda. “Qolgan 5 ming kishini o‘z vatanlariga qaytarishga (imkon qadar va agar ular xohlasa) yordam berish majburiyatini olamiz. Angela Merkel esa kelishuvlarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi bilan, jumladan, Germaniyga gumanitar yo‘lak tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib boradi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

    Uning ta’kidlashicha, Minsk o‘z majburiyatlarini oxirigacha bajaradi. “Ha, afsuski, faqat 400 ga yaqin qochqin o‘z vataniga qaytishga rozi bo‘ldi. Aniqroq aytganda, bugun uchib ketgan samolyotda 374 nafar yo‘lovchi bor edi, ularning aksariyati Iroq fuqarolari”, — dedi Eysmont xonim.

    Mavzuga doir: Iroq Belarusdagi qochqinlar lageridan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishni boshladi

    “Umumiy hisobda, bugun respublika hududida 7 mingga yaqin qochqin bor. Ulardan 2 mingga yaqini chegaradagi muhojirlar lagerida. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, yana 200 dan 500 nafargacha bo‘lgan kishilar ham chegarada, lekin ular boshqa nuqtalarda. Bu qochqinlar allaqachon Polshaga kirib borgan, polshaliklar esa ularni kuch bilan haydab chiqarishga uringan”, — dedi Natalya Eysmont.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarusdagi qolgan qochqinlar Yevropa Ittifoqidan, birinchi navbatda, Germaniyadan boshpana berilishini talab qilmoqda. Eysmont, shuningdek, Yevropa Ittifoqi muhojirlar bilan inqirozni hal qilish bo‘yicha kelishuvni bajarmayotganini ta’kidladi. “Biz o‘z va’dalarimizga vafo qilyapmiz, biroq Yevropa Ittifoqi tomonidan birorta ham majburiyat bajarilmagan”, — dedi u. Xususan, Yevropa Ittifoqi Lukashenko va Merkel telefon suhbatida kelishib olgan ekspertlar darajasidagi muzokaralarni hali ham boshlamagan.

    17-noyabr kuni Aleksandr Lukashenko va Angela Merkel migratsiya inqirozi yuzasidan bir hafta ichida ikkinchi marta telefon orqali muloqot qilgan. Minsk tomonlar muammoni Belarus va Yevropa Ittifoqi darajasida hal qilishga kelishib olganini da’vo qilmoqda. Berlin xabariga ko‘ra, Germaniya kansleri vazifasini bajaruvchi Merkel muhojirlarga gumanitar yordam ko‘rsatish tarafdori ekanini aytgan.

    18-noyabr kuni Yevropa Ittifoqi Polsha va boshqa davlatlar bilan chegaradagi muhojirlar oqimiga oid vaziyat yuzasidan Belarus bilan keng ko‘lamli muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini istisno qildi.

    “Lukashenko rejimi bilan muzokaralar masalasi kun tartibida yo‘q”, — dedi Yevropa komissiyasi vakili Erik Mamer brifingda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bryusselning e’tibori hozir Minsk bilan bunday aloqalarga emas, muhojirlarga yordam berish va ularni uylariga olib ketishga qaratilgan.

    Shu bilan birga, Mamer Belarus tomoni bilan aloqalar o‘rnatish ehtimoli mavjudligi, ammo faqat bu texnik masalalarda bo‘lishini aytdi. “Biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilmalari, xususan, BMTning Qochqinlar bo‘yicha agentligi, Xalqaro migratsiya tashkiloti va Belarus tomoni bilan chegaradagi odamlarni vataniga qaytarishga yordam berish bo‘yicha texnik muzokaralar olib boramiz. Bu muzokaralardagi asosiy mavzu bo‘ladi, shuningdek, albatta, chegaradagi odamlarga yordam ko‘rsatishni osonlashtiradi”, — deya qo‘shimcha qildi Ittifoq vakili.

    Mavzuga doir:

    • Lukashenko chegaradagi migrantlar uchun boshpana tashkillashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Ular logistika markaziga joylashtirilgan (foto)
    • Migratsiya inqirozida Lukashenkoning aybi yo‘q. Ammo u Yevropaga ketadigan Rossiya gazini uzib qo‘ymasligi kerak. Putin haftaning eng muhim mavzusi haqida fikr bildirdi
    • Yevropada qochoqlar bilan bog‘liq vaziyat uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkinligi aytilmoqda

    19.11.2021, 08:37   Izoh (0)   13724
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fransiyada qochoqlar La-Mansh orqali Britaniyaga suzib o‘tishga urinayotgani uchun sport do‘konlarida qayiq sotish to‘xtatildi

    19.11.2021, 07:34

    Zelenskiy Rossiya maxsus xizmatlarining 28 nafar xodimiga qarshi sanksiyalar e’lon qildi

    19.11.2021, 06:53

    Afinada ish tashlashlar sabab jamoat transporti harakati to‘xtab qoldi

    19.11.2021, 06:32

    “Tolibon” Panjsher bilan quruqlik aloqalarini uzib qo‘ydi

    18.11.2021, 23:28

    Iroq Belarusdagi qochqinlar lageridan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishni boshladi

    18.11.2021, 19:40

    Saakashvilining shifokori uning sog‘lig‘i keskin yomonlashganini ma’lum qildi

    18.11.2021, 18:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.