Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Quinnipiac universiteti tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi so‘rovlarga AQSh prezidenti Jo Baydenning faoliyatini amerikaliklarning 36 foizigina ma’qullamoqda, deb xabar beradi “Kommersant”. Bu yangi tarixiy minimum hisoblanadi. Bundan oldingi eng past natija oktabr oyida — so‘rov ishtirokchilarining 38 foizini uni qo‘llab-quvvatlangan vaqtda qayd etilgandi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Respondentlarning 53 foizi Baydenning faoliyatini ma’qullamaydi (bir oy oldingi natijadan 1 foizga ko‘p). Amerikaliklar prezidentning ishini to‘rt sohada eng yomon deya baholagan: iqtisodiyot (Jo Bayden faoliyatini 34 foizi qo‘llab-quvvatlagan), koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash (45 foiz), tashqi siyosat (33 foiz), iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash (41 foiz).

So‘rov ishtirokchilarining qariyb yarmi (51 foizi) prezidentni to‘g‘ri inson deb hisoblamaydi, 42 foizi buning aksini bildirgan. Respondentlarning 57 foizi u yaxshi yetakchilik qobiliyatlariga ega emas degan bo‘lsa, so‘rov ishtirokchilarining 37 foizi bunga qo‘shilmagan. Shuningdek, 56 foiz respondent amaldagi AQSh administratsiyasini nokompetent deb atagan, 40 foizi esa buning aksini bildirgan.

Baydenning reytingini janubiy chegaradagi immigratsion inqiroz, Afg‘onistondagi va mamlakat iqtisodiyotidagi vaziyat pasaytirib yubordi. Oxirgi so‘rov shuni ko‘rsatdiki, AQSh fuqarolarining siyosatdan uzoq bo‘lgan va o‘zini demokratlar yoki respublikachilar tarafdori deb hisoblamaydigan qismi Amerika prezidentini eng ko‘p tanqid qiladi.

Avvalroq Bayden AQShning 1,2 trln dollarlik infratuzilma rejasini imzolagani, Bayden Erondan neft xarid qilmaslik uchun dunyoda yetarlicha zaxira borligini ma’lum qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi