Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Jo Baydenning faoliyatini ma’qullash bo‘yicha reyting 2021-yil 20-yanvarda u lavozimiga kirishganidan to 19-oktabga qadar 11,3 foizga pasaydi. Gallup sotsiologik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shundan dalolat bermoqda.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Prezident sifatida ish boshlagan dastlabki uch oyda Baydenning o‘rtacha reytingi 56 foizni tashkil etgan; iyul—avgust oylarida AQShda COVID-19 bilan kasallanishning ko‘payishi natijasida bu ko‘rsatkich 49—50 foizgacha pasaygan. Sentabr oyida, Gallup’da ta’kidlanganidek, “AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan tartibsiz ravishda olib chiqilishi” va Kobul aeroportidagi teraktda amerikalik harbiylarning halok bo‘lishidan so‘ng reyting keskin pasayib, 43 foizga tushdi. Uchinchi chorakda Bayden faoliyatini qo‘llab-quvvatlash reytingi 44,7 foizni tashkil etdi.

Gallup qayd etishicha, Bayden reytingining birinchi uch chorakda pasayishi Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri saylangan Amerika prezidentlari orasida eng katta pasayish bo‘ldi. Avvalgi antirekordni AQShning 44-prezidenti Barak Obama o‘rnatgan — prezidentlik davridagi dastlabki uch chorakda uning reytingi 10,1 foizga pasaygan.

Gallup statistik ma’lumotlari, shuningdek, Baydendan avvalgi prezident Donald Trampning natijasini ko‘rsatdi — lavozimdagi dastlabki uch chorakda uning reytingi 4,4 foizga pasaygan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi