Samarqand xalqaro aeroporti 20-oktabrdan bir oyga yopilgandi. Uzbekistan Airports aeroportining yopilishi dekabr oyining o‘rtalariga qadar uzaytirilishini ma’lum qildi.
“Samarqand xalqaro aeroportida yangi aerodrom kompleksi va yangi aeronavigatsiya uskunalarini foydalanishga tayyorlash bilan bog‘liq ishlar davom ettirilmoqda. Shu munosabat bilan aeroportning yopilishi joriy yilning 15-dekabriga qadar uzaytiriladi”, — deyiladi xabarda.
Barcha aviareyslar respublikaning boshqa xalqaro aeroportlari — Navoiy, Buxoro, Qarshi aeroportlariga yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda 2022-yilda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitiga tayyorgarlik doirasida yangi aerodrom kompleksi qurilishi davom etmoqda.
Izoh (0)