• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oliy sud 23 yil avval “o‘lgan” fuqaroning sud qilinayotganiga munosabat bildirdi. Bu munosabatga savollar bor

    “Daryo”da 11-noyabr kuni Qashqadaryoda rasman 1998-yili “o‘lgan”, lekin aslida hali ham tirik bo‘lgan fuqaro notarius va Qarshi shahar prokurorini obro‘sizlantirishda ayblanib, sud qilinayotgani haqida material e’lon qilingan edi. 15-noyabr kuni Oliy sud matbuot xizmati bu materialga munosabat bildirdi. Quyida ushbu munosabat bilan to‘liq tanishish mumkin:

    “Daryo” internet-nashrida e’lon qilingan “Qashqadaryoda 1998-yil rasman ‘o‘lgan’ fuqaro notarius va prokurorni obro‘sizlantirishda ayblanib, sud qilinmoqda” sarlavhali maqola yuzasidan

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “g” bandi bilan ayblangan Anvar Javharovga oid jinoyat ishini sud majlisida mazmunan ko‘rish 2021-yil 10-noyabr kuni davom ettirilgan. Shu kuni sudlanuvchi, jabrlanuvchilar va guvohlarning ko‘rsatmalari tinglangan.

    Shuningdek, sudlanuvchining himoyachisi sudga iltimosnoma bilan murojaat qilgan va sud majlisida OAV vakillarining ishtirok etishiga va sud majlisi jarayonini videotasvirga olishga ruxsat berishni so‘ragan.

    Iltimosnoma bo‘yicha taraflar fikri so‘ralganida prokuror sudga havola qilishini, sudlanuvchi iltimosnomani qanoatlantirishni, jabrlanuvchi R.O‘ngboyeva va uning himoyachisi uni rad etishni so‘ragan.

    Shunga ko‘ra OAV vakillarining sud majlisida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari mumkinligi ma’lum qilinib, videotasvirga olishga ruxsat berilmagan.

    Maqolada qalamga olingan Anvar Javharovning 1998-yilda vafot etgan, deya soxta hujjat tayyorlanganligi va narkologiya dispanserining “D” hisobidan chiqarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar jinoyat ishiga aloqador emasligini unutmaslik lozim.

    Sudlanuvchi Anvar Javharov va jabrlanuvchilarning tushuntirishlari hamda ish yuzasidan yig‘ilgan hujjatlarda ham bu to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud emas.

    Sud majlisi chog‘ida sudlanuvchi Anvar Javharov jabrlanuvchi R.O‘ngboyevaning sha’ni hamda qadr-qimmatini yerga uruvchi so‘zlar bilan haqorat qilgan. Sud tomonidan Anvar Javharov ogohlantirilib, R.O‘ngboyevaga bu haqda shikoyat qilish huquqi mavjudligi tushuntirilgan.

    “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshev sud majlisi nihoyasiga yetmasidan avval sud zalini tark etgan va maqolada sud majlisi noma’lum vaqtga qoldirilgani to‘g‘risida haqiqatga mos kelmaydigan xabar tarqatgan.

    Vaholanki, sud majlisi yakunida taraflarga sud majlisining vaqti va joyi haqida aniq ma’lumot berilgan. Aniqroq aytganda, sud majlisi 2021-yil 17-noyabr kuniga tayinlanganligi ma’lum qilinadi.

    Bu munosabatga “Daryo” tahririyatining ayrim savollari bor.

    1998-yilda “o‘lgan” odamdan 2007-yilda ishonchnoma “olingani” haqida

    Anvar Javharov 1965-yili Qarshi shahrida tug‘ilgan. Oila qurish vaqti kelgach, Shahodat Sharipovaga uylangan. 2007-yili Rossiyaga ketgan. Shundan so‘ng ko‘p muammolarga duch kelgan.

    Birinchidan, 2007-yil 19-mart kuni Qarshi shahar notarial idorasi notariusi R.O‘ngboyeva tomonidan Anvar Javharov nomidan uning rafiqasi Shahodat Sharipovaga mulkdan foydalanish huquqi bo‘yicha ishonchnoma rasmiylashtirilgan (aynan shu ishonchnoma sababli u uysiz qolgan, chunki xotini uyni sotib yuborgan).

    Ekspert-kriminalistlarning xulosasiga ko‘ra, uyi sotilib ketishiga sababchi ishonchnomaning asli va nusxasidagi “Javharov Anvar” yozuvlari aynan Anvar Javharov tomonidan bajarilgani tasdiqlangan bo‘lsa-da, Javharovning o‘zi “bu soxta ishonchnoma” uning ishtirokisiz, o‘zi Rossiyada bo‘lgan vaqtda tuzilgani ta’kidlab keladi.

    Ikkinchi “ko‘rgulik” 2008-yil 30-iyun kuni yuz bergan — Anvar Javharovning Qarshi shahar Mudofaa ishlari bo‘limidagi kartochkasiga uning 1998-yil 23-iyun kuni vafot etgani haqidagi ma’lumot kiritilgan. Kartochkaga shu ma’lumotni kiritishga asos bo‘lgan 751-kirim raqamli hujjat esa 2011-yili yo‘q qilib yuborilgan.

    Chalg‘ib ketganlar uchun qaytadan tushuntiramiz — 2007-yili uyidan foydalanish huquqini xotiniga go‘yoki “o‘z qo‘li bilan xatlab” bergan fuqaroning aslida 1998-yilda vafot etgani 2008-yilda shahar “voyenkomat”ida rasmiylashtirilgan. Javharovning fikricha, bu ish ham uning uyini, bor-budini tortib olish uchun qilingan.

    Anvar Javharov 2015-yildan beri (bungacha u ma’lum muddat ozodlikdan mahrum etish jazosini ham o‘tab chiqqan) uyini qaytarib olish, tirikligini isbotlash maqsadida mutasaddi idoralarga murojaat qilib keladi, OAV orqali chiqishlar qiladi (jumladan, 2019-yili “Daryo” ham bu holat haqida yozgan).

    Mavzuga doir: “Tirikligimni isbotlamoqchiman”. Rasman 1998-yilda “o‘lgan” qashqadaryolik adolat izlamoqda

    Oliy sudning bu ishlarga nima daxli bor?

    Anvar Javharov bir muddat avval “Mening yurtim” telekanalining “Markaziy studiya” ko‘rsatuvida chiqish qilib, uning “o‘lgani” haqida dalolat beruvchi soxta hujjatga asoslanib, uyini oldi-sotdi qilgan “notarius R.O‘ngboyevaga nisbatan Qarshi prokurori A.H. hech qanday chora ko‘rmayotgani, ular bir-biri bilan quda ekani” haqida gapirgan. Notarius O‘ngboyeva esa ko‘rsatuvda uning sha’niga aytilgan fikrlarni tuhmat deya qabul qilib, Javharovni sudga bergan.

    Mavzuga doir: Qashqadaryoda 1998-yil rasman “o‘lgan” fuqaro notarius va prokurorni obro‘sizlantirishda ayblanib, sud qilinmoqda

    Sudda Javharov hech kimga tuhmat qilmoqchi bo‘lmaganini, unga nisbatan ilgari surilayotgan ayblovni rad etishini ta’kidlab: “Men faqat va faqat o‘zimning tirikligimni isbotlashga, haq-huquqlarimni poymol qilganlarga chora ko‘rilishiga uringanman... Turmush o‘rtog‘imga berilgan ishonchnoma soxta, undagi imzo menga tegishli emas. Imzomni soxtalashtirishdan maqsad uyimni sotib yuborish bo‘lgan va bunga erishishgan”, — degan.

    Oliy sud munosabatida: “Maqolada qalamga olingan Anvar Javharovning 1998-yilda vafot etgan, deya soxta hujjat tayyorlanganligi... to‘g‘risidagi ma’lumotlar jinoyat ishiga aloqador emasligini unutmaslik lozim”, — deyiladi. Fuqaro aynan uning “o‘lgani” haqidagi soxta hujjatga asoslanib rasmiylashtirilgan ishonchnoma sabab uysiz qolgani, shu sababli u notariusga chora ko‘rilishini talab qilayotgani inobatga olinsa, uning 1998-yilda vafot etgan, deya soxta hujjat tayyorlangani jinoyat ishiga qanday aloqador bo‘lmasligi mumkin, tushunish qiyin.

    “Sud majlisi yakunida taraflarga sud majlisining vaqti va joyi haqida aniq ma’lumot berilgan”, lekin buni sudlanuvchining advokati ham bilmaydi

    Sud ishi haqida “Daryo”da 11-noyabr kuni e’lon qilingan materialda “sud noma’lum muddatga tanaffus e’lon qilgani” qayd etilgan. Oliy sud matbuot xizmati esa bu vaziyatda “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshevni (uning majlis nihoyasiga yetmay sudni tark etganigacha aniqlab, bunga alohida urg‘u berib) “sud noma’lum vaqtga qoldirilgani to‘g‘risida haqiqatga mos kelmaydigan xabar tarqatish”da ayblamoqchi bo‘ladi.

    “O‘sha (10-noyabr) kuni sud jarayoni 2021-yilning 17-noyabrida davom ettirilishi ma’lum qilingan bo‘lsa, unda nega sudlanuvchining advokati Shavkat Xo‘jayev hamda jarayonda oxirigacha ishtirok etgan bloger Sherali Kamilov haligacha — 2021-yil 15-noyabr kuni soat 17:45 ga qadar — bundan bexabar edi?”, — deya savol qo‘yadi “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshev.

    “Daryo” Oliy sud matbuot xizmatidan yuqorida tilga olingan va ochiq qolgan o‘rinlar uchun javob kutmaydi, aksincha, 2015-yildan beri tirikligini, 1998-yilda o‘lmaganini isbotlash uchun harakat qilib yurgan bir fuqaroning ustidan bo‘layotgan sudga nisbatan jamoatchilik qiziqishni oshirib bergani uchun minnatdorlik bildiradi.

    15.11.2021, 20:12   Izoh (0)   26859
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dekabrda umummilliy Konstitutsiya imtihoni bo‘lib o‘tadi

    15.11.2021, 19:56

    Samarqandda qo‘shni ayolga 17 marta pichoq urgan erkakka hukm o‘qildi

    15.11.2021, 19:11

    O‘zbekistonda o‘zaro qarindoshlarning davlat korxonasida biri ikkinchisiga bo‘ysunib ishlashi taqiqlanishi mumkin

    15.11.2021, 18:40

    “Hokim yordamchilari tomorqasi bo‘lgan xonadonlarda parranda, quyon, qo‘y va echki, kamida 5–10 ta kurka, 5 ta asalari uyasi boqilishini tashkil etishga ko‘maklash...

    15.11.2021, 17:54

    Shavkat Mirziyoyev: “Kelgusi yildan mablag‘lar mahallaning ehtiyojidan kelib chiqib belgilanadi”

    15.11.2021, 17:24

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastladi

    15.11.2021, 16:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nasbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.