Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryolik Anvar Javharov 1998-yildan beri hujjatlarda “o‘lgan” deb qayd etilgani yetmagandek, endi firibgarlikda ham ayblanyapti. Bu haqda Qashqadaryo IIBda viloyat prokuraturasi hamkorligida tashkil etilgan matbuot brifingida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Foto: Qashqadaryo IIB

Foto: Qashqadaryo IIB

Matbuot brifingida ta’kidlanishicha, Anvar Javharov turmush o‘rtog‘i Shahodat Sharipova ustidan mutasaddi tashkilotlarga shikoyat qilib, undan pul undirishni maqsad qilgan. Bu haqda uning qizlari shunday ko‘rsatma bergan.

Ta’kidlanishicha, Anvar Javharovning “turmush o‘rtog‘im notarius xodimi bilan kelishib, mening imzomni soxtalashtirgan va uylarimni sotib yuborgan”, degan vaji asossiz deb topilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Matbuot brifingida ishtirok etgan mutasaddilar “Daryo” muxbirining “Anvar Javharov 1998-yildan beri o‘lgan degan tamg‘ada yashagani yetmagandek, endi firibgar degan nomni ham olayaptimi?”, degan savoliga aniq javob bermadi.

Ularning ta’kidlashicha, Anvar Javharovning “o‘lganligi” haqidagi hujjat soxta.

IIB axborot xizmatining aytishicha, Anvar Javharovning o‘lgani yozilgan hujjatni FHDYo xodimlari bermagan.

Eslatib o‘tamiz, 54 yoshli qashqadaryolik Anvar Javharov o‘zining tirik ekanligini isbotlashga harakat qilayotgani, ammo hujjatlarda allaqachon vafot etgani yozilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda